Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


Geografiya Kafedrasi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va Qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Geografiya kafedrasiga 1949 yili asos solingan, shu yili Xorazm davlat pedagogika institutida “Geografiya-Biologiya” kafedrasi sifatida tashkil qilingan va ushbu kafedra 1964 yilga qadar faoliyat yuritgan, shu davrda kafedrada 3 nafar geograf olim faoliyat olib borgan. 1951 yildan boshlab geografiya mutaxassisligiga (tashkil qilingan kafedra nomi ba’zi yillarda “Tarix-Geografiya”, ba’zan “Geografiya-Biologiya”deb atalgan) talabalar qabul qilingan.

1965 yildan mazkur kafedra “Tarix-Geografiya” kafedrasi deb nomlangan. Shu davrdan boshlab kafedra professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratiladi. Buning natijasida 1966 yilda kafedra oʻqituvchisi Madrahim Ishchanov, 1968 yilda Tojiddin Allaberganov va 1971 yilda Polvonnazir Atayevlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.

1984-1992 yillarda geografiya kafedrasi biologiya yoʻnalishi tarkibiga kiritilgan hamda ularning birlashuvi negizida “Geografiya-Biologiya” kafedrasi tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi F-356-sonli farmoniga asosan Xorazm Davlat pedagogika instituti negizida Urganch Davlat universiteti tashkil etildi. 1993 yildan boshlab universitetga poytaxt oliygohlarida fanning turli sohalarida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar ishga (ularning deyarli barchasi Xorazmda tavallud topgan olimlar) taklif qilindi. Shu yildan boshlab universitetda “Geografiya” kafedrasi tashkil etilib, kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yanada ortdi.

Ana shu davrdan boshlab kafedra jamoasi “Quyi Amudaryo mintaqasining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarini oʻrganish” ilmiy mavzusi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu mavzu doirasida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan Quyi Amudaryo tabiiy geografik rayoni landshaftlari, mintaqaning tabiati, xoʻjaligi, aholisi va mehnat resurslarining shakllanishi dinamikasi, viloyat maktablarida geografiya ta’limi samaradorligini oshirish muammolari, hudud ijtimoiy-ekologik sharoitining aholi salomatligiga ta’siri, sanoat va qishloq xoʻjaligi rivojlanishi va joylanishining mintaqaviy jihatlari, mintaqa ijtimoiy rivojlanishining geografik axborot tizimlari (GAT) ni yaratish va xaritalashtirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi ushbu ishlar bugungi kunda ham izchil davom qildirilmoqda.

Kafedra ilmiy simenari

Kafedra ilmiy simenari ...

2025-12-20

2025-yil 18 dekabr kuni soat 1400 da Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Geografiya” va “Geodeziya, kartogra ...

Batafsil
Geografik axborot tizimlarida algoritmlash

Geografik axborot tizimlarida algoritmlash ...

2025-09-26

Germaniyaning Halle shahridagi Martin Luther nomidagi Halle universiteti Geoekologiya kafedrasi olimlari – prof. Christopher Conrad va Franz ...

Batafsil
Onlayn mahorat darsi

Onlayn mahorat darsi ...

2025-04-08

08.04.2025 yil Geografiya kafedrasida RGPU (Rossiya) dotsenti, k.p.n. Baxir Maksim Alekseevich ishtirokida "Maktabda geografiyani aralash va m ...

Batafsil
Yer kuni

Yer kuni ...

2025-03-20

2025-yil 20-mart kuni “Geografiya” kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, ...

Batafsil
Ilmiy uslubiy seminar

Ilmiy uslubiy seminar ...

2023-01-27

2023-yil 27-yanvar kuni soat 11:30 da “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi o`qituvchisi Adambayev Alisherning  "To ...

Batafsil
Ilmiy nazariy seminar

Ilmiy nazariy seminar ...

2023-01-27

2023 yil 27-yanvar kuni soat 11:00 da “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi o`qituvchisi Ismoilov Rashidbekning  "X ...

Batafsil
Ilmiy uslubiy ishlar

Ilmiy uslubiy ishlar ...

