Kafedrada laboratoriya xonasi tashkil qilindi ...
2021-05-20Hozirgi kunda kafedra qoshida “Onkologiya sohasida psixologik xizmatning ahamiyati” amaliy loyihasi asosida psixologik tadqiqotlar mark ...
Batafsil
Kafedraninig maqsadi Psixologiya va Pedagogika psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistr mutaxassislarini tayyorlash va jamiyatning turli jabxalarida ishlashga yo‘naltirish.
aholining psixologik bilimdonligini oshirish uchun xizmat qilishdan iborat.
Kafedrada o‘qitilib kelinayotgan 60310900-Psixologiya, 60110100-Pedagogika va psixologiya ta’lim yunalishlari bakalavrlarning kasbiy farliyati ob’yektlari-ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida "Psixologiya" ,"Oila psixologiyasi" fanlari o‘qituvchisi; ishlab chikarish korxonalari; ta’lim muassasalari; Respublika "Oila "ilmiy-amaliy markazida; tibbiyot muassasalari; aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish" markazlari;
Respublika pedagogik-psixologik tashxis markazi va bo‘limlari; savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari; ichki ishlar idoralari; harbiy bo‘linmalar; reablitasiya markazlari, maktablarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida amaliyotchi psixolog sifatda ishlaydilar, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarbiya fanidan dars beradilar.
Kafedrada laboratoriya xonasi tashkil qilindi ...
2021-05-20Hozirgi kunda kafedra qoshida “Onkologiya sohasida psixologik xizmatning ahamiyati” amaliy loyihasi asosida psixologik tadqiqotlar mark ...
BatafsilPedagogika va psixologiya kafedrasida ilmiy unvonga ega bo'lgan professor o'qtuvchilar ...
2020-09-092020-yil sentyabr oyida Kafedra a'zolari Baxtigul Nurullayeva va Dilbar Urazbayrvalar OAK dotsenti ilmiy unvoniga ega bo'ldilar.
... BatafsilPedagogika fakulteti pedagogika yo'nalishida ilmiy nazariy seminar bo'lib o'tdi ...
2020-02-19Pedagogika fakulteti pedagogika yo'nalishida ilmiy nazariy seminar bo'lib o'tdi
... BatafsilUrazbaeva Dilbar Abdullaevna 2018 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc27.06.2017.1.P ...
BatafsilPedagogika va psixologiya kafedrasi fan bilan bog‘liq turli ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etadi, ilmiy-ijtimoiy mavzuviy jurnallarga maqolalarni tayyorlaydi, jamiyat hayotining turli sohalarida psixologik xizmatni tashkil etish va unga rahbarlik qilishni ko‘zda tutib, umumta’lim maktablarida va kasb-hunar kollejlari amaliy psixologi, pedagogik-psixologik tashxis markazlari psixologi, psixologik xizmat ko‘rsatish markazi amaliy psixologlari bilan hamkorlikda turli xil seminarlar va konfersiyalarni tashkil qiladi. Shu bilan birga kafedrada nomzodlik va doktorlik ishlari ximoyalari bo‘lib o‘tmoqda va rejalashtirilmoqda.
Pedagogika fakulteti pedagogika yo'nalishida ilmiy nazariy seminar b...
Pedagogika fakulteti pedagogika yo'nalishida ilmiy nazariy seminar bo'lib o'tdi
... Read MoreБугун 25 июнь Педагогика ва психология кафедрасида БМИ ҳимояси даво...
Бугун 25 июнь Педагогика ва психология кафедрасида БМИ ҳимояси давом этмоқда. ДАК раиси академик Ж.Базарбаев ўз ...
Read More18-26 iyun kunlari soat 10:00 da Pedagogika va psixologiya fakulte...
18-26 iyun kunlari soat 10:00 da Pedagogika va psixologiya fakulteti 310-xonasida “Pedagogika va psixolog...
Read MorePedagogika va psixologiya kafedrasi fan bilan bog‘liq turli ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etadi, ilmiy-ijtimoiy mavzuviy jurnallarga maqolalarni tayyorlaydi, jamiyat hayotining turli sohalarida psixologik xizmatni tashkil etish va unga rahbarlik qilishni ko‘zda tutib, umumta’lim maktablarida va kasb-hunar kollejlari amaliy psixologi, pedagogik-psixologik tashxis markazlari psixologi, psixologik xizmat ko‘rsatish markazi amaliy psixologlari bilan hamkorlikda turli xil seminarlar va konfersiyalarni tashkil qiladi. Shu bilan birga kafedrada nomzodlik va doktorlik ishlari ximoyalari bo‘lib o‘tmoqda va rejalashtirilmoqda.
