Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi haqida

Xorazm Davlat pedogogika instituti tarkibida 1935 yildan boshlab ijtimoiy fanlar o‘qitila boshlagan. Institutda 1944 yildan boshlab ijtimoiy fanlar alohida kafedra bo‘lib uyushdilar. O‘sha paytda kafedra “Marksizm-leninizm asoslari” nomi bilan yuritilgan. 
Kafedra tarkibiga falsafa, siyosiy iqtisod, partiya tarixi fanlari birlashgan edi. 1944-1946 yillarda kafedraga Moskva davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab kelgan S.Boltayeva boshchilik qilgan bo‘lsa, so‘ngra kafedraga Moskvadan ishga yuborilgan L.A.Vishkarev rahbarlik qiladi. Kafedrada o‘sha yillari L.A.Vishkarev, S.Boltayeva, Grinka, M.X.Aliakbarov kabi o‘qituvchilar faoliyat yuritgan. O‘sha davrda kafedra jamoasi institutda ijtimoiy fanlarning o‘qitilishi, pedagoglar va talabalar jamoasi orasida olib boriladigan barcha siyosiy-tarbiyaviy ishlarga boshchilik qildilar. 
1954 yilda kafedraga Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan falsafa fanlari nomzodi Yangiboy Rajapov va katta o‘qituvchi R.Jumaniyozov, Vapayevlar kelib qo‘shildi. 1954 yildan boshlab institut ijtimoiy fanlar kafedrasiga dotsent Ya.Rajapov mudir bo‘lib tayinlandi va mazkur lavozimda salkam 30 yilga yaqin faoliyat ko‘rsatdi. Kafedra o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalasi o‘sha yillarda eng muhim vazifalardan hisoblangan. Chunki, kafedrada ishlayotgan 10 dan ortiq o‘qituvchilarning faqatgina bir nafari, ya’ni Ya.Rajapov ilmiy darajaga ega edi xolos. Kafedra tarkibini tajribali o‘qituvchilar bilan mustahkamlash lozim edi. Shu sababdan, Toshkent oliygohlaridan bir qancha olimlar institutga yarim va chorak stavka ishlash uchun ishga taklif etildi. Ular orasida professor J.M.Boboyev, professor B.Ismoilov, professor M.Baratov, professor I.Jabborov kabi olimlar bor edi. 1960-1970 yillarda kafedra Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev oliygohlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlar hisobiga mustahkamlandi. Fan nomzodi, dotsentlardan N.Qalandarov, M.Matniyozov, A.Sotliqov, K.Abdullayev, A.Xayitboyev, X.Sapayev, F.Madraximov, A.Sobirovlar yoshlarga ijtimoiy fanlarni o‘qitishda alohida fidoiylik ko‘rsatdilar. 1967 yilga kelib XDPI ning kengayishi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi 3 ta alohida kafedraga – “Falsafa”, “Siyosiy iqtisod” va “Partiya tarixi” kafedralariga ajraladi. Falsafa kafedrasi dialektik va tarixiy materializm, ilmiy kommunizm, mantiq, etika va estetika fanlarini o‘ziga birlashtirdi. 1974 yildan boshlab esa ilmiy kommunizm kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. 
1984-1993 yillarda institutning falsafa kafedrasiga falsafa fanlari nomzodi A.Xayitboyev mudirlik qildi. 
1992 yil XDPI ning Urganch davlat universitetiga aylanishi munosabati bilan ijtimoiy fan kafedralarida ham tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. “Sotsializm nazariyasi va siyosiy iqtisod” kafedrasi tugatildi. Siyosatshunoslik fani falsafa kafedrasi tarkibiga o‘tdi. 1993-1994 o‘quv yilidan boshlab kafedraga falsafa fanlari doktori, professor Raxim Taganov mudirlik qila boshlagan. Bu davrda kafedrada o‘qitiladigan fanlar yangi o‘quv dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqildi. 1997 yil 26 avgustdan boshlab kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Safarboyev boshchilik qilgan. Bu davrda kafedra a’zolarining deyarli barchasi ilmiy va ilmiy-metodik ishga jalb qilinadi. Keyingi 10 yil davomida kafedra a’zolari kuchi bilan 12 dan ortiq monografiya, ilmiy to‘plam, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilindi. M.Xajiyeva 2004 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007 yilda dots. M.Safarboev “Ogahiy – shoir va mutafakkir” nomli monografiyani (10 b.t.) rus tilida nashr qilishga erishdi. Shu yili dots. M.Safarboyev va B.Jumaniyozov hammualliflikda “Mantiq” o‘quv qo‘llanmasini (18 b.t.) lotin yozuvida chop qildirishdi. Dots. M.Safarboyevning tashabbusi bilan 4 ta respublika miqyosidagi ilmiy – amaliy konferensiyalar o‘tkazildi va materiallari nashr qilindi. Kafedra 2001 yilda boshlab Respublikada milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish va o‘qitishning sinov-tajriba maydonchasi bo‘lib keldi hamda muayyan yutuqlarga erishdi. Kafedra a’zolari falsafa bo‘yicha birinchi qomusiy lug‘atni tayyorlashda faol ishtirok etdilar. Kafedradagi mavjud 5 ta fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua va elektron matnlar, multimedialar yaratildi. 2005 yilda “Falsafa” kafedrasi tarkibidan yangi “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” kafedrasi mutaxassis chiqaruvchi kafedra sifatida ajralib chiqdi. 2007 yilda mutaxassislik kafedrasi tugatilib, huquqshunoslik fanlari “Falsafa” kafedrasi tarkibiga kiritildi hamda “Falsafa va huquq” kafedrasi deb yuritila boshladi. 2008 yildan boshlab kafedraga p.f.n., dots.M.Xajiyeva mudirlik qila boshladi. Kafedrada 2 ta monografiya, 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, hamda 4 ta uslubiy qo‘llanma chop etildi. 2009 yil 23-24 aprel kunlari Respublika miqyosida “Talaba yoshlarning milliy-ma’naviy merosidan foydalanish imkoniyatlari va uslublari” mavzusida konferensiya tashkil qilindi. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rta-maxsus kasb hunar kollejlari o‘qituvchilari bilan keng hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Jumladan, KHK uchun ma’naviyat va milliy istiqlol g‘oyasi fanlaridan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib nashrdan chiqarib berildi. 

