Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies


Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

          Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

 2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

- respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

- turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

- ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

 

Eslatma: Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

         O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

 

TALABAR O‘QISHINI (BAHORGI) KO‘CHIRISH UCHUN KERAKLI HUJJATLAR

Hujjat qabul qilish joriy yilning 20 dekabridan 2022 yilning 20 yanvarigacha offline shaklda UrDU bosh binosi 218-xonada qabul qilinadi. Mas’ul (Quryazov Izzatbek Rajabovich, tel: +998622246618)

  1. Ariza
  2. Pasport nusxasi ( asli ko’rsatiladi)
  3. Yashash joyidan va olaviy ahvol to‘g‘risida fuqarolar yig’ini yoki yagona darcha orqali ma’lumotnoma (nikoh guvohnomasi, farzandlar tug’ilganlik guvohnomasi)
  4. Reyting daftarchaning dekan tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki akademik ma’lumotnoma (Agar semester yakunlanmagan bo’lsa tahsil olayotganligi to‘grisida malumotnoma (Hemis elektron portali orqali). 2022-yilning 25-yanvaridan kech qolmasdan semester yakuni aks reyting daftarchasining dekan tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) taqdim qilinishi zarur)

 

  • Belgilangan muddatlarda tegishli hujjatlarning asli taqdim qilinishi so‘raladi. Aks holda talabaning o‘qishini ko’chirishi amalga oshmay qolishi mumkin.