"Pedagogika va psixologiya " kafedrasining quyidagi mahalliy va xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalariyo’lga qo’yilgan.
1.Nizomiy nomida Toshkent davlat pedagogika universiteti.
2.Samarqand davlat universiteti.
3.Buxoro davlat universiteti.
4.Qoraqalpog`iston davlat universiteti.
5.Xorazm Mamun Akademiyasi.
6.Nukus davlat pedagogika universiteti.
7.Namangan davlat universiteti.
8.Qarshi davlat universiteti.
9.Xorazm viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi.
10.Astraxan davlat universiteti.
11.Moskva davlat pedagogika instituti.
Кафедра гранти
П3-20170928556-Онкология соҳасида психологик хизматнинг аҳамияти мавзусидаги амалий гранти бугунги кунда ривожланаётган психоонкологи соҳасини такомиллаштириш ва онкологик беморларга психологик ёрдам кўрсатиш тизимини ривожлантиришга қаратилган.
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 1
1. Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va uning vazifalari.
2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Shaxsni tarbiyalash metodlari va shakllari
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 2
1. Ta’lim va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari.
2.Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.
3. Tarbiyasi “qiyin” va o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash metodlari.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 3
1. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari.
2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy sohalari.
3. O‘quvchilarni turmushga tayyorlash.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 4
1. Ilk o`spirinlik davrida o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi.
2.Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. O`smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 5
1. O`smirlik davrining ijtimoiy-psixologik muammolari.
2.Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ilk o`spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 6
1. Ilk o`spirinlik davrida do`stlashish muammosining psixologik xususiyatlari.
2. O‘qish faoliyati va uning turlari.
3. Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 7
1. O`smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari.
2.Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
3. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 8
1.Yosh tushunchasi.
2. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.
3. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari
Tuzuvchi: R.Razzaqova
Umumiy pedagogika fanidan yakuniy nazorat savolari
Bilet № 9
1. 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari.
2. Go”daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati
3. Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
2.Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin).
3. O`smirlik davrida xarakter aksentuatsiyasi muammosi.
.
Tuzuvchi: R.Razzaqova
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN» O`quv ishlari bo`yicha prorektor __________ dots.S.U.Xodjaniyazov « ___» _________ 2019 yil
|
“UMUMIY PEDAGOGIKA ”
FANI BO`YICHA ISHCHI DASTURI
Oliy ta`limning bilim sоhasi: 100000 - Gumanitar soha
Ta’lim sоhasi: 110000 - Pedagogika
120000- Gumanitar fanlar
Ta’lim yo`nalishi: 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Umumiy o`quv soati- 212 soat
Ma`ruza – 54 (3 semestr – 36 soat; 4 semestr – 18 soat;)
Seminar – 64 (3 semestr – 32 soat; 4 semestr – 32 soat; )
Mustaqil ta`lim – 94 (3 semestr – 54 soat; 4 semestr – 40 soat; )
URGANCH - 2019
Ishchi dastur O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14.06 dagi 531- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar : Jumaniyozova M.
Razzoqova R
Taqrizchilar: p.f.n.Jumaniyozov M
p.f.n. Sh.Ismoilova
Ishchi o`quv dasturi UrDU “ Pedagogika ” kafеdrasida 2019 - yil dagi № yig`ilishida ko`rib chiqildi va Pеdagоgika fakultеti kеngashida tasdiqlashga tavsiya qilindi.
Kafеdra mudiri_______________p.f.n. S. Kalandarov
Ishchi o`quv dasturi Pеdagоgika fakultеti 2019 yil dagi № kеngashida ko`rib chiqildi va univеrsitеt kеngashiga tasdiqlash uchun tavsiya qilindi.
Fakultеt dеkani___________________ f.-m.f.n. J. Yarmetov
Fanning ishchi o`quv dasturi Universitet kеngashining 2019 yil “ ” da ko`rib chiqildi va tasdiqlandi . ( Bayonnoma N 1 )
“Umumiy pedagogika” oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy - pedagogik sifatlarni shakllantirishda muhim o`rin tutadi. Bo`lajak o`qituvchilarni umuminsoniy g`oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan xolda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, pedagogik jarayonlarni turli tashkil etish malakalarini xosil qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Mazkur fan talabalarni yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bo`lgan yondashuvlar mazmuni, jahon ta’limi tajribasi bilan tanishtirish asosida ularning umumpedagogik bilimlarini boyitadi. Ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl va metodlaridan foydalangan xolda ta’lim jarayonini boshqarish va unga rahbarlik qilish xaqida ma’lumotga ega bo`ladilar. SHu bilan birga ushbu fan talabalarda asrlar davomida shakllangan ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga nisbatan chuqur xurmatni qaror toptirish, an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlarni qiyosiy o`rganish, yosh avlod tarbiyasida amaliy qiymatga ega pedagogik g`oyalardan g`oydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fanni o`qitishdan maqsad - ta’lim-tarbiya sohasiga oid davlat siyosatining mazmuni, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg`or g`oyalari, didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogik amaliyot, pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat asoslari mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni xosil qilish.
