Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


“ARXITEKTURA” KAFEDRASI

«Arxitektura» kafedrasi 1992 yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Urganch fakulteti tarkibida «Loyihalash asoslari» nomi bilan tashkil topdi. 
Dastlab kafedrada 15 dan ortiq professor-o’qituvchilardan iborat bo’lib, 7 ta texnika fanlari nomzodlari ilmiy darajasiga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatdi. Kafedra mudiri etib dots. Quryazov Quryoz Otabayevich tayinlangan. 
1993 yilda «Loyihalash asoslari» kafedrasi bazasida yangi «Qurilish konstruktsiyalari va texnologiyasi» kafedrasi ajratib chiqarildi va kafedra mudiri qilib dots. Sabirov Bahtiyor Xamroyevich tayinlandi. 1995 yilda «Loyihalash asoslari» va «Qurilish konstruktsiyalari va texnologiyasi» kafedralari birlashtirilib, ular asosida 2ta mutaxassislik: 
- «Arxitektura» va «Qurilish konstruktsiyalari va texnologiyasi» kafedralari tashkil qilindi. «Arxitektura» kafedrasiga dots. Siddiqov Marat Xalilovich va «Qurilish konstruktsiyalari va texnologiyasi» kafedrasiga dots. Quryazov Quryoz Otabayevich mudir qilib tayinlangan.  Qurilish konstruktsiyalari ishlab chiqarish bo’yicha kadrlar tayyorlashda faoliyat ko’rsatgan. 1996 yilda yuqoridagi «Arxitektura» va «Qurilish konstruktsiyalari va texnologiyasi» kafedralari birlashtirilib, «Qurilish va arxitektura» kafedrasi tashkil qilindi va yangidan kafedra mudiri qilib dots. Quryozov Quryoz Otabayevich  tayinlandi. 1999-2007 yillari t.f.n dots. Raxmanov Bahodir Sobirovich, 2007–2012 yillarda t.f.n Xadjiev Ikrom Matnazarovich, 2013 yilda  arx.f.n. Setmamatov Maqsud Bekturdiyevich, 2013-2019 yillarda  dots. Raxmanov Bahodir Sobirovich, 2019-2020 yillarda arx.f.n. Setmamatov Maqsud Bekturdiyevich rahbarlik qildilar. 2020 yil 02-sentabridan 2 ta mutaxassislikka ajratilib: - «Arxitektura» hamda «Qurilish» kafedralari tashkil qilindi unga dots. Ahmedov Qodir Karimovich va  «Arxitektura» kafedrasiga dots. Setmamatov Maqsud Bekturdiyevich mudir qilib tayinlangan.

Bugungi kunda kafedra tarkibida 23 dan ortiq professor–o’qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Kafedrada «Arxitektura», «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish», «Madaniy me’ros obyektlarini asrash» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Qabul kvotalariga qo’shimcha 2020-2021 o’quv yilidan boshlab «Arxitektura» yo’nalishi rusizabon guruhiga 25 tadan talabalar qabul qilinmoqda. Undan tashqari, Belorussiya milliy texnika universiteti bilan 2+2,5   qo’shma dasturi asosida «Arxitektura» yo’nalishi rusizabon  guruhiga talabalar qabul qilinib bugungi kunda Arxitektura yo’nalishi  13 ta talabasi 4 kursda, 3 ta talaba 3 kursda  o’qishini davom qildirishmoqda.

2021 o’quv yilidan “Bino va inshootlar” mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga 17 ta qabul kvotalari asosida mutaxassislar qabul dilindi va barchasi a’lo va yaxshi baholarga himoya qilishdi. 

Hozirgi kunda kafеdrada “O’zbekiston shaharlari bosh ko’chalari me’moriy – rejaviy tashkillashtirishni takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, “O‘zbekistonning tarixiy shaharlari qishloq joylarida turar joy binolarini loyihalashda quyosh energiyasidan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq qilish va loyihaviy taklif berish”, “O‘zbekiston sharoitida innovatsion bino va inshootlarni shakllantirishning asosiy tamoyillari”, “Ichon qal’a arxitekturasi va ularni saqlash yo’llarini takomillashtirish”, "O’zbekiston tarixiy shaharlari an’anaviy turar joylari genezisi (Xorazm voloyati misolida)" yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar qilinmoqda.

