Close


Belarus Respublikasi xukumati tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot ilovada yuborilmoqda


Mazkur stipendiya dasturi doirasida o‘zbekistonlik 5 nafar nomzodga quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taxsil olish uchun grantlar ajratilgan:
- “Mashinasozlik”;
- “Traktorsozlik”;
- “Qishloq xo‘jaligida ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish asosida ishlab chikarish”;
- “Agrosanoat majmuasida moddiy-texnik ta’minot ”;
- “Axborot tizimlari va texnologiyalari”.
Nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular xujjatlar va suxbat natijalari asosida tanlab olinadilar.
Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar barcha zarur xujjatlarning asl nusxalarini ulardan qisqa intervyu olish uchun 2021 yil 20 fevralga qadar shaxsan o‘zlari O‘zbekiston Respublikasidagi Belarus’ Respublikasining elchixonasiga taqdim etishlari kerak.
(Manzil: 100047, Toshkent sh., Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 75-uy mo‘ljal O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosi qarshisida).
Chet tilida tuzilgan xujjatlarga ularning rus yoki belarus tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.
Ushbu dastur xaqida batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va barcha zarur xujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan O‘zbekiston Respublikasidagi Belarus’ Respublikasining elchixonasi htts://uzbekistan.mfa.gov.by veb-saytining “Obucheniye v Belarusi” bo‘limida tanishish mumkun.
Ma’lumot uchun tel: (78) 120 75 11 - O‘zbekiston Respublikasidagi Belarus’ Respublikasi elchixonasi, elektron manzil: uzbekistan.mfa.gov.by