Ushbu maqsadga erishish uchun yosh talabalarda ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarni pedagogik faoliyatga tatbiq etish ko`nikmalarini shakllantirish, ilmiy, texnik va texnologik yutuqlarni qo`llay olishga tayyorlash xamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi.
Talaba:
-asosiy pedagogik tushunchalar, ta’lim menejmenti, tarbiyaning ijtimoiylashuvi, milliy va madaniy-tarixiy omillarning tarbiyada tutgan o`rni, komil insonni tarbiyalashga oid davlat siyosatining mazmuni to`g`risida tasavvurlarga ega bo`lishi;
- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari, innovatsion shakl va metodlari, ta’lim -tarbiya jarayonini boshqarish va unga rahbarlik qilish, o`qish va bilish faoliyatni tashkil qilish yo`llari, pedagogik faoliyatni rejalashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- metodologik, pedagogik va psixologik manbaalar bilan ishlay olish, ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros va jahon ta’limi an’analaridan foydalanish, pedagogik muammolarni echish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
3- semestr
№ |
Mavzular mazmuni |
Ajratilgan soat. |
Adabiyotlar |
Qo`llanila digan ped.texnologiyalar |
1. |
Umumiy pedagogika- ta’lim- tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o`zaro aloqadorligi. Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Asosiy ta’limiy konsepsiyalar va yondashuvlar. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. Adabiyotlarni o`rganish va tahlil qilish metodi, kuzatish metodi, pedagogik tajriba-sinov metodi, suhbat metodi, so`rovnoma, ta’lim muassasalari xujjatlarini o`rganish metodi, matematik statistika metodi, test metodi va b. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
Aqliy hujum |
2. |
O`zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari va uning xuquqiy-me’yoriy asoslari. Mustaqillik yillarida inson kapitalini yaratish borasida amalga oshirilgan islohotlar. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ta’lim sohasiga qo`yiladigan ijtimoiy- siyosiy talablarni aks ettirilishi. O`zbekistonda komil insonni tarbiyalashning xuquqiy asoslari. «Ta’lim to`g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish yo`nalishlari xaqida. Ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari. Ta’lim tizimi va ta’lim turlari. O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli. Ta’lim tizimini isloh qilish yo`nalishlari. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
Klaster |
3 |
Ta’lim muassasasi menejmenti. Zamonaviy ta’lim tizimiga qo`yiladigan asosiy talablar “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining mohiyati. “Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish” tushunchasining tavsifi. Ta’lim muassasasi menedjerining xuquq va majburiyatlari. Ta’lim menedjerining kompetensiyalari. Ta’lim tizimini boshqarish organlari. Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish, davlat-jamoatchilik tamoyiliga ko`ra boshqarishning psixologik-pedagogik asoslari. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
Muammoli ma'ruza |
4. |
Tarbiya nazariyasi va tarbiya turlari. Tarbiya ijtimoiy xodisa sifatida. Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari, o`ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o`ziga xosligi va tarbiyadagi o`rni. Tarbiyaning umumiy metodlari. Ijtimoiy ongni shakllantirish, ijtimoiy axloqni shakllantirish, rag`batlantirish va jazolash, o`z-ozini tarbiyalash metodlari. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
T-sxema |
5 |
Tarbiya nazariyasi va tarbiya turlari Tarbiya turlariga umumiy tasnif. Aqliy tarbiya. Axloqiy tarbiya. Jismoniy tarbiya. Mehnat tarbiyasi. Nafosat tarbiyasi. Ekologiya tarbiya, iqtisodiy va xuquqiy, g`oyaviy-siyosiy tarbiya. Fuqarolik tarbiyasi. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Muammoli ma'ruza |
6 |
Oila pedagogikasi va uning milliy o`ziga xos xususiyatlari. Oila fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo`g`ini. Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari xaqida. O`zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Aqliy hujum |
7 |
Oila pedagogikasi va uning milliy o`ziga xos xususiyatlari. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla xamkorligi. Oilaviy qadriyatlarning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Oilaviy xayot sohasi tarbiya muhiti sifatida. Tarbiya jarayonidagi mediatsiya institutlari. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Bumerang |
8 |
Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga ta’siri Globallashuv tushunchasi. Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari. Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etuvchi omillar. Axborot xavfsizligi va globallashuv jarayonida yoshlar o`rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari. Ommaviy madaniyat, axborot taxdidlari, diniy ekstremizm va boshqa salbiy ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda pedagogika fanining vazifalari. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Klaster |
9 |
Didaktika-ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. Didaktika. Didaktikaning predmeti va vazifalari. SHarq va G`arb mutafakkirlarining didaktik g`oyalari. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Ta’lim paradigmalari, prinsiplari, pedagog olimlarni bilishning asosiy qonuniyatlariga doir fikrlari, o`qitishning etakchi qoidalari. Ilmiylik, tizimlilik va izchillik prinsiplari, ta’limning amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi, ta’limda onglilik va faollik prinsipi, ko`rsatmalilik prinsipi, tushunarlilik prinsipi,mustaxkamlilik prinsipi,o`qitishda individual yondashish prinsipi.Pedagogik jarayon mohiyati. Ta’lim tamoyillari va qoidalari.
