Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


“Matematik tahlil” kafedrasi haqida

      “Matematik tahlil” kafedrasi dastlab Funksiyalar nazariyasi nomi bilan 1992 yilda akademik A.S. Sadullaev tomonidan tashkil etilgan. Kafedrada kompleks potensiallar nazariyasi, ko'p kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi sohasida chuqur ilmiy izlanishlar olib boriladi, yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida ilmiy maktab shakllantirilgan.

Kafedraga turli yillarda quyidagi olimlar rahbarlik qilgan:

  • 1992–1996 yillarda – akademik A.S. Sadullaev;
  • 1996–1998 yillarda – professor S.A. Imomqulov;
  • 1998–1999 yillarda – professor R.Z. Abdullaev;
  • 2000–2007 yillarda – professor R.M. Madraximov;
  • 2007–2009 yillarda –professor S.A. Imomqulov;
  • 2009–2014 yillarda –professor R.M. Madraximov;
  • 2014–2015 yillarda – dotsent J.U. Xujamov;
  • 2015–2016 yillarda – dotsent M.D. Vaisova;
  • 2017–2018 yillarda – dotsent Y.R. Saidov;
  • 2018–2020 yillarda – dotsent A.A. Atamuratov;
  • 2020 yil sentyabrdan boshlab kafedraga f.-m.f.f.d. (PhD) R.A. Sharipov rahbarlik qilib kelmoqda.

        Bugungi kunda kafedra o‘z faoliyatini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, xalqaro tajribalar va ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida olib bormoqda. Kafedrada yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, ilmiy darajaga ega mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar faoliyat yuritmoqda.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Kafedra o‘quv jarayonida bakalavriat va magistratura bosqichlarida turli yo‘nalishlardagi nazariy hamda amaliy fanlardan dars beradi.

Bakalavriat fanlari:

  • - Matematik analiz
  • - Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • - Funksional analiz
  • - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  • - Matematika o‘qitish metodikasi
  • - Maxsus tanlov fanlari va zamonaviy amaliy kurslar

Magistratura fanlari:

  • - Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • - Potensiallar nazariyasi
  • - Plyuripotensiallar nazariyasi
  • - Oqimlar va m-subgarmonik funksiyalar nazariyasi
  • - O'lchovlar va integrallar nazariyasi

       Ushbu fanlar talabalarga zamonaviy matematik analizning nazariy asoslarini, ularning amaliy tatbiqlarini va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.


Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi to’g’risida

      60540100 – Matematika bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, kunduzgi ta’lim muddati 4 yilni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi — talabalarda matematik tafakkur, modellashtirish ko‘nikmalari, tahliliy fikrlash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdir. Yo‘nalish matematikaning turli tarmoqlari — algebra, analiz, geometriya, ehtimollar nazariyasi va statistikasi, matematika o'qitish metodikasi, kompyuter matematikasi — sohalarini chuqur o‘rganishni qamrab oladi.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari:

  • - Matematik modellashtirish va kompyuter texnologiyalari qo‘llaniladigan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • - Jarayon va tizimlarni matematik modellashtirish, ularning algoritmik yechimlarini ishlab chiqish;
  • - Fan, texnika, iqtisodiyot, boshqaruv va ta’lim sohalarida matematik usullarni tatbiq etish;
  • - Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida matematika fanidan dars berish.

Bakalavr bitiruvchilari zamonaviy raqamli texnologiyalar, algoritmlash, dasturlash va tahliliy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib, matematik bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish salohiyatiga ega bo‘ladilar.

     70540101 – Matematika magistratura mutaxassisligi.  Magistratura dasturi kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi. O‘qitish kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi, o‘qish muddati 2 yil. Mazkur mutaxassislik “Tabiiy fanlar, matematika va statistika” sohasi doirasiga kiradi. Magistratura bitiruvchilari fundamental va tatbiqiy matematika yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, matematik modellar tuzish, ularni dasturiy amalga oshirish va tabiiy-texnik sohalarda matematik metodlarni qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‘ladilar.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari:

  • - Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy bo‘limlari;
  • - Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari;
  • - Fundamental va tatbiqiy matematika sohalaridagi modellar, tahlil usullari va dasturiy loyihalar;
  • - Matematik metodlar asosida ishlab chiqiladigan amaliy, texnik va iqtisodiy loyihalar.

