Shamuratov Jamshidbek Ulug'bek O'g'li ...
2023-05-16https://urdu.uz/user_files/user_50/%C3%90%C2%9D%C3%90%C2%BE%C3%90%C2%B2%C3%90%C2%B0%C3%91%C2%8F%C3%90%C2%9F%C3%90%C2%B0%C3%90%C2%BF%C3%90%C2%BA%C3% ...
Batafsil Ishonch
telefon raqami
Dars
jadvali
Imtihon video
kuzatuvi
Rektor virtual
qabulxonasi
Bo`sh ish
o`rinlari
“Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi 2017 yil mart oyidan Texnika fakulteti tarkibida tashkil etilgan (Kafedra mudiri f-m.f.d. I.Yu.Davletov). Kafedra universitetning texnika va kimyo texnologiya ta‘lim yo‘nalishlariga umumtexnika fanlaridan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Hozirda kafedra asosiy shtatida 23 nafar xodim (jumladan, 1 ta fan doktori, 2 ta fan nomzodlari faoliyat yuritadi, o‘rindoshlik asosida 4 ta fan nomzodlari, soatboy asosda 4 ta fan doktorlari faoliyat olib bormoqda, 2 ta ixtisoslikda 3 nafar doktorant (jumladan, 01.04.11-«Lazer fizikasi» ixtisosligida – 2 nafar, 13.00.02–Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasida-1 nafar), maqsadli doktoronturada 2 ta ixtisoslikda 2 nafar doktorontlar (05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui, ) tahsil olishmoqda. Kafedrada 2021-2022 yillarda 64 ta ilmiy maqola (shundan, «Scopus» va boshqa nufuzli xorijiy ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari jurnallarida – 6 ta, xorijiy jurnallarda – 18 ta; mahalliy jurnallarda 17 ta), 31 ta tezis (shundan, 10 ta xorijiy anjumanlarda), 2 ta elektron darslik, 2 ta electron qo‘llanma, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi, 5 ta patent olindi.
Halqaro hamkorlik. Kafedrada xorijiy muassasalar va mahalliy universitetlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari mavjud. Xorijiy muassasalar Janubiy Koreya respublikasi Kumox milliy texnologiya instituti va Jeju milliy universiteti bilan, mahalliy OTMlardan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti va Samarqand Davlat universitetlari bilan ilmiy ishlar borasida hamkorlik qilinmoqda.
N.Sh.Matyakubov Janubiy Koreyaning Jeju milliy universitetida “Ionli plazma yordamida atmosferadagi azot oksidlari miqdorini aniqlash” yo‘nalishida (PhD) tayanch doktoranturani muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedra o‘qituvchisi Ro‘zumov Sarvarbek Komiljon o‘g‘li 2023 yil yanvar oyidan boshlab, “Southeast university” (Xitoy) universitetida energetika mutaxassisligi bo‘yicha doktoranturada tahsil olmoqda.
2023 yilda Rossiya Federatsiyasining “MEI” milliy tadqiqot universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida Energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro me’morandum imzolandi. Bunga ko‘ra kafedra o‘qituvchisi Matkarimov Sardor Komiljon o‘g`li Rossiya Federatsiyasiga ilmiy stajirovkaga borishi rejalashtirilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari. Begjanov Amirbek Shixnazarovichning 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Nonyuton suyuqliklarning quvurlardagi pulsatsion oqimini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Avezmuratova Zebo Allayarovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hozirgi kunda kafedrada “Lazer fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha 7 ta yosh professor-o‘qituvchi mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Jumladan kafedra dotsenti A.R. Matnazarov “Lazer plazmasi ko‘p zaryadli ionlarni lazerli mass-spektrometriya usuli yordamida tadqiq qilish” mavzusi bo‘yicha doktorlik, kafedra o‘qituvchilari Sh.A. Kadirov Samarqand davlat universiteti “Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasi ilmiy laboratoriyasida “Suyukliklarda termodinamik nobarqaror holatlarining lazer spektroskopiyasi” yo‘nalishida, M.E. Vapayev., A.I. Japaqov., S.K. Atabayev., D.I. Egamberganovlar, O.I.Sobirov TDTU da “Lazer fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha doktoronturada ilmiy izlanish olib bormoqdalar.
