Close
Skip to main content

2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayonlari 10-iyuldan boshlanadi. Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi. Hujjatlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar my.edu.uz platformasida quyidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak:

•        pasport ma’lumotlari;

•        JShShIR;

•        diplom nusxasi;

•        diplom ilovasi ;

•        Bunda, xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikasiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.

•        OTM va ta’lim yo‘nalishi tanlanadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagidagi talabgorlar faqat to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.

Davlat granti asosida qabul ko‘zda tutilmagan.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib belgilanadi.

  •   Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga qabul qilish natijalari har yili 30 avgustga qadar oliy ta'lim muassasalari tomonidan e'lon qilinadi.
  •   Talabalarni oʻqishga qabul qilish shartnomada belgilangan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
  •   Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limda oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qat'i nazar, 2-kursdan boshlanadi.