Tarix kafedrasi tarixidan
Ijtimoiy fanlar Xorazm o‘qituvchilar instituti davridayoq ta’lim amaliyotiga kiritilgan. 1944- yil falsafa, siyosiy iqtisod, partiya tarixi fanlari birlashgan ijtimoiy fanlar kafedrasi tashkil qilindi.
1960-1970 yillarda kafedra Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev oliygohlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlar hisobiga kengaydi. Fan nomzodi, dotsentlardan N.Qalandarov, M.Matniyozov, A.Sotliqov, K.Abdullaev, A.Xayitboev, X.Sapaev, F.Madraximov, A.Sobirovlar yoshlarga ijtimoiy fanlarni o‘qitishda alohida fidoiylik ko‘rsatdilar. 1991 yildan Urganch Davlat universitetida ijtimoiy gumanitar soha mutaxassislarini tayyorlovchi fakultet tashkil qilindi. Fakultet dastlab "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" fakulteti, keyinchalik "Filologiya va tarix" fakulteti, 2003 yildan "Tarix va huquq" fakulteti nomlari bilan yuritilgan. 2006 yildan, "Tarix" fakulteti deb yuritila boshlandi. Fakultet tarkibida dastlab ikkita kafedra: "Umumiy tarix" va "O‘zbekiston tarixi" kafedralari tashkil qilindi. "Umumiy tarix" kafedrasiga 1991-1998 yillar davomida dotsent Safarboy Navruzov rahbarlik qildi. Kafedra 1994 yildan "Jahon tarixi" kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga 1998 - 2002 yillar professor Matyoqub Matniyozov, 2003-2005 yillar t.f.n.,dots. Mamlakat Jumaniyozova, 2006-2009 yillar t.f.n. Qudrat Masharipov, 2009-2013 yillar dotsent O‘tkir Abdullaev, 2013-2016 yillar t.f.n. Temur Abdullaev, 2016 yildan t.f.d., dos. O‘tkir Abdullaev rahbarlik qilib kelmoqda.
2005 yilning 30 avgustida «Jahon tarixi» va «O‘zbekiston tarixi» kafedralari birlashtirilib, "Tarix" kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedra professor- o‘qituvchilari Prezident asarlari, Oliy Majlis faoliyatiga, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, xalqaro munosabatlariga doir materiallarni viloyat aholisi va talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot qilishda faol ishtirok etmoqdalar. Umumiy tarix mutaxassisligi bo‘yicha tashkil qilingan magistratura 2000-2009, 2011 yildan bugungi kungacha 200 ga yakin magistrantlar tayyorladi.
2016 yildan buyon t.f.d., professor O‘tkir Abdullaev kafedraga mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra tarkibida jami 41 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan, 3 nafar professor, 1 nafar fan doktori, 17 nafari fan nomzodi hamda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Ozod Masharipov – 22 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 32 ta risola, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, nomzodlik dissertatsiyasi “O‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtalrida yoshlarni kommunistik ruhda tarbiyalashda O‘zbekiston kommunistlarining faoliyati (1959 – 1965 yillarda)” mavzusida, doktorlik ishini “Mehnatkashlarning moddiy mehnatlarini muhofaza qilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalrining faoliyati (1970 – 1991 yillarda)” mavzusida himoya qilgan bo‘lib, 1992 yildan professor, 2005 yilda akademik sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sobirov Qurbonboy – 07-00-06 “Arxeologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Oboronitelnie soorujeniye drevnix poseleniy i gorodov Sredney Azii (VI tisyachi let do n.e. – IV vek n.e.)” (1979 yil Moskva davlat universitetida himoya qilgan)
Navruzov Saparboy - 07-00-09 “Tarixshunoslik va manbashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Sotsialno-ekonomicheskaya i kulturnaya jizn Xivinskogo xanstva v istoricheskoy i istoriko geograficheskoy literature (kones XIX – nachala XX vv.)” (1991 yilda himoya qilgan)
Jumaniyozova Mamlakat - 07.00.07 - "Etnologiya" ixtisosligi bo‘yicha "XIX asr oxiri va XX asr boshlarida “Xorazm vohasi aholisining etnik tarkibi va uning moddiy madaniyatiga xos xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (1998 yilda himoya qilingan).
Davletov Sanjar - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ekologik vaziyat va uning ijtimoiy muammolari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2003 yilda himoya qilingan).
Masharipov Qudrat - 07.00.06 - "Arxeologiya" ixtisosligi bo‘yicha "Xorazmning O‘rta Sharq va Yevropa davlatlar savdo markazlari bilan tarixiy aloqalari (X-XI)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2004 yilda himoya qilingan).