Davlat grantlari va loyihalar. 2020 yilda kafedra professor - o‘qituvchilarining 4 nafari halqaro grant sohibi bo‘ldilar. Jumladan, kafedra o‘qituvchisi A. Xasanov Germaniya Volkswagen Fondining SUMRICA loyihasida g‘olib bo‘lib ishtirok qildi. Loyiha Germaniya va O‘rta Osiyo universitetlari bilan hamkorlikda 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy faoliyat turlari: yozgi maktablar, tematik va ma’muriy seminarlar, ilmiy izlanishlar va nashrlar bo‘lib, ular uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
1) Yerdan foydalanish va transport – integratsiyalashgan transportni rejalashtirish;
2) Atrof muxitga zarar keltiradigan harakat;
3) Transport siyosati va moliyaviy masalalar.
Loyiha Germaniyaning Volkswagen Fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyiha doirasida har yili Germaniya, Sloveniya, Qirg‘iziston davlatlarida bo‘lib o‘tadigan loyiha doirasidagi seminarlarda qatnashib kelinmoqda. Kafedradan 2 nafar professor-o‘qituvchi (2018 yilda R.S.Masharipov- “Mashina qismlari va uskunalarini loyihalash” kursi, 2020 yilda f-m.f.d. I.Yu.Davletov –“Elektr injinering va Radiotexnika” kursi) YuNESKO tashabbusi bilan tashkil qilingan UNITWIN OCW / OER (UUOOI) – Koreya davlatining YuNESKO bo‘limi boshqarayotgan grant dasturida g‘olib bo‘ldilar.
2021 yilda kafedra o‘qituvchisi Abdukarimov Xidoyat “Handong global university” universitetining YuNESKO tashabbusi bilan tashkil qilingan UNITWIN OCW / OER (UUOOI) – Koreya davlatining “Elasticity Theory, Energy and Forces” kursi bo‘yicha granti sohibi bo‘ldi
Bu grantning maqsadi sifatli ta‘lim resurslari hamda o‘quv materiallarini hamma uchun ochiq foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Kafedrada hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1. An’anaviy elektr energetika soxasidagi mavjud muammolarni tadqiq qilish;
- elektr tarmoqlarini takomillashtirishda zamonaviy yondashuv;
- elektr qurilmalaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish.
2. Noan’anaviy elektr energetika manbalarini, sun’iy shamolga asoslangan elektr inshoatlarini tadqiq qilish.
3. Plazma xolatida ishlaydigan, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorlarni takomillashtirish.
4. Lazer plazmasi ko‘p zaryadli ionlarini tadqiq qilish.
5. Fizik va texnologik jarayonlarni modellashtirish.
6. Lazer spektroskopiyasi.
7. Nochiziqli optika.
8.Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika va texnika yo‘nalishi bo‘yicha).
Kutilayotgan natija: Korhona tashkilotlardagi va aholi yashaydigan honadonlarda induktiv boglanishga ega bo‘lgan elektr qurilmalarning (transformatorlar, elektr dvigatellari v.b.) reaktiv quvvatini kompensatsiyalash orqali elektr energiya sarfini 7-35% ga tejashga erishiladi.
Kutilayotgan natija: Elektr matorlarni uzib-ulash jarayonida oshib ketadigan elektr energiya isrofi 3 foizgacha iqtisod qilinadi. Motorlarni uzib-ulashda sodir bo‘ladigan mexanik yemrilish jarayoni oldi olinadi.
3. Loyiha nomi: “Platinasiz (to‘siqsiz) mikro GES larni loyihalash va o‘rnatish” (410 mln so‘m).
Kutilayotgan natija: Zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanib mikro GES larni loyihalash va o‘rnatish orqali qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi hamda an’anaviy energiya manbalari tejaladi.
4. Loyiha nomi: “Suv nasos stansiyalari uchun mikro GES larni loyihalash va o‘rnatish” (80 mln so‘m).
Kutilayotgan natija: Zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanib mikro GES larni loyihalash va o‘rnatish orqali qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi hamda an’anaviy energiya manbalari tejaladi.
Hozirgi kunda kafedrada ilmiy-innovasion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-innovatsion loyihalarning umumiy qiymati 1 mlrd 74 mln so‘mni tashkil qiladi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayoniga texnika fakultetida tahsil olayotgan “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishidan 100 nafar talaba hamda EETT magistratura mutaxassisligidan 1 nafar magistr o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarida jalb qilinadi.
