Fizika kafedrasida qiymati 3 mlrd so'mlik ikkita yangi loyihalar amalga oshiriladi ...
2023-08-28O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi № PQ-307 son qarori 7 ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda oliy t ...
Batafsil Ishonch
telefon raqami
Dars
jadvali
Imtihon video
kuzatuvi
Rektor virtual
qabulxonasi
Bo`sh ish
o`rinlari
“Fizika” kafеdrasi haqida
Fizika – matematika fakultetining “Fizika” kafedrasi 1935 – 1936 o‘quv yilida “Fizika – matematika” kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan.
1936 – yilda Lеningrad shaxridan fizika mutaxassisligi bo‘yicha dotsеnt P.A.Burov institutga ishga taklif qilingan. P.A.Burov 1936 – o‘quv yilida fizika – matеmatika fakultеtida fizika – matеmatika kafеdrasini, xamda zamonaviy talabga javob bеra oladigan fizika laboratoriyasini tashkil qilgan. Shuningdеk P.A.Burov (1935 – 1936, 1941 – 1942) o‘quv yillar davomida kafеdra mudiri lavozimida ishlagan.
1941 – 1942 o‘quv yilida fakultеtga Lеningrad politеxnika instituti «fizika» kafеdrasi mudiri, prof. Е.Shtraus ishga kеladi. U bu yеrda fizika – matеmatika kafеdrasining mudiri va fakultеt dеkani bo‘lib ishlaydi (1944 – 1945 – o‘quv yillari).
1945 – 1946 – o‘quv yilidan fizika – matеmatika fakultеti dеkani va fizika – matеmatika kafеdrasi mudiri lavozimida istе’dodli matеmatik olim X.S.Siddiqov ishlagan. Urushgacha va kеyingi davrda fizika – matеmatika kafеdrasida fizika o‘qituvchilardan B.D.Yanoshеv (1939 – 1970 yillar), F.K.Sadrеtdinova (1945 – 1970 yil) lar faoliyat olib borganlar.
Urushdan kеyingi yillarida kafеdraning moddiy tеxnik va o‘quv – ilmiy uslubiy bazasini mustaxkamlashda B.D.Yanoshеv, F.K.Sadrеtdinova, Fizika – matеmatika fanlari nomzodi M.S.Saidov (xozirda UzR.FA – akadеmigi); K.Ruzimov, S.Bobojonov, M.I.Badullayev va R.Umarovalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 1992 – yil 28 – fеvraldagi PF – 356 sоnli farmоniga asоsan Xorazm Davlat pedagogika instituti negizida Urganch Davlat universiteti tashkil topdi.
1992 – 1997 – yillarda kafеdrada fizika – matеmatika fanlari doktori professor G.Aripov raxbarlik qildi. Bu davrda kafеdra a’zolari “Moddaga tеmpеratura, nurlanish va zarralarni ta’siri” yo‘nalishida ilmiy ishlar olib bordilar.
1997 – yildan to 2010 – yilga qadar kafеdraga fizika – matеmatika fanlar nomzodi dotsent A.E.Atamuratov raxbarlik qildi. 2010 – yilning aprel oyidan 2011 – yilning aprel oyigacha kafedra mudiri bo‘lib f.-m.f.d. U.O.Qutliyev, 2011 – 2016 – yillarda dotsent U.A. Aminov ushbu lavozimda faoliyat olib bordilar. 2016 – 2017 – yillarda fizika – matеmatika fanlar nomzodi dotsent A.E. Atamuratov, 2017 – yildan f.-m.f.d. U.O.Qutliyev ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.
Hozirgi kunda kafеdrada asosan “Yarimo‘tkazgichlar va dielеktriklar fizikasi”, “Fizikaviy ekologiya”, “Fizika va astronomiya tarixi”, “Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan Xorazm hududida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar qilinmoqda. Kafеdra O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Fizika – tеxnika instituti, Lazer va ion plazmasi va Yadro fizikasi institutlari va “O‘zbekiston Milliy universiteti” bilan ilmiy hamkorlik qilmoqda.
Kafеdrada professor A.Yusupov asos solgan “Yarimotkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ilmiy – uslubiy sеminar dotsent A.E.Atamuratov rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafеdrada “Fizikadan qiziqarli masalalar yеchish” va iqtidorli talabalarning alohida “Fizikaviy masalalarni kompyuterda yеchish” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davrda kafеdrada uchta fizika – matematika fanlari doktori, to‘rtta fizika – matematika fanlari nomzodlari, yettita fizika – matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), oltita katta o‘qituvchi, beshta o‘qituvchi, oltita laborant, faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafеdrada “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” va “Fizik elektronika” yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktaranturada to‘rtta doktarant ilmiy izlanish olib bormoqda. Kafedrada “Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)”, “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof – muhit fizikasi”, “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” va “Tibbiyot fizikasi” magistratura yo‘nalishlari faoliyat olib bormoqda.
