Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


 

GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR KAFEDRASI TARIXI

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasiga “Geografiya” kafedrasi tarkibida asos solingan. 2011-2020 yillarda kafedraga g.f.n., dotsent Avezov Sattarbergan rahbarlik qildi. Bu davrda kafedra ilmiy salohiyati orta borishi bilan birga kafedrada yangi yoʻnalish, Geografiya va geodeziya, kartografiya mutaxassisliklari boʻyicha magistraturaga, tayanch doktoranturaga qabul boshlandi, kafedra zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi, kafedra tarkibi sezilarli darajada kengaydi.

Kafedraga zamonaviy texnologiyalar asosidagi geodezik asboblar va jihozlarning olib kelinishi natijasida kartografik ishlarni bajarishga keng imkoniyatlar yaratildi. 2013-yildan boshlab, kafedra Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan «Kartografik ishlar» boʻyicha litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Kafedrada 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab, viloyat uchun yangi boʻlgan 5311500-“Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2015-yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi deb qayta nomlandi.

2023-2024 oʻquv yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi negizida “Geografiya” va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi tashkil qilinib, kafedra mudiri lavozimiga g.f.n. dots. S.A.Avezov tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada 20 ga yaqin professor–oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Ana shu davrdan boshlab kafedra jamoasi “Geodezik, kartografik va geofazoviy texnologiyalar asosida Quyi Amudaryo mintaqasi resurslaridan samarali foydalanish hamda boshqarish masalalari” ilmiy mavzusi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu mavzu doirasida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan Yildan-yilga kafedra a’zolarining ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanib, ilmiy salohiyat sezilarli darajada orta bordi. 2024-2025 yillarda geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida kafedra oʻqituvchisi Gulimmatov Ikrom Baxtiyarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent, Avezov Sattarbergan Atabaevich rahbarligida “Xorazm viloyati aholi manzilgohlarini tadiq qilishda zamonaviy metodlardan foydalanish” mavzusida (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025-yil 11.00.06 Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi boʻyicha geografiya fanlari boʻyicha doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida kafedra dotsenti Murodjon Sultanov Qilichovich Ilmiy maslaxatchi prof. E.Safarov rahbarligida “Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini geoinformatsion algoritmlar, aerokosmik va kartografik uslublarda modellashtirishning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida (DSc) dissertatsiyalarini hamda Qalandarov Umarbek Samandarovich 11.00.06 Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi boʻyicha geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida Sholi ekin dalalarini oqilona joylashtirishda zamonaviy kartografik-geodezik metodlardan foydalanish (Xorazm viloyati misolida)mavzusida (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Bundan tashqari kafedra dotsenti M.J.Matchanov prof. A.Nigmatov rahbarligida “Geofazoviy texnologiyalar asosida Xorazm vohasi ekologik xavfsizligini tabiiy geografik baholash (O’zbekiston qismi misolida)” mavzusida g.f.d (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedrada 2024 yil 26-27-oktyabrda “Zamonaviy geografiya: innovatsion rivojlanishning ilmiy-uslubiy asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Kafedrada ilmiy va oʻquv grantlari loyihalarin yozish, xoʻjalik shartnomalari tuzib ishlash va yirik fundamental hamda innovatsion loyihalar ustida ishlari ham kuchaya bordi.

Bugungi kunda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ilmiy-texnik loyihalar, fundamental va amaliy innovatsion loyihalar doirasida quyidagi tadqiqot ishlari olib borildi va bugungi kunda ham davom qildirilmoqda.