Ilmiy-uslubiy ishlar. Kafedrada 2017 yildan boshlab hozirgi kungacha ilmiy- uslubiy seminar “Muxandislik nazariyasi va amaliyoti”, “Umumtexnika fanlarini o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlarida hamda “Lazer fizikasining dolzarb muammolari” mavzularida ilmiy seminarlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning moddiy texnik bazasi. 2021-2022 o‘quv yillarida o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash va talabalar amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kafedraga tegishli o‘quv-laboratoriya xonalarining moddiy texnik bazasini yangilash maqsadida universitetimiz byudjetidan tashqari mablag‘lari hisobidan “Mexanika” va “Elektr texnologiya asoslari” fanidan 526 mln so‘mlik laboratoriya jihozlari sotib olindi. Islom taraqqiyoti banki tomonidan “Hayot faoliti xavfsizligi” fani uchun 120,4 mln so‘mlik zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Texnik mexanika fanidan 359,3 mln so‘m miqdorida zamonaviy laboratoriyalar o‘rnatilgan va tajriba mashg‘ulotlari olib borilmoqda
Ta’lim yo‘nalishlari: Kafedra tarkibida 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 1 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
60710700- Elelktr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik)
60710600-Elektr energetikasi (elektr ta’minoti)
60711000-Muqobil energiya manbalari (shamol energiyasi)
70710603-Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)
Fan olimpiadalari. Bundan tashqari 2017-2023 yillar davomida kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan 2 ta fan olimpiadasi g‘oliblari (Nazariy mexanika (2018), Texnik mexanika (2019) fanlaridan) tayyorlandi. Har yili umumkasbiy fanlar bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida qatnashib, yuqori darajadagi o‘rinlar va yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.
Xamrayev Ogʻabek Oybek oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli davlat stipendiyasi 2022/2023-oʻquv yili tanlovi sohibi. Guvohnoma №_38/1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrugʻiga muvofiq berilgan.
- Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida anʻanaviy ravishda oʻtkaziladigan “Yil talabasi 2022” Respublika tanlovining Urganch davlat universiteti bosqichida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi boʻyicha 1-o‘rinni egallagan.
- Qozogʻistonning Nur-sulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yil talabasi - 2021” xalqaro tanlovida qatnashib, 1-darajali diplom va esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Guvohnoma №160
- 2022-yil may-iyun oylarida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi miqiyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” halqaro tanlovida faol ishtirok etib, o‘zining ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan e’tirof etilib, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining 2022-yil, 5-may kungi 9-sonli buyrugʻiga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Guvohnoma №67
Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2023-yil mart, aprel, may oylarida 3 bosqichda oʻtkazilgan “Mirzo Ulug`bek vorislari” Respublika tanlovining tuman, viloyat, Respublika bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
- 2023-yil 13-yanvar Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Fransiya kabi davlatlarning yetkachi ilmiy markazlari ishtirokida masofaviy tarzda oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy forumda “Eng yaxshi ilmiy maqola” va “Eng innovatsion-ilmiy taklif” bildirgan ishtirokchilar qatoridan joy olib forum doirasida “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan axborot-komunukatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar ishlab chiqilmoqda va yaratilmoqda.
Shamuratov Jamshidbek Ulug'bek O'g'li ...
2023-05-16https://urdu.uz/user_files/user_50/%C3%90%C2%9D%C3%90%C2%BE%C3%90%C2%B2%C3%90%C2%B0%C3%91%C2%8F%C3%90%C2%9F%C3%90%C2%B0%C3%90%C2%BF%C3%90%C2%BA%C3% ...
BatafsilTalabalar Respublika fan olimpiadasi g`olibi ...
2018-05-15Shamuratov Jamshidbek Ulug'bek O'g'li 2018 yilda O'zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida Nazariy mexanika f ...
BatafsilEHM dasturining vazifasi: Oliy taʼlim tizimida taʼlimning samaradorligini oshirishda elektron oʼquv darslikning imkoniyatlari juda katta boʼlib, oʼ ...
Batafsil2021 yil 25-may kuni Texnika fakultetining Fakultetlararo umumtexnika fanlari kafedrasida ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda kafed ...
BatafsilIlmiy amaliy seminar mavzusi "Chizma geometriya fanini o`qitishning zamonaviy usullari".
... BatafsilQuyi Amudaryo mahalliy xom ashyolari asosida oq rangli sement olish imkoniyatlari ...
2021-05-04Klinker-bu asosiy komponent bo'lib, kelajakdagi mustahkam plitaning asosiy yakuniy xususiyatlarini shakllantiradi. M ...
BatafsilTa'limni rivojlantirishning muhim omili va yo‘nalishi talabalarning zamonaviy va istiqbolli axborot te ...
Batafsil06.04.2021y kuni Texnika fakultetining "Fakultetlararo umumtexnika fanlari" kafedrasida ilmiy semenar bo'lib òtdi. Ilmiy ...
Batafsil2020 yil 9 dekabr kuni Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida “O‘zsanoat Qurilish Materiallari” uyushmasi raisi v.b. tex ...
Batafsil1. Zamonaviy muxandislik nazariyasi va amaliyoti
2. Umummuxandislik fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va psxologik asoslari.