Abdullaev Utkir - 07.00.09 - "Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot usullari" ixtisosligi bo‘yicha "O‘rta Osiyoda qadimgi boshqaruv tizimi va ilk davlatchilik tarixshunosligi (XX-XXI asr boshlari)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2008 yilda himoya qilingan).
Davletov Sanjar - 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshida O‘zbekistondagi ekologik vaziyat va uning ijtimoiy muammolari” mavzusidagi dissertatsiya fan doktor(DSc)lik ishini himoya qildi.(2018 yil)
Abdullayev Utkir - 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘rta Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi va ilk davlatchilik tarixi” mavzusidagi fan doktor(DSc)lik ishini himoya qildi.(2019 yil)
Masharipov Qudrat - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Jaloliddin Manguberdining jahon siyosiy va harbiy tarixidagi o‘rni” mavzusidagi fan doktor(DSc)lik ishini himoya qildi.(2022 yil)
Matyoqubova Muborak - 07.00.02. - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Xiva xonligidagi kitobat va kutubxona tarixi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2008 yilda himoya qilingan).
Raxmonova Yulduz - 07.00.02. -"O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "Xiva shahrining XVI-XX asr boshlaridagi ijtimoiy - siyosiy hayoti: an’ana va o‘zgarishlar" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2009 yilda himoya qilingan).
Shixov Otabek - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "Mustaqillik sharoitida Quyi Amudaryo hududidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2011 yilda himoya qilingan).
Nurullaeva Shoira - 07.00.07 - "Etnografiya, etnologiya va antropologiya" ixtisosligi bo‘yicha "Xorazm vohasi o‘zbeklari an’anaviy kiyimlari (XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmi)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (2012 yilda himoya qilingan).
Matyoqubov Hamdam – 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm vohasi bronza va ilk temir davri tarixi (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy munnosabatlar) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (PhD) (2018 yilda himoya qilgan).
Allaberganov Sherali - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi tarixi(1991-2018)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2020 yilda himoya qilgan).
Karimov Yashin - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rni (qadimgi davr va o‘rta asrlar Amudaryo va Sirdaryo misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2020 yilda himoya qilgan).
Atayeva Dilfuza - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm viloyati xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rni (1991 – 2018 yillar)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2021 yilda himoya qilgan).
Saparbayev Bunyod - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi tarixi (1806-1825-yy.) " mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2021 yilda himoya qilgan).
Anyozov Ruslan - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy Osiyo karvon yo‘llari infratuzilmalari va xizmat ko‘rsatish sohalari (XIV – XIX asrlar Xorazm vohasi misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2022 yilda himoya qilgan).
Jumaniyozov Bekzod - 07.00.01. "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanish va rivojlanish tarixi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2022 yilda himoya qilgan).
Yusupov Axmedjon - 07.00.01 - "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Orolbo‘yi ilk sak qabilalari tarixi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2022 yilda himoya qilgan).
Qurbanov Muzaffar Ataxanovich - 07.00.01. "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm qishloq jamoalari tarixi (ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar, mil.avv. VI - milodiy IV asrlar)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2023 yilda himoya qilgan).
Yusupov Shokir Xayitbovich- 07.00.01. "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligi bo‘yicha “Amir Temur va temuriylar davrida Xorazmdagi tarixiy-madaniy jarayonlar (XIV–XV asrlar)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi(PhD) (2023 yilda himoya qilgan).
Tarix kafedrasining ilmiy yo‘nalishi: "Jahon san’ati va madaniyatida Xorazm" mavzusi ilmiy yo‘nalishi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 2008-2010 yillar mobaynida katta o‘qituvchisi, t.f.n. M.Jumaniyozova rahbarligida Germaniya bilan hamkorlikda “Tarix va o‘zlikni anglash" mavzusida xalqaro loyiha, 2010 - 2011 yillarda dotsent t.f.n. O‘.Abdullaev rahbarligida YOF-8-10 "Xorazm davlatchiligining shakllanishida shahar madaniyatining o‘rni va roli (arxaik va antik davrlar)" mavzusida loyiha, 2011-2013 yillarda t.f.n., dos. Sanjar Davletov rahbarligida AE1 - FA-O-34706 "Xorazm viloyati aholisining ekologik madaniyatini oshirish orqali ekologik vaziyatni yaxshilash" mavzusida grant loyiha (hajmi 19.632.000 ming so‘m), 2012-2017 yillarda t.f.n., dos. Temur Abdullaev rahbarligida F1-FA-O-16549 "Xorazm tarixi" I-II tom. Fundamental loyiha (yiliga 70.807. 000 ming so‘m).
