Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


Maʼlumki, 2020-yil 7-mayda Prezidentimizning “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyati shundan iboratki, unda mamlakatimiz ilm-fan sohasidagi taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishi sifatida matematika fanini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilgan.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilm-fanning matematizatsiyalashuv tendensiyalari tobora kuchayib bormoqda. Matematik usul va modellar amaliy hayotning barcha jabhalariga har qachongidan ham koʻproq tadbiq etilib, aniq matematik yechimlar asnosida taraqqiyotning turlicha ehtimoliy koʻrinishlari sinovdan oʻtqazilmoqda. Natijada matematikaning boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi oʻsib, matematik modellash asosida fanlararo yondashuv zamonaviy taʼlimning barqaror xususiyatlaridan biriga aylanib qoldi.

Shunisi eʼtiborliki, mazkur qarorda amaliy matematikani rivojlantirish, uni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda turli muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlar ishlab chiqish muhimligi belgilab qoʻyilgan. Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi belgilangan.

Taʼkidlash joizki, hozirgi paytda bu yoʻnalishda Oliy ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Mexanika va matematik modellashtirish”, “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yoʻnalishida kadrlarni fanlararo yondashuv asosida tayyorlash, fanlarning oʻzaro integratsiyasi hamda ilm va amaliyot uzviyligini taʼminlash, sohadagi muammolarni modellashtirish orqali matematik yechimlarni ishlab chiqish maqsadida “Matematik modellashtirish”, “Jarayonlar tadqiqoti”, “Sonli usullar”, kabi fanlar oʻqitilmoqda. Mazkur fanlar talabalarda siyosiy hayotdagi muammolarni modellashtirish asosida tezkor matematik yechimlar topish, muayyan davlatning taraqqiyot modellarini qiyosiy oʻrganish, tizimli fikrlash, bugungi tez oʻzgaruvchan va murakkab siyosiy jarayonlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilish, voqealar rivojini prognozlash hamda boshqa davlatlarning hatti-harakatlarini toʻgʻri baholash kabi gʻoyatda zarur kasbiy mahoratni shakllantirishga xizmat qiladi.

Muxtasar qilib aytganda, mazkur qarorning qabul qilinishi mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida juda muhim boʻlgan matematikani rivojlantirish, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda matematik usullardan ishlab chiqarishning barcha jabhalarida keng foydalanish imkonini beradi. Zero, aniq ilmiy kategoriyalar asosida tafakkur qilish, olingan bilimlarni tizimlashtirish, puxta tahlil qilish hamda oʻzi tanlagan sohani boshqa fanlar kesimida, jumladan, matematik usul va modellar asosida yana-da mustahkamlashni davrning oʻzi talab qilmoqda.

“Algebra va matematik injiniring” kafedrasi haqida

“Algebra va matematik injiniring” kafedrasi dastlab “Matematik injiniring” nomi bilan 2018-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti fizika- matematika fakultetida «Matematik injinering » kafedrasi tashkil qilindi va unga f.-m.f.n., dots Reyimberganov Anvar Aknazarovich mudir qilib tayinlandi.

2024-yilning aprel PhD. Raximov Ilhom  Davronbekovich mudir qilib tayinlandi.

2024-yil sentyabr oyidan kafedra «Algebra va matematik injiniring » kafedrasi nomini oldi.

2025-yilning sentabroyidan hozirgi kungacha M.M.Xasanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.

          Hozirgi kunda kafеdrada bitta fizika – matematika fanlari doktori, professor, yettita fizika – matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), beshta katta o‘qituvchi, o‘n to‘rtta o‘qituvchi va kabinet mudirasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada ikkita ilmiy-uslubiy  seminar faoliyat ko‘rsatmoqda bular “Mexanikaning dolzarb muammolari“ va “Zamonaviy matematikaning tadbiqlari “ . Bundan tashqari kafedrada “01.02.05- suyuqliklar va gaz mexanikasi” yo‘nalishida bitta mustaqil izlanuvchi ilmiy izlanish olib bormoqda.