2023-01-16

“Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasining 2022-yil bo’yicha ilmiuy uslubiy ...

Batafsil
Ilmiy seminar

Ilmiy seminar ...

2022-12-30

2022 yil 30 dekabr Geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi dotsenti (PhD) M. Sultanovning  "Kosmik metodlarda ekinlar hosildorligin ...

Batafsil
Ilmiy seminar

Ilmiy seminar ...

2022-11-11

Urganch davlat universiteti “Geodeziya,  kartografiya, geografiya” kafedrasida 11.11.2022-yil professor o’qituvchilar va tad ...

Batafsil
Ilmiy seminar

Ilmiy seminar ...

2021-12-03

2021-yil 3-dekabr sanasida geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi o‘qituvchisi R. Boymurodovning  “Masofadan olingan malumo ...

Batafsil
Ilmiy nazariy seminar

Ilmiy nazariy seminar ...

2021-05-20

Urganch davlat universiteti doktaranti (DSC) M.Q.Sultonovning “Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishini modellashtirishning kosmik texn ...

Batafsil
Dissertatsiya himoyasi

Dissertatsiya himoyasi ...

2021-09-11

Geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi o’qituvchisi Tajiev Qudrat Qadirberganovich 2021 yil 11 sentyabr “Amudaryo hozirgi deltas ...

Batafsil
Sport bilan hamnafas talabalar

Sport bilan hamnafas talabalar ...

2021-03-16

Geografiya  yo’nalishi 191-geografiya guruh rahbari Matsaidova S.X. tomonidan olib borildi. Talabalarni Prezidentimiz tomonidan ilgari s ...

Batafsil
Urganch davlat universitetida  9-10 sentyabr 2019 yil kunlari Erazmus+ EPCA dasturi doirasida xalqaro seminar oʻtkazildi

Urganch davlat universitetida 9-10 sentyabr 2019 yil kunlari Erazmus+ EPCA dasturi doirasida xalqaro seminar oʻtkazildi ...

2019-09-10

Loyiha koordinatori M.Matchanov, kafedra mudiri S.Avezovlarning taqdimotlari qoniqarli bo‘lganligi, ishlab chiqarish korxonalaridan; Ekologiy ...

Batafsil
EPCA Xalqaro grandi  hisobot yig’ilishi online shaklda o’tkazildi

EPCA Xalqaro grandi hisobot yig’ilishi online shaklda o’tkazildi ...

2020-11-20

2020-yil 20-noyabrda EPCA Xalqaro grandi hisobot yig’ilishi o’tkazildi. Unda, Urganch davlat universiteti Geodeziya, kartografiya, geog ...

Batafsil
Talabalari “Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqtirish” yuzasidan tarixiy joylarga tashrif buyurishi

Talabalari “Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqtirish” yuzasidan tarixiy joylarga tashrif buyurishi ...

2019-10-24

183-guruh geografiya  talabalari  beshta  muhim tashabbusning  birinchi  tashabbusi  “Musiqa, rassomlik, adabiy ...

Batafsil

Табиий ва қишлоқ хўжалиги фанлари факулътети “География” кафедраси

профессор-ўқитувчилари муаллифлигида чоп этилган

монография, ўқув ва услубий қўлланмалар

Илмий асар номи

Адабиёт тури

Адабиётнинг чоп қилинган

(йили ва нашриёти)

Босма табоқ ёки бетлар

Ҳаммуаллифлар фамилияси

Монографиялар

 

1

Озиқ-овқат саноати шаклланиши ва ривожланишининг географик хусусиятлари

Монография

“Қуванчбек-Машҳура” МЧЖ нашриёти Урганч 2021

134 бет

А.Абдуллаев

2

Экологик хавфсизлик ва унинг табиий географик жиҳатлари

Монография

“Қуванчбек-Машҳура” МЧЖ нашриёти Урганч 2021

132 бет

М.Матчанов

3

Хоразм воҳаси агроландшафтларининг шаклланишида гидрографик шароитнинг таъсири

Монография

Хоразм Маъмун академияси ноширлик бўлими. Хива 2020

128 бет

Ш.Б.Дусанова, Н.П.Атаева, М.Р.Отабаева

 

4

“Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши”

Монография

«УрДУ ноширлик бўлими» Урганч, 2017.