Kafedra Gemaniyadagi Braunschweig Texnika Universitetining Yarimo‘tkazgichlar texnologiyasi instituti, Ispaniyaning Santyago de Kampostella universiteti, AQSHning Pensilvaniya davlat universiteti, Avstriyaning Vena tehnologiya universiteti, Angliyaning Kembridj universiteti, Belgiyaning Libre Universiteti, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Fransiyaning Strasburg universiteti va Shvetsiyaning Qirollik Tehnologiya Instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Kafedra professori U.O. Qutliyev 2002 – yilda AQSHning Pensilvaniya davlat universitetida, 2003 – 2004 – yillarda Avstriyaning Vena texnologiya universitetida va Fransiyaning Strasburg universitetida, 2004 – yilda Angliyaning Kembridj universitetida ilmiy izlanishlar olib bordi. 2005 – yilda esa Belgiyaning Libre Universitetida assistant – professor lavozimida ishlab “The methods of computer simulation in physics” mavzusida ma’ruzalar o‘qidi. 2004 – yilda Nobel laureatlarining 54 – xalqaro yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi o‘zbek olimi sifatida qayd etildi.
Kafedra dotsenti A.E.Atamuratov 2010 va 2011 – yillarda Braunschweig Tehnika Universitetiga, 2010 – yilda Ispaniyaning Santyago de Kampostella universitetiga ilmiy xizmat safarlarida bo‘lib qaytdi. Talaba Matniyozov Zokir esa Ispaniyaning Santyago de Kampostella universitetida 10 oy davomida o‘qib qaytdi.
Kafedramizda bir necha fundamental va amaliy grant loyihalari amalga oshirilgan va bugungi kunda ham ularning faoliyati davom qilmoqda. Hususan quyidagi grant loyihalari bular jumlasiga kiradi: “Nanoshit bilan ko‘p qatlamli maydoniy tranzistorda o‘z – o‘zini isitish effektini o‘rganish” mavzusidagi UZB – Ind – 2021 – 80 raqamli Hindiston bilan qo‘shma davlat granti loyihasi, UZB – Ind – 2021 – 88 – raqamli, “Quyosh elementlarida foydalaniladigan nanotuzilmali gidrofobik va supergidrofobik materiallarni o‘rganish” mavzusidagi O‘zbekiston – Hindiston ilmiy texnik granti, ОТ-Ф2-65 “AIIIBV tipidagi yarimo‘tkazgich monokristallarning sirtidan past energiyali ionlarning sochilish qonuniyatlarini tadqiq qilish”.
Kafedramizda 2020 – yil 30 – sentabrdan PhD.03/30.09.2020.FM.55.04 raqamli ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Kafedramiz talabalari tomonidan ko‘plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Xususan, 2020 – yilda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika online fan olimpiadasida fizika fanidan 2 – darajali diplom, fizika va astronomiya asoslari fanidan 1,2,3 – darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. 2021 – yilda Otabayev Mexroj Uchqun o‘g‘li Ulug‘bek davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Hоzirda kafеdra a’zоlarining ko‘pchiligi iqtidоrli yoshlardan ibоrat bo‘lib, ular univеrsitеtimiz va Rеspublikamizning turli оliygоhlarida magistraturasini tugatgan. Bular jumlasiga A.Abdikarimоv, Х.Matyoqubоv, A.Raхmanоv, Х.Saparоv, M.Karimov, M.Хalillayеv, B.Jabbоrоva, D.Qurbonоv,Z.Atamuratоva, R.Bozarboyev, D.Ko‘shchonova va B.Jumaboyevlar kiradi. Bu yoshlar ilmga chanqоq bo‘lib, fizikaning turli sоhalarida ilmiy izlanishlar оlib bоrmоqdalar.
Kafedramizda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:
Fizika kafedrasida qiymati 3 mlrd so'mlik ikkita yangi loyihalar amalga oshiriladi ...
2023-08-28O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi № PQ-307 son qarori 7 ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda oliy t ...
BatafsilFizika kafedrasida quyosh panelini parametrlarini aniqlovchi innovatsion qurilmaga patent olindi ...
2023-08-28Fizika kafedrasi dotsenti Yakubov Komiljon Ruzmetovich rahbarligida, tadqiqotchilar Qurbonov Davron Shavkatovich va Bazarbayev Rustam Bax ...