2008 yilda dots. M.Xajiyeva va dots. M.Eshmuradovlar tomonidan “Milliy g‘oya va mafkura” uslubiy qo‘llanmasi, 2009 yilda M.Xajiyeva va X.SHixovalar tomonidan “Yoshlarni milliy-ma’naviy merosdan foydalanish imkoniyatlari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrdan chiqdi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini bajarish yuzasidan mamlakatimiz ijtimoiy, ma’naviy va madaniy sohalari uchun usutvor hisoblangan sohalar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Kafedrada 2012 yildan to bugungi davrgacha “Ijtimoiy falsafa” va “Falsafa tarixi” ixtisosliklari bo‘yicha 1 ta fan doktori (M.S.Xajiyeva), 2 ta fan nomzodi (Doschanova U.E., Safarboev O.M.) tayyorlandi. Ayni paytda kafedrada 1 nafar tadqiqotchi (N.R.Eshchanova) o‘zining ilmiy ishini yakunlab, Ixtisoslashgan ilmiy kengashga topshirish bosqichida turibdi. Bundan tashqari, kafedraning 7 nafar tadqiqotchilari (O.Xudoyberganov, M.Abdullayev, M.Aytboyev, U.Xajiyev, M.Qurbanov, N.Annayeva, Q.Qabulov) doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqdalar. 
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishi “Xorazmda falsafiy-siyosiy fikrlarning rivojlanish bosqichlari” deb nomlanib, «O‘zbekiston Faylasuflar milliy jamiyati», O‘zR FA Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat kimyo-texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, Respublika milliy g‘oya targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 
2012 yildan bugungi kungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilindi. Jumladan, ilmiy jurnallarda 18 ta, ilmiy to‘plamlarda 76 ta, xorijiy jurnallarda 14 ta (Rossiya Federatsiyasining “Federatsiya” jurnali, “Moлодой учёный” jurnali, “Актуальный проблемы права”, AQSH dagi jurnallarda va boshqalar).