Hozirda kafedramizda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:

Bakalavr bo‘yicha qabul yo‘nalishi.

1. 60530600 – Mexanika va matematik modellashtrish

2. 60540300- Matematik injiniring(ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)

Magistratura bo‘yicha qabul yo‘nalishi.

1. 70540101 – Matematika (Algebra va geometriya) mutaxassisligi

2. 70530601 - Mexanika va matematik modellashtirish mutaxassisligi

3. 70540103 - Aktuar va moliyaviy matematika mutaxassisligi

4. 70540202 - Matematik injinering” mutaxassisligi

Ilmiy stajirovka

Ilmiy stajirovka ...

2022-10-17

О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish yuzasidan о‘tkazilgan tanlovd ...

Batafsil
Ilmiy seminar

Ilmiy seminar ...

2021-11-05

Matematik injiniring kafedrasi tayanch doktorant Begjanov Amirbek Shixnazarovichning “Nonyuton suyuqliklarning quvurlardagi pulsatsion oqimini t ...

Batafsil
Ilmiy seminar

Ilmiy seminar ...

2021-04-02

02.04.2021 kuni Fizika-matematika fakultetida Mexanikaning dolzarb muammolari bo'yicha ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Mavzu: Nave-Sto ...

Batafsil
Munosiblar taqdirlandi

Munosiblar taqdirlandi ...

2021-02-10

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash “Ulug&l ...

Batafsil

Ilmiy faoliyat va ustuvor yo‘nalishlar

      “Algebra va matematik injiniring” kafedrasida bugungi kunda uchta maktab shakillangan bo‘lib, bular suyuqlik va gaz mexanikasi, sochilish nazariyasini to‘g’ri va teskari masalalari va zamonaviy algebraning dolzarb masalalari. kafedra professor o‘qituvchilari va yosh mutaxasislar shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar hamda ajoyib yutuqlarga erishganlar.

Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

•  Reologik murakkab suyuqliklarning tebranma va nostatsionar oqim nazariyasini tadqiq qilish  (Ilmiy rahbar: prof. K.Navro‘zov, A.Begjanov, SH. SHaripova, N. Abdikarimov, L. Akmonova, Q. Xaytboyev…)

•  Nochiziqli tenglamalarni yechish uchun to‘g‘ri va teskari masalalar  (Ilmiy rahbar: prof. G’.Urazbayev, M. Xasanov, I.Baltayeva, D. Saparbayeva….)

• Zamonaviy algebraning dolzarb masalalari (Ilmiy rahbar: dots. B. Yusupov, B.Sultanov, X. Atajanov…)

 

Kafedra hamkorligida bajarilgan ilmiy loyihalar

CCUM (Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering) loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, 2015–2018 yillar davomida amalga oshirilgan. Loyiha koordinatori — Ispaniyaning Santiago de Compostela universiteti.

 

Loyihaning asosiy maqsadi — Qozog‘iston va O‘zbekistonning beshta oliy ta’lim muassasasida Matematik injiniring (Mathematical Engineering) bo‘yicha yangi magistratura dasturini yaratish, kompyuter markazlarini tashkil qilish hamda matematika, matematik modellashtirish va sonli usullar bo‘yicha o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirishdir. Shuningdek, dastur sanoat korxonalari bilan hamkorlikda amaliyot va innovatsion ta’limni kuchaytirishga qaratilgan.

 

Loyihada ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, sanoat ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faoliyatlar amalga oshirilgan.

 

Loyiha davomiyligi: 36 oy (15.10.2015 – 14.10.2018)

Rasmiy sayt: http://eccum.famnit.upr.si/en/

Ilmiy seminarlar

      Kafedrada ikkita ilmiy va uslubiy seminarlar tashkil qilingan “ Mexanikaning dolzarb muammolari ” va ”Zamonaviy matematikaning tadbiqlari “  nomli birlashgan ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi va seminar har xaftada chorshanba va shanba kunlari soat 15:30 va 9:00 da fizika-matematika fakultetida 415 va 513 xonalarda bo‘lib o‘tadi (seminar rahbarlari prof.K.Navrozov va prof.G.Urazbayev)