Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Kompyuter ilmlari kafedrasi tarixi

Kompyuter ilmlari kafedrasi dastlab 1992-yilning sentyabr oyida Urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakultetida “Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra mudiri vazifasiga f-m.f.n. Baxtiyor Yoqubov tayinlandi. Kafedra qoshida “Hisoblash markazi” tashkil etildi. “Hisoblash markazi”ga dastlab Komiljon Bobojonov, keyinchalik esa Baxodir Raxmonov rahbar qilib tayinlandi. Shu vaqtda kafedrada 32 ta arifmetik va injenerlik mikrokalkulyatorlari, 18 ta MK-64 tipida programma bilan ishlaydigan mikrokalkulyatorlar, YAMAXA mikro EHM sinfi va 1 ta IBM AT-286 kompyuteri mavjud edi.

1992 yil 5 martdan 1995 yilgacha “Informatika va XT” kafedrasi mudiri bo’lib t.f.n. Olimboy Bakiyev faoliyat ko’rsatdi. Vaqt o’tishi mobaynida kafedra faoliyati kengayib oliy o'quv yurtlarini bitkazgan yoshlar taklif qilinib boshlandi va bu an’ana hozirgacha davom etib kelmoqda. 1992 yilda G’.Matlatipov (Samarqand Davlat Universiteti), Q.Xabibullayev (Toshkent Davlat Universiteti), O.Matniyozov, B.Abdukarimovlar ishga taklif qilindi.

1995 yildan 2005 yilgacha “Informatika va XT” kafedrasini t.f.n. dots. F.Yusupov boshqardi. Ushbu davrda kafedraning ilmiy salohiyatida katta yutuqlarga erishildi. “Informatika va XT” kafedra a’zolari xalq xo’jaligining va oliy ta’limning dolzarb masalalari bo’yicha bir nechta yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Kaferda asosan ushbu “Diskret uzluksiz xarakterli texnologik jarayonlarni optimal boshqarishning ko’p pog’onali ierarxik struktura tizimlari va algoritmlarini yaratish”, “Ko’p pog’onali integrallashgan tizimli o’qitish konsepsiyasini yaratish”, “Sun’iy tafakkur va intellektual sistemalar”, "n-o’lchovli ko’pyoqlarni optimal berish" va Kompyuter ligvistikasi yo’nalishlarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2007-yil Urganch Davlat Universiteti ilmiy kengashi qarori bilan kafedra nomi “Informatika va Axborot Texnologiyalari” deb atalgan bo`lsa, 2015-yil 2 sentyabrdan Urganch Davlat Universiteti ilmiy kengashi qarori bilan kafedra nomi “Axborot Texnologiyalari” deb yuritila boshladi. 2005-yil avgust oyidan 2018 yil yanvargacha “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri sifatida t.f.n. dots. Matlatipov Gayrat rahbarlik qilib keldi. 2018-yil yanvar oyidan boshlab “Axborot texnalogiyalari” kafedrasi mudiri sifatida f.-m.f.n., dots. Madatov Xabibulla Axmedovich rahbarlik qilib kelmoqda. 2023-yil avgust oyidan boshlab kafedra nomi “Kompyuter ilmlari” deb yuritila boshladi.

Hozirda kafedramizda quyidagi bakalavr va magistrlar tayyorlanib kelinmoqda

Bakalavr:

  • 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
  • 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) [O`zbek va rus tillari kesimida]
  • 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) (Masofaviy) [O`zbek va rus tillari kesimida]

Magistr:

  • 70230801 - Kompyuter lingvistikasi
  • 70610504 - Maʼlumotlar ilmi (Data science)

Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va dissertatsiyalar

Kaferdada hozirga qadar bir qancha kafedra o’qituvchilari nomzodlik PhD, dissertatsiyalarini, himoya qilishdi. 1991 yil Rahimboy Karimov Toshkentdagi Kibernetika institutida “Yerning tuproq osti qatlamlarida nostatsionar gidrogeokimyoviy jarayonlarning tadqiqoti uchun matematik modellarni qurish” mavzusida, 1992 yil Bahtiyor Yoqubov Toshkentdagi Mexanika va inshootlarning seysmik turg’unligi institutida “Trubadagi nonyuton suyuqliklar xarakatining devorosti qatlam ta’sirini hisobga olingan xoldagi gidrodinamik tadqiqi” mavzusida, 1995 yil Firnafas Yusupov Toshkent Davlat Texnika universitetida “Paxtaga dastlabki ishlov beruvchi texnologik jarayonlarni blok-modullik modellashtirish va tizimli optimallash printsiplari asosida ko’p pog’onalik boshqarish algoritmlari” mavzusida, 2001 yilda G’ayrat Matlatipov Toshkentdagi Kibernetika institutida “Eksperimental ma’lumotlar asosida qonuniyatlarni izlash uchun bilimlarni chiqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” mavzusida, 2002 yilda Xabibulla Madatov “N-o’lchamli qavariq ko’pyoqlarni berishning kombinatik turg`unmaslik o`lchovi haqida” mavzusida, 2002 yilda Raximbayeva Muhabbat Andijon Davlat universitetida “Si kristallarda kirlanishning taqsimlanishini matematik statistika uslublarida tadqiq qilish” mavzusida, 2006 yilda Maqsud Sharipov Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida “Un tayyorlash tashkilotlarida donni yanchish texnologik jarayonini boshqarish” mavzusida, 2008 yilda Jamol Boltaev Chexiya Davlatining G’arbiy Bahemia universitetida “Reaksiya-diffuzia turdagi variatsion va kvazivariatsion tengsizliklar bufurkatsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib Ph.D. darajalariga ega bo’lishdi. 2018 yilda Palvanov Bozorboy Yusupovich 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dastutlar majmui (texnika fanlari) ixtisosligi bo’yicha t.f.d. Ravshanov N. rahbarligida “Ko’p tarkibli aralashmalarni tozalash jarayonlarini tadqiq etish uchun takomillashtirilgan model va algoritmlar” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. 

Bundan tashqari 2022-yil Mattiyev Jamolbek Sloveniyaning Lyublyana Universitetida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilib, PhD darajasini oldi, 2023-yilda esa Mo'minov Soxibjon Yunusovich 05.01.07– “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha “Noravshan muhitda o‘zaro diffuziya masalalarini sonli modellashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi  Ilmiy kengashida  2023-yil 3-noyabr kuni 100% bilan himoya qildi.

Xorijiy oliygohlarda malaka oshirish

Kafedra a’zolari xorijiy ta’lim grantlari asosida ilmiy izlanishlar olib bordilar, nufuzli oliygohlarda malakalarini oshirdilar. Xususan 2003 yildan boshlab Istedod markazi tomonidan berilgan pedagogik-ta’lim dasturlar orqali Matlatipov G’, Raximbayeva M., Madatov X., Bobojonov K., Bobojonov Q., Boltaeva I., Yusupov J., Ashirova A.lar Hindiston, Xitoy, Chexiya, Rossiya, Janubiy Koreya davlatlarida nufuzli oliygoh va markazlarda axborot- kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha malakalarini oshirib keldilar va ta’lim jarayonida tadbiq qildilar. 2008 yildan boshlab Erasmus Munduz ta’lim va ilmiy grantlari orqali Matlatipov G., Sharipov M., Madatov X.lar doktoranturada, Boltaeva I., Raximbayeva M.lar o’qituvchilar malaka oshirish kurslarida, Khajiyev U., Xudayberganov O., Rahmanov R.lar PhD kurslarida, Raximov I., va Salaev U.lar 1 yillik magistrlik kurslarida Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha, Ispaniya, Italiya, Fransiya davlatlarining nufuzli oliygoh va markazlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha malakalarini oshiririb keldilar.

Kafedra 2010-2013 yillarda TEMPUS tomonidan moliyalashtirilgan “CANDI-Teaching Competency and Infrastructure for e-Learning and Retraining” nomli xalqaro loyixasi asosida faoliyat ko’rsatildi, mazkur loyixa doirasida ilmiy izlanishlar olib borildi, Urganch Davlat uninersitetiga jami 54000 evro miqdorida kompyuter texnikalari keltirildi va ta’lim jarayoniga tadbiq qilindi, masofaviy ta’lim texnologiyasini rivojlantirish maqsadida MOODLE tizimi o’rnatildi, “Kompyuter bilimi asoslari” kursining o’zbekcha, ruscha, inglizcha talqini, “Vizualizatsiya danno’x” kursining ruscha talqini, “Molekulyar jarayonlarni modellashtirish” kursining o’zbekcha, ruscha talqinlari ishlab chiqildi. Mazkur loyiha natijalari Universitetda keng tadbiq qilinmoqda. Loyiha doirasida kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar Avstriya Davlatining Vena universiteti, Vena Texnika universiteti, Angliya davlatining Open universiteti, Germaniya Davlatining Myunxen Texnika universitetlarida malaka oshirib kelishdi. Kafedra a’zolari loyiha doirasida tashkil qilingan ingliz tili kurslarida bilimlarini oshirishdi, IELTS guvohnomalariga ega bo’lishdi.