2014-2015 o‘quv yilida f.f.d. M.Xajiyevaning “Xoja Ahmad Yаssaviy ta’limotida tasavvuf” nomli monografiyasi, “SHaxs va jamiyat” fanidan uslubiy qo‘llanma nashr qilindi. 2014-2015 o‘quv yili davomida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa” kafedrasida 5 ta ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilinib, seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi. Jumladan, 2014 yil dekabr “Globallashuv va fan texnika taraqqiyotining zamonaviy muammolari” mavzusidagi ilmiy - amaliy seminar materiallari, 
2015 yil yanvar “Insoniy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari, 2015 yil aprel “Ma’naviy–axloqiy tarbiya metodlari va vositalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari, 2015 yil may “Yoshlarni keksalarni e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari, 2015 yil iyun “Yoshlarga oid davlat siyosati-jamiyat rivojining muhim omili” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari chop etildi.

Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari “Ustoz-shogird” tizimi asosida fakultet talabalarining ilmiy ishlariga yordam ko‘rsatmoqdalar. O‘tgan o‘quv yilida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi O‘razmetov Mangubek fal.f.d.M.Xajiyeva rahbarligida “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab kafedraning nomi “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” deb qayta o‘zgartirildi. 
Kelgusida ularning ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish orqali kafedraning salohiyati va yutuqlarini yanada yuksaltirish imkoniyatlari mavjud. 

2015-2016 o‘quv yilida kafedra ilmiy-uslubiy seminar faoliyatida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», 2011 yil 12 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qonunchilik palatasi va senatining qo‘shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” konsepsiyasining mazmun mohiyati, Oliy Majlis Palatalarining yig‘ilishlarining materiallari, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” asarining mazmun-mohiyati, “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi”. 

2016 yil 9 fevral kuni “Alisher Navoiy qarashlarida komil inson g‘oyasi”, 2016 yil 27 may kuni “Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ijtimoiy muhitning ta’siri” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. 

2015-2016 o‘quv yili davomida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasida 6 ta Respublika ilmiy-amaliy seminarlari tashkil qilinib, seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi. 

Jumladan: “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. (2015 yil 24 dekabr); 
“Barkamol avlodni shakllantirishda milliy va ma’naviy qadriyatlarning tutgan o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. (2016 yil 12 yanvar); “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ijtimoiy-ma’naviy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. (2016 yil 2 fevral); 

“Sog‘lom turmush tarzi – barkamol avlod poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. (2016 yil 15 mart); 

“Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari. (2016 yil 28 aprel); 
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, shakllari, usullari va vositalari” mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy seminari. (2016 yil 26 may). 
2015-2016 o‘quv yili davomida o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarimiz tomonidan 200 ga ilmiy maqolalar chop qilindi. Jumladan, ilmiy jurnallarda 5 ta, ilmiy to‘plamlarda 150 ta ortiq, xorijiy jurnallarda 10 tadan ortiq. 2016-2017 yilda Kafedrada «Yosh faylasuflar» ilmiy to‘garagiga barcha fakultetlardan 46 ta talaba jalb qilingan. To‘garak ishida tarix, pedagogika, filologiya, turizm va iqtisod fakultetlarning talabalari faol ishtirok qildilar. Talabalarning «Yosh faylasuflar» ilmiy to‘garagiga o‘qituvchi U.Xajiyev rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedra “Xorazmda falsafiy-siyosiy fikrlarning rivojlanish bosqichlari” yo’nalishida ilmiy-tadqiqot amalga oshirilmoqda. Kafedra Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Namangan Davlat universiteti, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa institutlar bilan birgalikda turli mavzulardagi tadqiqotlar olib bormoqda. 
Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari, Fanlar Akademiyasining filiallari va mintaqaviy bo‘limlari, OO‘Yularining turdosh kafedralari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatganlar. Ayniqsa, UzMU, SamDU, Navoiy Pedogogika Instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda muayyan mavzularni tadqiq qilish ishida faol ishtirok etib kelmoqdalar. 

Kafedrada 2016-2017 o‘quv yili davomida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasida 4 ta Respublika ilmiy-amaliy seminar o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib, “Yoshlarga oid davlat siyosati- jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari(2017 yil 10 yanvar); “Zamon talablari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari tashkil qilinib(2017 yil 4 fevral), seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi.

Kafedrada 2020-2021 o‘quv yili davomida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasida 2 ta Respublika ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi va seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi.
Kafedrada 2022-2023 o‘quv yili davomida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasida 2 ta Respublika ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi va bitta seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi.

 

 

.