Kafedrada Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi boʻyicha “Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish: tabiiy ofatlar salbiy taʼsirini fazoviy tadqiqotlar orqali yumshatish” mavzusidagi, 2017-2021 yillarni oʻz ichiga oluvchi, umumiy qiymati 911 576, 80 yevro boʻlgan loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha doirasida Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari Shvetsiya, Portugaliya, Gretsiya, Litva nufuzli universitetlarining professor oʻqituvchilari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Kafedra dotsenti M. Sultanov Between Europe and the Orient – A Focus on Research and Higher Education in/on Central Asia and the Caucasus ilmiy loyihasida “Environment, natural resources, and renewable energies – Interdisciplinary transboundary research on human-environmental interactions” yoʻnalishidagi postdokturantura boʻyicha “Optimization of Crop Modeling using synthetic high-resolution time series (OPCM)” mavzusida Galle shahridagi Martin Luther University Halle-Wittenberg universiteti “Geoekologiya kafedrasi” bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Toʻplangan natijalar va davr talabidan kelib chiqqan holda xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida, xalqaro konferentsiyalarda maqolalar chop qilish, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Veb kartografiya”, “ Electron vega TEO-5B teodalitida burchak va masofa oʻlchash ishlarini bajarish”, “Xorazm vohasida ekologik xavfsizliknita’minlash boʻyicha Tavsiyanoma” “Interaktiv kartada belgi va geometric shakllar bilan ishlash” mavzusini o’qitishda Geojson qatlamlaridan foydalanish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar chop qilindi. Shuningdek, keyingi davrlarda M.Q.Sultonov, E.Y.Safarov, S.A.Avezov, T.R.Matqurbonov tomonidan “ Xorazm viloyati tuproqlari shoʻrlanishini tadqiq qilishning zamonaviy geografik metodlari” nomli monografiya chop qilindi.

Bugungi kunga kelib, kafedrada 3 ta 60722500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 70721501 – “Geodeziya va geoinformatika” va 60721700 – Kadastr bakalavriat taʼlim yoʻnalishilari boʻyicha kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu taʼlim yoʻnalishlari kunduzgi boʻlimida 250 dan ortiq, sirtqi boʻlimida esa 300 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 70722502 –Geodeziya va kartografiya magistratura mutaxassisligi boʻyicha 2020 oʻquv yilidan boshlab, talabalar qabul qilinib bugungi kunga kelib 20 dan ortiq mutaxasislani tayyorlandi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, yaʼni tayanch doktoranturaning (PhD) hamda doktorantura (DSc) kafedra negizida tashkil etilgan boʻlib, ushbu ixtisosliklarda doktorant va mustaqil tadqiqotchilar Geodeziya, kartografiya sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirgi kunda kafedradaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirib oʻzlarining doktorlik (PhD va DSc) dissertatsiya ishlarini himoya qilish arafasida. Doktorantlar A.Adambayev va G.Raximovalar doktorlik dissertatsiyasi ishi boʻyicha tayanch doktoranturada (PhD) ilmiy-tadqiqot ishini davom qildirmoqda.

Kafedrada oʻquv metodik ishlar ham keng miqyosda olib borilmoqda. Professor oʻqituvchilar tomonidan Kartashunoslik, Geodeziya GAT, Fotogrammetriya va yerni masofadan zondlash kabi fanlardan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar hamda amaliy-laboratoriya ishlanmalari tayyorlanib nashr qilingan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, kafedrada faoliyat yuritayotgan yetuk olimlar tomonidan globallashuv sharotida, Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash va ular bandligini taʼminlash jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, fanning geodeziya, kartografiya va kadastr yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini izchil davom qildirmoqdalar.

 

Doktorant Adambayev Alisher va magistrantlar ishtirokida Toshsaqa kanali bo‘yi hududida geodezik o‘lchash ishlari

Doktorant Adambayev Alisher va magistrantlar ishtirokida Toshsaqa kanali bo‘yi hududida geodezik o‘lchash ishlari ...

2025-12-13

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori, geografiya fanla ...

Batafsil
Texnika fakulteti olimlari Malayziyada

Texnika fakulteti olimlari Malayziyada ...

2025-12-10

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti olimlari Malayziyada bo‘lib, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiri ...

Batafsil
Xitoy oliygohlari bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi

Xitoy oliygohlari bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi ...

2024-09-26

Joriy yilning 25-iyun kuni Xitoyning Lanzhou Jiatong universiteti vitse prezidenti Haowen Yan, Xalqaro hamkorlik va almashinuv boshqarmasi direktor ...