BatafsilFizika kafedrasida 20 - avgust kuni PhD himoyasi bo'ldi ...
2021-08-212021 – yil 20 – avgust kuni Fizika – matematika fakulteti “Fizika” kafedrasi katta o&lsquo ...
BatafsilUrganch davlat universiteti dotsenti Komiljon Yakubov rahbarligida universitetning Fizika kafedrasi tadqiqotchilari Davr ...
BatafsilFizika kafedasi talabasi Ulug'bek stependiyasi sohibasi bo'ldi. ...
2019-09-25Fizika – matematika fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Otaboyeva Kamola Uchqun qizi “Fizika” kafedrasi dotsenti Qurbanov ...
BatafsilUrganch davlat universitetida, AQSH ning Alderson Broaddus Universiteti prof. I.Woicechowskining ma'ruza o'qiganligi haqidagi maqola Amerik ...
Batafsil2019 – yil 1 – 8 – may kunlari AQSH ning Alderson Broaddus Universiteti prof. I.Woicechowski “Modellashtirish asoslar ...
Batafsil2019 – yil 9 – 16 – aprel kunlari Rossiya Lebedev nomidagi Fizika instituti katta ...
BatafsilКафедрамиз профессор - ўқитувчилари томонидан давлат дастури доирасидаги 2 та лойиҳа бўйича жами 100 000 000 сўм ҳажмдаги илмий-тадқиқот ишлари бажарилмоқда. Ундан ташқари RENES дастури доирасида “Қайта тикланувчи энергия манбалари ва барқарор атроф муҳит физикаси” мутахассислиги бўйича магистратура очилди ва лаборатория базаси билан таъминланди.
Иккинчидан ОТФ-Ф2-65 “А3В5” типидаги монокристалларнинг сиртидан паст энергияли ионларнинг сочилиш қонуниятларини тадқиқ қилиш” мавзусидаги фундаменталь грант бўйича лойихалар таййорланмоқда.
Грантлар доирасида таййорланган илмий мақолалар ва тезислар
1. Kutliev U., Karimov M., Sadullaeva B., Otaboev M. Investigation of the ion scattering process from the A3B5 semiconductors by the computer simulation method // COMPUSOFT, An International Journal of Advanced Computer & Engineering Technology. April-2018 (Volume-VII, Issue-IV). - P.2749-1751.
2. Кутлиев У.О., Курбанов М.К., Каримов М.К., Тангриберганов И.У. Отабоева К. Исследование малоугловое рассеяния ионов с поверхностью InP(001) // Научно–технический журнал ФерПи. 2018. Том 22 .№ 2.- C.19-24.
3. Karimov M. K., Tangriberganov I. U., Qurbanov M. K., Kutliev U. O., Otaboev M. U. Angular and energy distributions of low-energy argon ions at the scattering from AIIIBV semiconductor surface // Actual problems of moderen science, education and training in the region. 2018. II. P.5-16.
4. M Khalilloev, A Atamuratov, A Yusupov Simulation of DIBL effect and sub-threshold swing in low power junctionless MOSFETs with different geometries // International Journal of Applied Science - Research and Review, 2018, Volume: 5 DOI: 10.21767/2394-9988-C1-003
5. A. E Atamuratov, Z. A Atamuratova, A Yusupov New fast method for reading charge bit stored in MNOSFET // International Journal of Applied Science - Research and Review, 2018, Volume: 5 DOI: 10.21767/2394-9988-C1-003
6. A. Abdikarimov1, Z A Atamuratova1 and A Yusupov2 Simulation study of short channel effects in low power FinFETs with different body shape and geometries // International Journal of Applied Science - Research and Review, 2018, Volume: 5 DOI: 10.21767/2394-9988-C1-003
7. Халиллоев М.M., Атамуратов А.Э. Зависимость DIBL эффекта от формы канального слоя в безпереходном МОП- транзисторе // Яримўтказгичлар физикасининг ва қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантиришнинг замонавий муаммолари мавзусида Республика илмий-амалий анжумани.- Андижон. 20-21 апрель, 2018. - б.91-93.
8. М.М. Халиллоев, А.Э. Абдикаримов, З. Атамуратова, Б. Жабборова, А.Э. Атамуратов. Короткоканальные эффекты в безпереходном МОП-транзисторе с различным уровнем легирования и формой базы // Республиканской научно-практической конференции участием зарубежных ученых «Инновационные технологии в науке и образовании». – Нукус. 20-21 ноября, 2018. – С. 106-107.