Magistrlar zamonaviy ilmiy tadqiqot metodlarini, matematik analizning chuqur nazariy asoslarini, funksiyalar nazariyasini, shuningdek kompyuter algebra tizimlarini mukammal o‘zlashtiradilar.


      “Matematik tahlil” kafedrasi o‘zining 30 yildan ortiq faoliyati davomida yurtimizda yuzlab malakali mutaxassislar, fan nomzodlari, doktorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni tayyorlab chiqardi. Bugungi kunda kafedra ilmiy maktab darajasiga yetgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan ilmiy markazlardan biridir. Kafedra jamoasi matematikaning chuqur nazariy muammolarini hal etish, ularni amaliy sohalarga tadbiq etish, hamda yosh avlodni ilmga yo‘naltirish yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning 13-18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika fani bo'yicha V Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) bo‘lib o‘td

Joriy yilning 13-18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika fani bo'yicha V Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) bo‘lib o‘td ...

2025-04-18

Joriy yilning 13-18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika fani bo'yicha V Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) bo&l ...

Batafsil
Kompleks potensiallar nazariyasi va uning tatbiqlariga bag’ishlangan ilmiy seminar

Kompleks potensiallar nazariyasi va uning tatbiqlariga bag’ishlangan ilmiy seminar ...

2022-02-14

Bugun 2022 yil 14 fevral kuni Urganch Davlat universiteti “Matematik tahlil” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademi ...

Batafsil

Ilmiy faoliyat va ustuvor yo‘nalishlar

      “Matematik tahlil” kafedrasi bugungi kunda kompleks potensiallar nazariyasi, m-subgarmonik funksiyalar, parabolik ko‘pxilliklar va analitik funksiyalar nazariyasi sohalarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. A.Sadullev rahbarligida Ko'p kompleks o'zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi bo'yicha ilmiy maktab yaratilgan. Yosh mutaxasislar shu sohada ilmiy izlanishlar olib borib, ajoyib yutuqlarga erishganlar. Kafedra a'zolari bir nechta yonalish boyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • ⇒ m-potensiallar nazariyasi va uning tadbiqlari
    (Ilmiy rahbar: prof. B.I. Abdullayev; R.A. Sharipov, M. Vaisova, D. Qalandarova, U.Sobirov, J.Ashirov, Q. Axmedov)
    Bu yo‘nalishda m-subgarmonik funksiyalar sinfi, ularning o‘lchovlari, m-qavariq funksiyalar va ularning xossalari hamda fizik jarayonlarga tatbiqlari o‘rganiladi.

  •  Parabolik ko‘pxilliklarda analitik funksiyalar nazariyasi
    (Ilmiy rahbar: prof. A.A. Atamuratov; X.Q. Kamolov, S. Bekmetova, S. Bekchanov, I. To‘raxanov)
    Bu tadqiqotlar parabolik turdagi ko‘pxilliklar ustida analitik funksiyalarning xossalarini, ularning nazariy asoslari o'rganiladi.

  •  Klassik sohalarda integral formulalar va ularning tatbiqlari
    (Ilmiy rahbar: prof. G. Xudayberganov; J.Sh. Abdullayev, Z. Matyaqubov, Q. Erkinboyev, S. Xayitboyev, K. Qurbonov)
    Bu yo‘nalishda klassik integral formulalar va qo‘llanilishi o‘rganiladi.

        Kafedra o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar hamda xalqaro jurnallarda e’lon qilingan ilmiy tadqiqotlar mavjud. Kafedra a’zolari xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy grant loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.


