Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies


Magistratura mutaxassisliklariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

 birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari (100 ball);

 ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (50 ball).

Chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Magistratura mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi

Manba


 

Oliy ta’lim bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o’zlashtirish ko’rsarkichi (o’zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo’lgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, o’zlashtirgan fanlarining o’rtacha bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.

Magistraturaga o’qishga kirishda eng ko’p (maksimal) to’planishi mumkin bo’lgan ball – 250 ni tashkil etadi. (14-банд Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 27 апрелдаги 360-сонли қарори таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 09/19/360/3030-сон)