Batafsil
“ZAMONAVIY GEOGRAFIYA: INNOVATSION RIVOJLANISHINING  ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

“ZAMONAVIY GEOGRAFIYA: INNOVATSION RIVOJLANISHINING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN ...

2023-10-27

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAK ...

Batafsil
Erasmus+ ICM  KA-171 loyhasi e'loni !

Erasmus+ ICM KA-171 loyhasi e'loni ! ...

2023-10-01

Malaga universiteti (UMA) va Urganch davlat universiteti o'rtasidagi institutlararo kelishuvga ko'ra, Ispaniyaning Malaga universitetida o& ...

Batafsil

Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasining 2025–2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan ilmiy ishlari ro‘yxati

 

Chop qilingan maqola va tezislar nomi

Hajmi

Jurnal / To‘plam (yil, son, betlar)

Hammualliflar

1

Shaharlar atmosferasi havosi ifloslanishini o‘rganishning ahamiyati

10 bet

“Ekonomika i sotsium” №10(137), 2025

S.X. Davlatova, U.S. Qalandarov

2

Geofazoviy texnologiyalar asosida qurg‘oqchilik sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona tashkil qilish masalalari

5 bet

“O‘zbekiston zamini”, 4/2025

U.S. Qalandarov, R.R. Jumabaev

3

Advantages of representing geographic objects with icons on an interactive map (Shovot district)

14 bet

Evraziya iqtisodiy-geograflari kongressi materiallari, 2025, Osh–Bishkek

Matchanov Otabek Jumanazarovich

4

Xorazm vohasi atmosferasi havosi tarkibi davriy o‘zgarishining geofazoviy tahlili

10 bet

“Ekonomika i sotsium” №10(136), 2025

Matchanov Otabek J., Baxtiyorova M.

5

Gurlan tumani aholisi manzilgohlari hududiy o‘zgarishining kartografik tahlili

12 bet

“Geodeziya, kartografiya, geoinformatika” №3, 2025

Gulimmatov Ikrom Baxtiyorovich

6

Aholi manzilgohlarini klassifikatsiyaga ajratish masalalari (Xorazm viloyati misolida)

9 bet

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Avezov S.A., Gulimmatov I.B., Normetov S.M.

7

Urganch shahri atrofidagi Amudaryo sohil zonasining geodezik tayanch tarmoqlarini o‘rganish

5 bet

“Geodeziya, kartografiya va geoinformatika” 1/2025, 193–198-betlar

Mirmakhmudov E.R., Adambayev A.R.

8

Geometrik nivellash asosida “Tuyamo‘yin” gidrologik stansiyasi nuqtalari orasidagi nisbiy balandlik farqlari

6 bet

“O‘zbekiston zamini” 3/2025, 16–22-betlar

Mirmakhmudov E.R., Adambayev A.R., Allanazarov D.

9

Gidrologik stansiya koordinatalari aniqligini GNSS o‘lchashlar asosida baholash

7 bet

“Geodeziya, kartografiya va geoinformatika” 3/2025, 42–49-betlar

Mirmakhmudov E.R., Adambayev A.R., Avezov S.A.

10

Geometrik nivellash asosida “Tuyamo‘yin” gidrologik stansiyasi nuqtalari orasidagi nisbiy balandlik farqlari

7 bet

“O‘zbekiston zamini” 3/2025

Mirmakhmudov E.R., Adambayev A.R., Allanazarov D.

11

Geoaxborot tizimda algoritmlash (o‘quv qo‘llanma)

284 bet

O‘quv qo‘llanma, 2025

M.Q. Sultanov, F. Schulze, R.A. Ismoilov, E. Xamrayev, D.Ya. Allanazarov

12

Geoinformatsion texnologiyalar asosida gidrografik tarmoqning raqamli modeli

10 bet

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 21–22 okt. 2025

Avezov S., Allanazarov D., Baxtiyorova M., Yovbasarov B.