Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


https://urdu.uz/user_files/user_49/%D0%BA%D0%B0%D1%84%D0%B5%D0%B4%D1%80%D0%B0%20%D1%82%D0%B0%D1%80%D0%B8%D1%85%D0%B8%20.pdf

 

“Transport tizimlari” kafedrasining tarixi

 

Kafedra 2015 yil sentabr oyidan boshlab “Umuminjenerlik fanlari” kafedrasi negizida ”Transport tizimlari” nomi bilan yangidan faoliyat boshladi.

 ”Yer usti transport tizimlari (qishloq xo’jaligi mashinalari)” yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligi tarmoqlari uchun bakalavrlar tayyorlanadi.

2021-2022 o‘quv yilida “Transport tizimlari” kafedrasida 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar (Kafedra mudiri t.f.n., dots. Islomboy Samandarovich Ruziyev), shulardan 3 nafar fan nomzodi (Ruziyev Islombay Samandarovich, Sobirov Baxodir Atabekovich, Xojayev Oybek Xo‘jamberdievich), 2 nafar katta o‘qituvchi (Mavlanov Faxraddin Xakimovich, Atajanova Saodat Avezovna), 15 nafar o‘qituvchi (Ataxanov Alisher Yuldashevich, Xayitov Abdulla Nurmatovich, Xusainov Baxtiyor Saparbayevich, Polvonov Quvondiq Otabayevich, Rahimov Sarvar Ibragimovich, Ataxanov Islam Saidovich, Rahimov Xursand Madraxim o‘g‘li, Matyaqubov Odilbek Egamberdiyevich, Radjapov Baxodir Sharifbaevich, Boltaev Arslon Shokir o‘g‘li, Mirzayev Otabek Taxir o’g’li, Qodirov Islom Rayimbergan o‘g‘li,  Ismoilov Mirjalol Ro’ziboy o‘g‘li, Shanozarov Otabek Ravshonbek o‘g‘li, Yo’ldashova Muhayyo Alimboyevna) faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedra azolari tomonidan 50 dan ortik Xalkaro, Respublika miqyosidagi anjumanlarida va Skopus jurnallarida 6 maqola hamda OAK jurnallarida 20 dan ortiq maqola  chop qilingan. Kafedra o‘qituvchilari Ruziyev I.S., Ruzmetov I.Q. tomonidan “Transport vositalarining konstruksiyalari” va “Transport vositalarining gidravlik jixozlari” fanlaridan elektron o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Kafedra dotsenti Oybek Xojayev tomonidan “Avtomobilsozlikka oid atamalarining o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha izohli lug‘ati” nashrdan chiqqan.