|
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
Sinkveyn |
10 |
Ta’lim shakllari, metodlari va vositalari tasnig`i. Ta’lim metodlari, shakllari va vositalari. O`qitishning og`zaki metodlari. O`qitishning amaliy metodlari. O`qitishning induktiv va deduktiv metodlari. O`zlashtirishning reproduktiv bosqichidan produktiv ta’limga o`tish bosqichlari. Ta’lim vositalari. Ta’lim sifatini nazorat qilish va uning turlari. Nazoratning test shakli va uch darajali test topshiriqlarini ishlab chiqish qonuniyatlari. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
T-sxema |
11 |
Ta’lim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi. Dars-ta’limning asosiy shakli sifatida. Zamonaviy dars tipologiyasi. Dars tavsifi. Darsni tashkil etishga qo`yiladigan didaktik talablar. Darsning o`quv maqsadlari. Dars jarayonining bosqichlari. Zamonaviy dars tiplari va mezonlari. Dars samaradorligini ta’minlovchi omillar. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Charxpalak |
12 |
Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik faoliyat funksiyalari va ularga muvofiq pedagog shaxsiga qo`yilgan talablar. Pedagogik mahoratning mohiyati va tuzilishi. Pedagogning kasbiy fazilatlari. Pedagogik jarayonda muloqotning mohiyati va tuzilishi. Muloqot vositalari va turlari. Pedagogik o`zaro munosabatlar mohiyati. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Muammoli ma'ruza |
13 |
Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik muloqot madaniyati. Pedagogik muloqot yo`nalishlari va uslublari (avtoritar, demokratik, liberal) xamda ularni to`g`ri tanlash. O`qituvchining nutq texnikasi va madaniyati. Kommunikativ ta’sir ko`rsatish. Pedagogik deontologiya. CHet tili o`qituvchisining professiogrammasi. |
2 |
A-2,3,4,5,6 Q-2,3,4,5,6
|
Ven diagramma si |
14 |
Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. Pedagogik kompetentlik tushunchasining mohiyati. Pedagogik kompetensiya. Pedagogik kompetentlik komponentlari. Kasbiy kompetentlik. Kasbiy kompetentlik sifatlari, ijtimoiy kompetentlik, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ) kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik. Pedagogning o`z ustida ishlashi. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati. Kreativlik sifatlari. SHaxs kreativligini ifodalovchi xususiyatlari. Bo`lajak o`qituvchilarda pedagogik kreativlikni shakllantirish. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
B/B/B |
15 |
Ta’lim-tarbiya jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyosarashni shakllantirish. Bilim- ilmiy dunyoqarashning asosi. Dunyoqarash mohiyati va uning turlari. O`quvchilar dunyoqarashida yangicha fikrlashni shakllantirish zaruriyati. Ta’lim va tarbiya jarayonida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari. umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari va tizimi. Milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo`llari. Milliy ong va milliy iftixor o`sishining tarbiyaviy ahamiyati. O`quvchilarda mustaqil fikrlash va demokratik tafakkurni shakllantirishning zaruriyati. |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
T-sxema |
16 |
Pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Pedagogik diagnostika va uning ahamiyati. Pedagogik diagnostikaning predmeti, mohiyati, asosiy vazifasi va kategoriyalari. Korreksiya tushunchasining mazmuni. Korreksion pedagogikaning maqsadi va mohiyati. Ta’lim jarayonini diagnostika qilishning asosiy funksiyalari (teskari aloqa funksiyasi, maqsad va vazifalarni belgilash funksiyasi, taqsimot funksiyasi, yaratish va pedagogik tajribani o`rganish funksiyasi, pedagogik korreksiyalash funksiyasi, motivatsiya va rag`batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi). |
2 |
A-2,3,4,5,6
Q-2,3,4,5,6
|
Klaster |