104 бет

А. Садуллаев

Ўқув ва услубий қўлланмалар

 

1

География рақамларда

Услубий қўлланма

«УрДУ ноширлик бўлими» Урганч, 2008.

57 бет

Ш.Б.Дўсонова

А.Г.Абдуллаев

2

Аҳоли географияси ва демография асослари

Ўқув қўлланма

«Fan va texnologiya» нашриёти, Тошкент, 2011.

160 бет

А.А.Қаюмов

Ў.Ш.Яқубов

А.Г.Абдуллаев

3

Xorazm viloyati o'lkashunoslik atlasi

О’quv qo’llanma

“Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasining “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida nashr etilgan. Toshkent 2015.

57 бет

S.Avezov

A.Abdullayev

М.Sultanov

U.Qalandarov A.Egambеrdiyеv

4

Bitiruv malakaviy ishini bajarish

Uslubiy qo’llanma

UrDU noshirlik bo’limi. Urganch 2017

28 бет

S.Avezov

S.Matsaidova

5

“Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi geogrfiyasi”,

Uslubiy qo’llanma

UrDU noshirlik bo’limi. Urganch 2017

164 bet

D.Ro’zmetov

M.Matchanov

U.Qalandarov

6

Turizm va rekreatsiya geografiyasi

О’quv qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2019

100 bet

A.Sadullayev

S.Avezov

A.Matchanov

7

Карташунослик

Ўқув қўлланма

«Университет» нашриёти, Тошкент, 2012

152 бет

Е.Сафаров

С.Авезов

О.Алланазаров

П.Ойматов

8

“Жой ва релефнинг рақамли модели”

Ўқув услубий қўлланма

Хоразм Маъмун академияси ноширлик бўлими. Хива 2020

64 бет

М.Матчанов

9

“Geologiya asoslari va geomorfologiya”

O’quv uslubiy qo’llanma

UrDU noshirlik bo’limi. Urganch 2020

88 bet

Sh. Do’sanova

S.Matsaidova

N.Atayeva

10

“Қуйи амударё минтақасида қишлоқ хўжалиги айланмасидан чиққан худудлар мелиоратив-екологик шароитларини яхшилаш масалалари”

Илмий амалаий қўлланма

УрДУ ноширлик бўлими. Урганч 2015

128 bet

Д.Рўзметов

М.Матчанов

У.Қаландаров

А.Машарипов

11

“Geodeziya va topografiya asoslari, kartashunoslik, geodeziya va kartografiyada ilmiy tatqiqot ishlari”

Test topshiriqlari

M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti bosmaxonasi. Toshkent 2017

136 bet

A.Egamberdiyev

S.Avezov

Q.Sobirov

12

“Umumiy tabiiy geografiya kursida talabalarga ekologik ta’lim va tarbiya berish”

O’quv uslubiy qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2020

48 bet

I.Atajanov

13

“Аҳоли географияси демография асослари билан”

Ўқув услубий қўлланма

Хоразм Маъмун академияси ноширлик бўлими. Хива 2020

124 бет

И.Атажанов

14

Toponomika fanidan amaliy mashg`ulotlar

Uslubiy qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2020

144 bet

S.Matsaidova

M. Ganjayeva

N.Atayeva

15

O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan amaliy mashgulotlar

Uslubiy qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2020

144 bet

А.G.Abdullayev,

I.B.Gulimmatov,

A.K. Amanov

16

Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanidan amaliy mashgulotlar

Uslubiy qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2020

80 bet

A.G. Abdullayev,

S.A.Avezov, I.B.Gulimmatov

17

Xorazm viloyati

Uslubiy qo’llanma

Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi. Xiva 2020

40 bet

S.A. Avezov,

A.G.Abdullayev,

A.K. Raximov