Close


Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn geografiya fan olimpiadasi tashkil qilindi


Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn geografiya fan olimpiadasi tashkil qilindi. Urganch Davlat universitetining onlayn geografiya fan olimpiadasi maktab o‘quvchilarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiada onlayn shaklda geografiyaurduolimp.wordpress.com saytida olib boriladi. Olimpiadada qatnashuvchi o’quvchilar 30-noyabr 23:59 gacha sayt orqali ro’yhatdan o’tishi kerak. Olimpiada 1-dekabr kunidan boshlanadi. Olimpiada 2 ta asosiy bosqichdan iborat bo’lib ular: test va amaliy ish. Test bosiqichi 4 ta turdan iborat (har oyda bir tur o‘tkaziladi) va har bir turdagi test sinovi uchun maksimal 25 balldan belgilangan. Umumiy hisobda test bosqichida o’quvchi maksimal 100ball (4*25=100ball) to’plashi mumkin. Test bosqichida 60 ball va undan yuqori to’plagan o’quvchilar keyingi amaliy ish bosqichiga qatnashadilar. Amaliy ish bosqichida o’quvchiga 5 ta amaliy topshiriq beriladi. Har bir topshiriqning to’g’ri bajarilganligiga maksimal 20 ball beriladi. Amaliy ish bosqichida o’quvchi umumiy hisobda 100 ball to’plashi mumkin. (5*20=100 ball). Aynan shu bosqichda olimpiada g’oliblari aniqlanadi. G‘oliblar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.