2014-2015 yillarda dos. T.Abdullaeuv rahbarligida I1 - FA-0- 14599 "Hazorasp - Xumbuztepa arxeologiya yodgorligini agressiv ta’sirlardan himoya qilish va turistik marshrutga kiritish" mavzusidagi (hajmi 110 000 000 so‘m), dots. Sh.Nurullaeva rahbarligida"Xorazm an’anaviy kiyim va taqinchoqlari" mavzusidagi innovatsion loyihasi 10 000 000 so‘m, M.Jumaniyozova rahbarligida "Xorazm an’anaviy taomlari assortimentlarini ko‘paytirish orqali vohada turizmni rivojlantirish" mavzusidagi loyihasi 10 000 000 so‘m, Yu.Raxmanova rahbarligida "Xiva madaniy meros an’analari va zamonaviylik" mavzusidagi loyiha 15 000 000 so‘m, M.Jumaniyozova rahbarligida "Etno- Xorazm" jurnalini nashr qilish shartnomasi 15 000 000 so‘mlik innovatsion loyihalari ustida ish olib borilgan.
“Xorazm tarixi va madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilish o‘quv-ilmiy laboratoriyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2019 yil 14 yanvar 40-buyrug‘ining “O‘zbekiston tarixini o‘rganishning samarali tashkil etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning 44-bandiga asosan universitetda 2019 yil 1 oktyabrda “Xorazm tarixi va madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilish o‘quv-ilmiy laboratoriyasi” tashkil etildi. Laboratoriyaga 60 nafardan ortiq talaba, 20 nafar magistr, 5 nafar doktorant, 120 nafardan ortiq ilmiy darajali va katta o‘qituvchilar jalb qilingan. Laboratoriyada Xorazm davlatining eng qadimgi davridan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi o‘rganilib maqola, prezentatsiyalar, internet saytlariga joylangan.
“Tarix” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 580 nafar talaba sirtqi talim yo‘nalishida, 60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)- 695 nafar talaba kunduzgi, 60220400-Arxeologiya (kunduzgi)-58 nafar talaba, 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va mamlalatlar bo‘yicha) - 25 nafar, 70220303-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha)-18 nafar, 70220401-Arxeologiya - 7 nafar magistrlar tayyorlanmoqda.
2006 yili dos. Q.Sobirov va t.f.n. G.Husayinbekovalar “Qadimgi Sharq tarixi” nomli uslubiy qo‘llanma chop qilishdi. 2012 yili dots.M.M.Matyakubova “O‘zbek davlatchiligi tarixi” o‘quv uslubiy qo‘llanmasini, 2013 yilda T.Abdullayev va N.Abdullayevalarning “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar)” o‘quv uslubiy qo‘llanmasi UrDU noshirlik bo‘limi tomonidan, dos.Q.Sobirov, dots.Sh.Nurullaeva va J.Matchanov “Ibtidoiy jamiyat” UrDU noshirlik bo‘limi tomonidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini 2014 yil, ushbu yili t.f.n.S.Matkarimova “Fan va texnika tarixi” nomli uslubiy qo‘llanma, dos.M.Jumaniyazova “Etnografik dala amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha dastur va uslubiy tavsiyalar” uslubiy qo‘llanmasini 2015 yilda, kafedra dotsenti Q.Sobirov va M.Qurbanov 2017 yil UrDU noshirlik bo‘limi tomonidan “Xorazm qishloq jamoalarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi” nomli risola, 2018 yili dos.S.Matkarimova va N.Matkarimovalar “Bitiruv malakaviy ish va uni tayyorlash”, 2019 yilda U.Abdulleav va F.Tojiyevaning “Arxivshunoslik” uslubiy qo‘llanmasi UrDU noshirlik bo‘limi tomonidan nashr qilindi, 2020 yilda Dilfuza Atayevaning “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” uslubiy qo‘llanmasi Xorazm Ma’mun Akademiyasining noshirlik bo‘limi tomonidan chop etildi. 2021 yilda dos.S.Matkarimova “Etnografik dala amaliyoti metodlari. Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish tartiblari” nomli uslubiy qo‘llanmasi, 2022 yilda Hamdam Matyoqubov, Umid Abdalov va Dilfuza Atayeva tomonidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi “Durdona” nashriyotida, nashr qilishdi.