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish ...

2023-12-13

Urganch Davlat Universiteti "Kompyuter ilmlari kafedrasi" 2- bosqich tayanch doktoranti Mo‘minov Soxibjan Yunusovich&nbs ...

Batafsil
Yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi

Yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi ...

2023-09-07

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni ...

Batafsil
 Axborot texnologiyalar kafedrasida

Axborot texnologiyalar kafedrasida "Axborot xavfsizligi" oyligi bo'yicha ilmiy-seminar bo'lib o'tdi. ...

2020-01-22

Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Axborot texnologiyalar kafedrasida "Axborot xavfsizligi" oyligi bo'yicha ilmi ...

Batafsil
Клаус Субтил Германия, SES (Senior Experten Service)

Клаус Субтил Германия, SES (Senior Experten Service) "Маьлумотлар базасини бошқариш тизимлари " фанидан талабаларга машғулот ўтиш ...

2019-10-16

Клаус Субтил Германия, SES (Senior Experten Service) 30.09.2019-20.09.2019   Физика-математика факультети талабаларига "Маьлумотлар ...

Batafsil
17.09.2019  kuni   Axborot texnologiyalari kafaedrasi katta o'qituvchisi Yusupov Davronning dissertatsiya muhokamasi bo'lib o'tdi.

17.09.2019 kuni Axborot texnologiyalari kafaedrasi katta o'qituvchisi Yusupov Davronning dissertatsiya muhokamasi bo'lib o'tdi. ...

2019-09-21

17.09.2019  kuni   Axborot texnologiyalari kafaedrasi katta o'qituvchisi Yusupov Davronning dissertatsiya muhokamasi bo' ...

Batafsil
Polsha davlatining Poznan shahri Adam Mickiewicz Universitetida 19.05.2019 -28.05.2019 kunlari CLASS loyihasi bo’yicha Markaziy Osiyodagi hamkor unive

Polsha davlatining Poznan shahri Adam Mickiewicz Universitetida 19.05.2019 -28.05.2019 kunlari CLASS loyihasi bo’yicha Markaziy Osiyodagi hamkor unive ...

2019-06-12

Polsha davlatining Poznan shahri Adam Mickiewicz Universitetida 19.05.2019 -28.05.2019 kunlari CLASS loyihasi bo’yicha Markaziy Osiyodagi ham ...

Batafsil
KT:Informatika yo'nalishi talabalarining BMI himoyasi

KT:Informatika yo'nalishi talabalarining BMI himoyasi ...

2019-06-26

KT:Informatika yo'nalishi talabalari bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli humoya qildilar.

...

Batafsil

Kompyuter ilmlari kafedrasi ilmiy yo’nalishi

Oliy ta’lim muassasalarida axborot almashinuvini avtomatlashtirish.

Qisqacha tavsifi:

Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvining eng zaruriy muammolaridan biri o’quv jarayonini samarali boshqaruvidirki, bu jarayonda ko’p sonli foydalanuvchilar bo’lgan talabalar, professor-o’qituvchilar, o’quv va boshqaruv xizmatidagi xodimlar qatnashadi va bevosita ularning ish sharoitlariga ta’sir qiladi. Zamonaviy sharoitda muayyan ta’lim muassasasi uchun ta’lim jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarni tadbiq qilish katta mexnat va murakkabliklar talab qiladi. Barcha mavjud imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish boshqaruv xodimlari uchun katta mexnat talab qiladi. Asosiy maqsad ta’lim muassasalari uchun ta’limni boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimini qurish, texnologik jarayonlarni qog’ozsiz texnologiyalarga o’tkazish, ta’lim muassasasining yagona axborot muxitini  yaratishdan iboratdir. Tizim quyidagi maqsadlarga qaratiladi:

  • ta’lim muassasasining yagona axborot muxitini  yaratish;
  • zamonaviy sharoitlarda soxalar bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayorlashga erishish;
  • ta’lim muassasasining asosiy va yordamchi tadbirkorlik jarayonlarining axborot ta’minoti;
  • ta’lim muassasasini boshqaruv samaradorligini oshirish;
  • xujjat aylanishini avtomatlashtirish;
  • tizimni tadbiq qilish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish
  • ta’lim muassasalari xududlariga turniketlar o’rnatish va ularni tizimga qo’shish orqali ish vaqtlari xisoblarini yuritish;
  • ta’lim muassasalarida ortiqcha xarajatlarga barxam berish;
  • akademik va boshqaruv personallarining ish samaradorligini oshirish

distsiplinar xisobotlarni yuritish, talabalar davomadini yuritishni avtomatlashtirish;