“Arxitektura” kafedrasi TAQI, SamDAQI va Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Malayziya alqari islom universiteti, Astraxan davlat universiteti, Belorussiya Milliy Texnika universiteti  bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Belorussiya Milliy Texnika universiteti  bilan ilmiy hamkorlikda kafedra o’qituvchisi Sh.Abdullayeva  2023 yil fevralidan Ulug’bek jamg’armasi 3 yillik granti asosida BNTU professor o’qituvchisi V.V.Vashkeevich rahbarligida doctoranturaga (PhD) qabul qilinib  ilmiy ish olib bormoqda.

Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi (Deutsches Fachwerkzentrum Quedlinburg) madaniy binolarni haqiqiyligini saqlab qolish AQSh va Germaniya o'rtasidagi qo'shma loyihasi” bo’yicha bo‘yicha 2023 yil 18-sentabrdan 28- sentabrgacha 5 ta mutaxassislar  tashrif buyurib ushbu tashrif doirasida “1000 yillik tarixga ega Xiva shahridagi Juma masjidni restavratsiya qilish O‘zbekiston va  Germaniya  xalqaro amaliy loyihasi”  asosida amaliy ishlarda kafedraning 2 ta professor o’qituvchisi va 12 ta talabalari ta’mirlash ishlarida qatnashib tajriba almashdilar.

2023-yil 23-sentabrdan 1- oktabrigacha  Malayziya xalqaro islom universitetining 33 nafar professorlari va talabalarining O'zbekistonning madaniy merosini o'rganish, betakror arxitektura namunalarini tadqiq qilish, turizm tarmog'ini kengaytirish va targ'ib etish yo'nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama etish bo'yicha tashrif buyurishdi.  Ushbu guruhga kafedra professor o’qituvchilari va talabalari Xiva ichon qal’a muzey qo’riqxonasi tarkibidagi Juma  masjidni o’lchash va 3-D modeli loyihasini yaratish ishlarida faol ishtirok etishdi.

“Me’morchilikdagi dolzarb masalalar” mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminar va                                               “Arxitektura fanlarini o`qitishning zamonaviy muammolari” nomli ilmiy-metodik seminar dotsent M.B.Setmamatov  rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada iqtidorli talabalarning “Yosh me’morlar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedramiz talabalari tomonidan ko‘plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Xususan, Ermatov G‘ulomjon Evrosiyo Tadqiqot instituti  D.I.Mendeleyev nomli stipendiya sovrindori (2008 y.), Ro‘ziev Gamzat (2004 y.), Ermatov G‘ulomjon (2006 y.), Jumaniyozov Mansur (2007 y.), Nurmetov Umid (2009 y.) Aminbayeva Malika (2021 y), Rahimov Elbek (2022) Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi g‘oliblari, Rahmonov Temur (2010 y.),  Masharipova Husnibonu (2011,2012 yy.), Vapaev Xushnud  (2013, 2014 yy.) Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin sohibi,  Atamuratov SHoxrux (2015, 2016 yy.) 2-3-o‘rin sohibi, Ro‘zmetov Asad (2018 y) 3-o‘rin sohibi, Atabaev SHoxzod (2019 y) 2-o‘rin sohibi, Karimov Islom (2020 y.) Ametov Fozil (2020 y.) 1-o‘rin sohibi bolishdilar.  Ametov Fozil (2021 y.) 3-o‘rin sohibi bolishdilar.  2015 yil Matchanov O‘razmat va Rajapov SHerzod “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar Respublika tanlovi g‘olibi, 2016 yil Abdullayev Bunyod Yosh olimlar, magistr va talabalar “Innovatsion g‘oyalar” Respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘lishga erishdilar. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi ko‘rgazmalar zalida “Qalb nolasi” nomli shaxsiy ijodiy ko‘rgazmasi Abduraxmonova SHohista faol ishtirok etib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oltin medal bilan taqdirlandi (2019 y.) “O‘zbekiston bahori” ijod festivalida Usmanov Jo‘rabek (2019 y.) 3-o‘rin sohibi, “Yangi asr iste’dodlari” Respublika tanlovida Aminbayeva Malika (2019 y.) Rajabov Daston (2019 y.) Xudayberganov Ixtiyor (2019 y.) 3-o‘rin sohibi bolishgan.  Respublika fan olimpiadasi “Landshaft va inter’er dizayni” fanidan Karimov Islom (2021 y) 1-o’rin, Respublika fan olimpiadasi “Arxitekturaviy loyihalash” fanidan Amatov Fozilbek (2021 y) 3-o’rin sohibi bolishgan. Yangi asr iste’dodlari Respublika tanlovi “Eng yahshi innavatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari” nominatsiyasi bo’yicha Raximov Elbek (2021 y) 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. Mirzo Ulug’bek vorislari Respublika bosqichining “Eng faol ishtirokchi” naminatsiyasi g’olibi Raximov Elbek (2023 y), Slovakiya Respublikasining davlat byudjeti va Evropa Ittifoqidan - NextGenerationEU doirasida Investitsiyalar boʻyicha: “Oʻquv muhitini xalqarolashtirishni qoʻllab-quvvatlash” komponenti: Slovakiya Respublikasining tiklanish va barqarorlik rejasining "Iste'dodlarni jalb qilish va saqlab qolish“ granti g’olibi Raximov Elbek (2023 y) bugungi kunda 6 oylik mobillik  asosida o’qishini Slovakiya Respublikasida davom qildirmoqda. O’z.Resp.OvaOMTV “Yangi O’zbekiston: Ilm qaldirg’ochlari-2022” 1-Respublika ko’rik tanlovida “Sanoat chiqindilari asosida yaratilgan eng yaxshi qurilish materiallari va konstruksiyalari” nominatsiyasi 1-o’rin g’libi