9. Халиллоев М.М., Атамуратов А.Э. Влияние формы канального слоя в безпереходном МОП-транзисторе на крутизну подпороговой переходной характеристики // Муҳаммад ал-Хоразмий издошлари мавзусидаги Республика илмий-техникавий анжумани – Урганч. 27-28 апрель, 2018. – б.68-69
10. Халиллоев М.М., Атамуратов А.Э. Зависимость крутизны передаточной характеристики от боковых линейных размеров затвора и скрытого оксидного слоя в беспереходном МОП-транзисторе // Физика фанининг ривожида истеъдодли ёшларнинг ўрни РИАК-XI-2018 – Тошкент. 11-12 май, 2018 – б.25-26
11. Халиллоев М.М., Жаббарова Б.О., Атамуратов А.Э. Влияние формы канального слоя и бокового расширения затвора на пороговое напряжение в безпереходном МОП-транзисторе // Материалы международной конференции «Oптические и фотоэлектрические явления в полупроводниковых микро- и наноструктурах». - Фергана. 25-26 мая, 2018.- C. 295-296
12. Матякубов Н.Ш., Каримов М.К., Курбанов М.К., Кутлиев У.О., Собиров Р. Изучение характерных траектории рассеяных ионов с поверхностью InP(001) при бомбардировке ионами Ar+ и Ne+ // Яримўтказгичлар физикасининг ва қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантиришнинг замонавий муаммолари мавзусида Республика илмий-амалий анжумани.- Андижон. 20-21 апрель, 2018. - Б.36.
13. Матякубов Н.Ш., Каримов М.К., Курбанов М.К., Кутлиев У.О., Садуллаева Б. Закономерности рассеяния ионов с поверхностью InP(001) при малых углах скольжениях // Яримўтказгичлар физикасининг ва қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантиришнинг замонавий муаммолари мавзусида Республика илмий-амалий анжумани.- Андижон. 20-21 апрель, 2018.- Б.39.
14. Каримов М.К., Кутлиев У.О., Oтабекова У.Э., Отабoева К.У. Энергетические распределения рассеянных ионов с поверхностью InP(001) // Седьмая Международная конференция по Физической Электронике IPEC-7. -Ташкент. 18-19 мая, 2018.- C.9.
15. Каримов М.К., Курбанов М.К., Кутлиев У.О., Отабoева К.У. Малоугловое рассеяния ионов с поверхностью InP(001) // Седьмая Международная конференция по Физической Электронике IPEC-7. - Ташкент. 18-19 мая, 2018. - C.14.
16. Каримов М.К., Матякубов Н.Ш., Отабоев М.У., Кутлиев У.О. Исследования малоугловое рассеяния ионов с поверхностью InP(001)<110> и <ī10> // Материалы международной конференции «Oптические и фотоэлектрические явления в полупроводниковых микро- и наноструктурах». - Фергана. 25-26 мая, 2018.- C. 208.
17. Каримов М.К., Курбанов М.К., Кутлиев У.О., Отабоева К. Рассеяния ионов с дефектной поверхностью InP(001) при малых углах скольжениях // Яримўтказгичлар физикасининг ҳозирги замон муаммолари республика илмий анжумани.- Ташкент. 26-27 октябрь, 2018. – Б.58-59.
18. Kutliev U.O., Karimov M.K., Otaboeva K.U., Otaboev M.U. Investigation of defect structures of AIIIBV semiconductors by the ion scattering spectroscopy // Республиканской научно-практической конференции участием зарубежных ученых «Инновационные технологии в науке и образовании». – Нукус. 20-21 ноября, 2018. – С. 48.
19. Urganch davlat universiteti dotsenti Komiljon Yakubov rahbarligida universitetning Fizika kafedrasi tadqiqotchilari Davron Qurbonov, Rustam Bazarbayev, magistrantlar va talabalar bilan birgalikda quyosh panellarini yig‘ish jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyada yig‘ilgan quyosh panellarining xususiyatlarini turli iqlim sharoitlarida tekshirish maqsadida laboratoriya qurilmasi yaratildi. Qurilma yordamida shamol tezligi, harorat, namlik yoritilganliklarning quyosh panellariga ta’sirini o‘rganish mumkin. Ushbu qurilma quyosh panellari ishlashining optimal sharoitlarini aniqlashda yordam beradi. Mazkur qurilma shu paytgacha bo‘lgan analoglarini kamchiliklarini hisobga olib bartaraf qilgan holda yaratildi. Qurilma yordamida quyosh elementlarida ishlatiladigan gidrofob materiallar xususiyatini va chang ta’sirini o'rganish imkoniyati mavjud.