2012 yili dos.M.M.Matyakubova “Xiva xonligida kitobat va kutubxona tarixi” monografiyasi, 2015 yil Jumaniyozova Mamlakat «Xonka tarixi», 2016 yil Abidova Zaynab “Xorazmning muqaddas qadamjolari”, 2016 yili Matkarimova Sadokatning «Xiva xonligining qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixshunosligi» monografiyasi, mazkur yilda Abdullayev timurning “XII-XV asrlarda Xorazm hunarmandchiligi” monografiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo‘limi tomonidan chop qilindi, 2017 yil Matyaqubov Xamdam Xamidjonovich “Xorazm vohasi bronza asri va ilk temir davri tarixi”, 2019 yilda U.Abdullayevning “O‘rta Osiyoda ibtidoiy va jamoa tuzumi va ilk davlvatchilik tarixi” monografiyasi “Lesson Press” nashriyotida nashr qilindi, mazkur yilda “Bronza va ilk temir davri yodgorliklarining geografiyasi va kartografiyasi” “Turon-Iqbol” nashriyoti tomonidan, 2020 yilda esa “Markaziy Osiyoda tarixiy-madaniy viloyatlarning shakllanishi va etnik geografiyasi muammolari” monografiyasi “Universitet” nashriyoti tomonidan chop qilindi. 2020 yilda S.Navruzov “Metodicheskiye posobiye po Istorii Drevnego Mira”, “Metodicheskiye posobiye po Istorii Gretsiy i Rima” uslubiy qo‘llanmalarini nashr etdi, Masharipov Kudrat «Xorazm o‘rta asr savdo markazlari va ularning O‘rta, Yaqin Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari». 2020 yilda N.Matkarimovaning “Nikoh to‘yi marosimlarida ishlatiladigan narsa-buyumlar va kiyiladigan kiyim-kechaklar: an’anaviylik va zamonaviylik” albom-monografiyasi, S.Matkarimova va N.Matkarimova muallifligida G.P.Snesarevning “Pod nebom Xorezma” monografiyasi tarjimasi, S.Matkarimovaning “Abu Ali ibn Sino xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot asoschisi” monografiyasi, 2021yili “Xorazmning an’anaviy taomlari” albom-monografiya hamda 2021 yili “Xorazm o‘zbeklarining an’aviy ovqatlanishi”monografiyalari, 2022 yilda N.Matkarimovaning “Xorazm vohasi o‘zbeklarining nikoh to‘yi marosimlar” “Fan ziyosi” nashriyoti tomonidan monografiyasi nashr qilindi. Karimov Yashinning 2021 yili “Markaziy Osiyo kommunikatsiya tizimida suv yo‘llarining tutgan o‘rni (Qadimgi davr va o‘rta asrlar, Amudaryo va Sirdaryo misolid)” monografiyasi Buxoro shahrida “Durdona” nashriyotida nashr qilindi. Abdalov Umidbekning 2021 yili “Xorazm vohasining qadimiy diniy e’tiqod va marosimlari” monografiyasi nashr etildi.
2012 yil t.f.d.O‘tkir Abdullaev va dos.Qudrat Masharipov AQSHning Kaliforniya universitetida malaka oshirdilar. 2012 yil 25 mayda “O‘zbekiston hududida kechgan etnomadaniy munosabatlar va uning davlatchilikning shakllanishidagi o‘rni” mavzsusida respublika ilmiy anjumani, 2016 yil 1-15 noyabr kunlari “Archeology” seminar, 2018 yil 15 yanvarda “Culture women”, 2018 yil may oyida “Modern history” seminarlari bo‘lib o‘tdi. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan U.I.Abdullayev hamda M.T.Jumaniyozovalar 2019 – 2022 yillarda “3D Digital Silk Road” (Polsha – O‘zbekiston xalqaro loyiha) loyihasida ishtirok qilishdi.
Tarix kafedradasi qoshidagi «Oykumena» arxeologiya-etnologiya to‘garagi faoliyati davomida iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni universitet iqtidorli talabalari safiga qo‘shish imkoniyati yaratiladi. To‘garak faoliyati davomida a’zolar tanlagan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari tadqiqi davom qildirilib, kelgusida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda amaliy ko‘nikma bo‘lib xizmat qiladi. To‘garak a’zolarining arxeologik, etnografik, muzeyshunoslik va o‘lkashunoslik fanlaridan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati yaratildi. 2019 yil 1 oktyabrda “Xorazm tarixi va madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilish o‘quv-ilmiy laboratoriyasi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2019 yil 14 yanvar 40-buyrug‘i “O‘zbekiston tarixini o‘rganishning samarali tashkil etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning 44-bandiga asosan universitetda tashkil etildi. Laboratoriyaga 60 nafardan ortiq talaba, 20 nafar magistr, 5 nafar doktorant, 120 dan ortiq ilmiy darajali va katta o‘qituvchilar jalb qilingan. Laboratoriya a’zolari tomonidan Xorazmning antik davridan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy ma’lumotlar mukammal o‘rganilib, yaratilgan maqolalar, prezentatsiyalar internet saytlariga joylanmoqda. Laboratoriya, “Tarix” kafedrasi bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish an’anaga aylangan.