Kafedra professori Baydjanov Ibodulla Samandarovich tomonidan quyidagi electron o’quv qo’llanmalar tayyorlanib internet saytiga (https://youtu.be/Vqjdw2hLvow) joylashtirilgan: Mulohaza: SHahar nazariyasi, Aholi punktlari va jamoat markazlarini me’moriy rejalashtirish, Arxitektura nazariyasi 1-2-qism, MULOHAZA: iqtisodiy urbanizatsiya, Chet-el zamonaviy arxitekturasi, Arxitekturaviy loyihalashning ijtimoiy asoslari, Ergononomika asoslari (inson-mashina-muhit), SHahar muhitida innovatsion binolarni shakllantirish asoslari va boshqalar.

Kafedra dotsenti Sh.Xo’janiyazov tomonidan 2023 yil “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanining “Perspektiva” bo’limidan electron darslik va Qalamtasvir fanidan o’quv qo’llanma chop etildi.

Arxitektura kafedrasi bilan Malayziya xalqaro islom universitetining professorlari  ishtirokidagi Xiva shahrining ichanqal'a yodgorliklarini o'lchash

Arxitektura kafedrasi bilan Malayziya xalqaro islom universitetining professorlari ishtirokidagi Xiva shahrining ichanqal'a yodgorliklarini o'lchash ...

2023-09-30

Arxitektura kafedrasi bilan hamkorlik borasida 2023-yil 23-sentabrdan 1- oktabrigacha  Malayziya xalqaro islom universitetining 33 nafar profe ...

Batafsil
Arxitektura kafedrasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi va “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi  bilan hamkorlikdagi Xiva shahridagi Juma masjidni re

Arxitektura kafedrasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi va “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi bilan hamkorlikdagi Xiva shahridagi Juma masjidni re ...

2023-09-18

Arxitektura kafedrasi Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi (Deutsches Fa ...

Batafsil
Arxitektura kafedrasi bilan Belorussiya milliy texnika universiteti o‘rtasida xamkorlik

Arxitektura kafedrasi bilan Belorussiya milliy texnika universiteti o‘rtasida xamkorlik ...

2023-09-11

Arxitektura kafedrasi bilan Belorussiya milliy texnika universiteti o‘rtasida xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko&lsquo ...

Batafsil

"Yangi iste'dodlar - 2022" ...

2022-05-27

  Texnika fakulteti 2- kurs  “Arxitektura” yo’nalishi  talabasi   Raximov Elbek Raximovich “Y ...

Batafsil
Besh tashabbus olimpiadasi

Besh tashabbus olimpiadasi ...

2022-06-06

Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan  “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi  ...

Batafsil
olimpiada

olimpiada ...

2021-01-25

"Архитектура" кафедраси ўқитувчиси Кариева Назокат раҳбарлигида Республика онлайн олимпиадасида 171 архитектура гурухи талабаси Каримов И ...

Batafsil
Sayyor darslar

Sayyor darslar ...

2021-12-06

...

Batafsil
Sayyor darslar

Sayyor darslar ...

2022-01-12

182- Qhalte guruhiga Kaf.dotsenti M.Setmamatov va kaf.òqit. X.Madirimovlar boshchiligida SHBIAL fanidan Xiva Prezident maktabiga sayyor dars ...

Batafsil
Sayyor darslar

Sayyor darslar ...

2021-12-02

 191- Qhalte guruhiga ShBIAL fanidan kaf.òqituvchilari I.Ibodullayev va X.Madirimovlar Urg.shahrida yangi qurilayotgan Kam qavatli tura ...

Batafsil
Arxitektura

Arxitektura ...

2021-07-05

Arxitektura (o'zbek guruhi)

...

Batafsil

.