Yuridik litsey bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari
Yuridik litsey bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari
Yakka tartibdagi suhbat har yili
10 – 25-iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat URDUdagi ta’lim
tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan belgilanib, uning
o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi.
Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan
o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti
(identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.
Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga
uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi,
ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam
berishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi
suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik
tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.
Bunda:
T/r
Yakka suhbat
mezonlari
Maksimal ball
1.
Akademik litseylar dasturlari doirasida
huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi
25
2.
Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi
motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga
doimiy qiziqishi)
25
3.
Nutq madaniyatining shakllanganligi,
o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi
25
4.
Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi,
muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati
25
Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat
jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy
tarmoqlarda e’lon
qilinadi.Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga
kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal
ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.
URDU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish
uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.