Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


      “Dasturiy injiniring” kafedrasi 2015-yilda “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatining ilk kunlaridan boshlab zamonaviy dasturlash, tizimlar arxitekturasi va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kafedra qisqa vaqt ichida ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik va talabalarning yirik musobaqalardagi muvaffaqiyatlari bilan fakultetning eng faol va yetakchi bo‘linmalaridan biriga aylandi.

      2015–2016-yillarda kafedraga Xo‘jayev Otabek rahbarlik qildi. Kafedraning birinchi rahbari sifatida asosiy tashkiliy jarayonlarni yo‘lga qo‘ydi, ta’lim yo‘nalishining dastlabki o‘quv rejalarini shakllantirdi va kafedraning metodik bazasini yaratishga asos soldi.

      2015–2019-yillarda kafedraga t.f.n., dotsent Firnafas Yusupov boshchilik qildi. Uning boshchiligida kafedra jadal rivojlandi, ko‘plab talabalar respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada va tanlovlarda muvaffaqiyat qozondi. Mazkur davrda davlat stipendiyalarining bir nechta sovrindorlari yetishib chiqdi. Dasturlash bo‘yicha muntazam tayyorgarlik jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.

      2019–2021-yillarda kafedraga PhD Dilshod Kuryazov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedra xalqaro universitetlar bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uning ilmiy salohiyati va tashabbuslari tufayli xorijiy loyihalar bilan aloqalar mustahkamlandi, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratildi.

      2021–2023-yillarda kafedra San’atbek Masharipov tomonidan boshqarildi. Uning rahbarligi davrida talabalar ICPC dasturlash bo‘yicha Evro–Osiyo finallarida muntazam qatnashib, mamlakat sharafini munosib himoya qildilar. Kafedraning musobaqaviy ruhini mustahkamlash, yangi to‘garaklar va o‘quv jarayonlarini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

      2023–2024-yillarda kafedraga PhD Oybek Allamov rahbarlik qildi. U boshchilik qilgan yilda kafedraning xalqaro faoliyati yana-da kengaydi. Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Oldenburg Universiteti bilan talabalar va xodimlar almashinuviga doir grant muvaffaqiyatli qo‘lga kiritildi. Xorijiy hamkorlikning yangi bosqichi boshlab berildi.

      2024–2025-yillarda kafedraga Xo‘jamuratov Bekmurod boshchilik qildi. Uning boshqaruvi davomida kafedra ichki intellektual salohiyat va innovatsion faoliyatga e’tibor qaratdi. O‘qituvchilar respublika va xalqaro darajadagi loyihalarda faol ishtirok etishdi, yangicha didaktik yondashuvlar tatbiq qilindi.

      2025-yildan hozirgacha kafedra mudiri lavozimida PhD Oybek Allamov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraga qayta rahbar etib tayinlangan Oybek Allamov tomonidan xalqaro hamkorlik, ilmiy loyihalar va innovatsion ta’lim jarayonlari yana-da chuqurlashtirildi. Bugungi kunda kafedra uning boshchiligida zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya va ilg‘or dasturlash bo‘yicha yetakchi markazlardan biriga aylanmoqda.

      2011-yilda kafedra o‘qituvchisi Dilshod Kuryazov Germaniyaning Oldenburg Universitetiga Erasmus Mundus TARGET loyihasi asosida PhD grantini qo‘lga kiritdi. 2019-yil u “Dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

      2023–2024-yillarda PhD Oybek Allamov boshchiligida Erasmus+ KA171 dasturi bo‘yicha Oldenburg Universiteti bilan talabalar va xodimlar almashinuviga erishildi. 2024-yilda kafedraning magistrantlari Qodirov Faxriddin va Babajanov Boburbek Oldenburg Universitetida 1 semestr davomida tahsil olib qaytdi. 2025-yilda kafedra o‘qituvchilari Allamov Oybek va Babajanov Boburbek Erasmus+ KA171 teaching mobility dasturi doirasida Oldenburg Universitetida seminar mashg‘ulotlarini o‘tib qaytishdi. Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar har yili almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

      Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida talabalar har yili ICPC xalqaro dasturlash olimpiadasiga muntazam tayyorgarlik ko‘rib keladi. 2022-yil 6–7 dekabr — Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilgan ICPC 2022 Evro–Osiyo finalida kafedraning 2 ta jamoasi katta o‘qituvchi Yusupova Janar rahbarligida ishtirok etdi.

      2022-yilda Xo‘jamuratov Bekmurod “Smart City Sensor Infrastructure Monitoring System” loyihasida ishtirok etgan. Shuningdek u InnoWeek 2023 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan.

 

      Yusupova Janar Kamolovna 2023-yil 27-oktabr — “Xududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovining “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha shahar bosqichi g‘olibi.

      Shuningdek kafedra oqituvchisi t.f.n., dotsent Firnafas Yusupov O’zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O’rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasining “Faxriy akademik” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

      Bazarbayev Murotjon 2022-yilda Moskva MADI universitetining “Barcha yo‘llar MADIga olib boradi” xalqaro intellektual musobaqasida g‘olib bo‘lgan. Natijada u MADI universitetining doktoranturasiga qabul qilingan.

      2023-yil 27-aktabr kuni Dasturiy injiniring kafedrasi katta-o'qituvchisi Yusupova Janar Kamolovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “Xududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovining "Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi muallifi” nominatsiyasi bo'yicha shahar bosqichi g'olibi bo'ldi.

      2022-yilda dasturiy injinergi kafedrasi o'qituvchisi Bazarbayev Murotjon  Moskva avtomobil va yo'l qurilishi davlat texnika universitetining  (MADI) “Barcha yo‘llar MADIga olib boradi” xalqaro intellektual musobaqasida g'olib bo'lgan holda MADI universiteti doktaranti bo’ldi.