Kafedra hamkorligida bajarilgan ilmiy loyihalar

  • - 2012-2016 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda Ф4-ФA-016928 raqamli “Kompleks potensiallar nazariyasida plyuriregulyarlik hususiyatlari va moslangan manbali chekli differensial ayirmali tenglamalar” mavzusidagi fundamental loyihasi (Loyiha rahbari prof. A.Sadullaev);
  • - 2016-2017 yillarda  ЁФ-4-13 «α-subgarmonik funksiyalar va potensiallar» mavzusidagi fundamental loyihasi (Loyiha rahbari  M.Vaisova);
  • - 2017-2020 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda ФA-Ф-4-002 raqamli “M-subgarmonik funksiyalar va ularning kalibrlangan geometriyaga tadbiqlari” mavzusidagi fundamental loyihasi (Loyiha rahbari prof. B. Abdullayev);
  • - 2020-2022 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti "Matematik analiz" kafedrasi hamkorlikda  UT-OT-2020-1 “Monj-Amper tenglamasi va ekstremal plyurisubgarmonik funksiyalar”  mavzusidagi xalqaro fundamental loyihasi (Loyiha rahbari prof. A.Sadullaev);
  • - Xozirda 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti "Matematik analiz" kafedrasi va Sibir federal universiteti "Matematik analiz va differensial tenglamalar" kafedrasi hamkorlikda prof. B. Abdullayev rahbarligida IL-5421101746 sonli “Analitik davom qildirish masalalarida plyuripotensiallar nazariyasi va integral formulalarni qo‘llash” mavzusidagi xalqaro fundamental loyiha faoliyat olib borilmoqda

 


Kafedra hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiyalar

  • - The First USA-Uzbekistan conference on Analysis and Mathematical Physics, May 20-23, 2014, California State University, Fullerton
  • - The Second USA-Uzbekistan conference on Analysis and Mathematical Physics, august 8-12, 2017, Urgench State University, Urgench 

  • Ilmiy seminarlar

          Kafedra qoshida V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi hamkorligida “Kompleks potensiallar nazariyasi va uning tadbiqlari” nomli birlashgan ilmiy seminar faoliyat ko’rsatadi va seminar har xaftada juma kuni soat 15:30 da fizika-matematika fakultetida 222-xonada bo’lib o’tadi (seminar rahbarlari prof.B.Abdullayev va prof.A.Atamuratov)  

    enlightenedE'LONLAR


    1) 2025 yil 5 - sentabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)

  • Ma'ruzachi: O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoronti Sardor Bozorboyev
  • Mavzu: “Мeasures of large entropy for polynomial-like maps in several complex variables” 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi: 

  • 2) 2025 yil 12 - sentabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: Matematik tahlil kafedrasi o‘qituvchisi Islombek Ismailov 
  • Mavzu: “Самоаффинные области на плоскости” 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:

  • 3) 2025 yil 19 - sentabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: Matematik tahlil kafedrasi o‘qituvchisi Erkinboyev Qutlimurot Sa’nat o‘g‘li​ 
  • Mavzu: “Matritsaviy shar avtomorfizmlari haqida”  
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:

  • 4) 2025 yil 26 - sentabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​ 
  • Mavzu: 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:

  • 5) 2025 yil 3 - oktabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​ 
  • Mavzu: 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:
  • 6) 2025 yil 10 - oktabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​ 
  • Mavzu: 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:

  • 7) 2025 yil 17 - oktabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​ 
  • Mavzu: 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:
  • 8) 2025 yil 24 - oktabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​ 
  • Mavzu: 
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:

  • 9) 2025 yil 31 - oktabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi Yuldashev Begzod Egambergan o’g’li 
  • Mavzu: “Strongly hyperbolic metrics on Ptolemy spaces.”
  • Annotatsiya:
  • Zoom havolasi:
  • 10) 2025 yil 7 - noyabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi va Zoom platformasida onlayn)
  • Ma'ruzachi: ​O‘zbekiston Milliy universiteti "Matematik analiz" kafedrasi o'qituvchisi Qobiljon Qo‘ldoshev​ 
  • Mavzu: "Weighted m-subharmonic measures"
  • Annotatsiya:  In this talk, we study weighted m-subharmonic measures within the class of m-subharmonic functions. We investigate their fundamental properties and establish several theorems on (m,\psi)-regularity. In particular, we prove that if the weighted (m,\psi)--subharmonic measure is Hölder continuous with respect to a compact set, then it is also Hölder continuous in D. This result is new even in the unweighted case. Furthermore, we introduce the concepts of (m,\psi)--capacity and weighted P_(m,\psi)--capacity, and establish their basic properties.
  • Zoom havolasi:
  • 11) 2025 yil 7 - noyabr kuni soat 15:30 da ilmiy seminar. (222 - seminarlar xonasi)
  • Ma'ruzachi: “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi ​Iskandarov Behzod Qurol o'g'li
  • Mavzu: “Tasvirlarga raqamli ishlov berish asosida yerning sho‘rlik darajasini aniqlash dasturiy majmuasini ishlab chiqish” 
  • Annotatsiya: