Ilmiy tadqiqot faoliyati
"Fakultetlararo umumtexnika fanlari" kafedrasi ilmiy tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari.
1. Zamonaviy muxandislik nazariyasi va amaliyoti
2. Umummuxandislik fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va psxologik asoslari.
Kafedra ilmiy ishlari
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi katta o`qituvchisi Ismailov E.D. tomonidan 2018 yil 31 oktaybr sanasida “Способ для изготовления кирпича и стеновых блоков” mavzusidagi ixtirosi uchun hamda “Устройство для изготовления стеновых блоков” mavzusidagi foydali model uchun ariza topshirildi. Bu ixtiro va foydali model namunasi qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda xizmat qiladi.
Kafedra Belgorod Texnologiya Universiteti (2017 yil 17 avgustda imzolangan Memorandum) va Kumoh milliy texnologiya instituti (Janubiy Koreya 2017 yil 30 noyabrda imzolangan) bilan hamkorlik qiladi.
Kafedrada xorijiy muassasalar va mahalliy universitetlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha hamkorlik shartnomalari mavjud. Xorijiy muassasalar Janubiy Koreya respublikasi Kumox milliy texnologiya instituti va Jeju milliy universiteti bilan, mahalliy universitetlardan O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti va Samarqand Davlat universitetlari bilan ilmiy ishlar borasida hamkorlik qilinmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada “Lazer fizikasi” ixtisosligi bo'yicha 7 ta yosh professor-o'qituvchi mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Jumladan kafedra dotsenti A.R. Matnazarov “Lazer plazmasi ko'p zaryadli ionlarni lazerli mass-spektrometriya usuli yordamida tadqiq qilish” mavzusi bo'yicha doktorlik, kafedra o'qituvchilari Sh.A. Kadirov Samarkand davlat universiteti “Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasi ilmiy laboratoriyasida “Suyukliklarda termodinamik nobarqaror xolatlarining lazer spektroskopiyasi” yunalishida, A.I. Japaqov., S.K. Atabayev., D.I. Egamberganovlar “Lazer plazmasi ko'p zaryadli ionlarni tadqiq qilish” yo'nalishida mustaqil tadqiqotchilik asosida, N.Sh.Matyakubov Janubiy Koreyaning Jeju milliy universitetida “Ionli plazma yordamida atmosferadagi azot oksidlari mikdorini aniklash” yunalishida tayanch doktoranturada, O.I.Sobirov TDTU da “Lazer fizikasi” ixtisosligi bo'yicha doktoronturada, A.Bekjanov “Mexanika” ixtisosligi bo'yicha doktoranturada ilmiy ish olib bormokdalar.
2017-2020 yillarda kafedra professor o'qituvchilari tamonidan 4 tasi xalqaro grant soxibi bo'ldilar. Jumladan, kafedra o'qituvchisi A. Xasanov Germaniya Volkswagen Fondining SUMRICA loyixasida g'olib bo'lib ishtirok qildi. Loyixa Germaniya va O'rta Osiyo universitetlari bilan xamkorlikda 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, asosiy faoliyat turlari: yozgi maktablar, tematik va ma'muriy seminarlar, ilmiy izlanishlar va nashrlar bo'lib, ular uchta asosiy yo'nalish bo'yicha olib boriladi:
1) yerdan foydalanish va transport – integratsiyalashgan transportni rejalashtirish;
2) atrof muxitga zarar keltiradigan xarakat;
3) transport siyosati va moliyaviy masalalar.
Loyixa Germaniyaning Volkswagen Fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyixa doirasida xar yili Germaniya, Sloveniya, Qirg'iziston davlatlarida bo'lib o'tadigan loyixa doirasidagi seminarlarda qatnashib kelinmoqda. Kafedradan 2 ta professor o'qituvchi (2018 yilda R.S.Masharipov- “Mashina qismlari va uskunalarini loyixalash” kursi, 2020 yilda f-m.f.d. I.Yu.Davletov –“Elektr injinering va Radiotexnika” kursi) YuNESKO tashabbusi bilan tashkil qilingan UNITWIN OCW / OER (UUOOI) – Koreya davlatining YuNESKO bo'limi boshqarayotgan grant dasturida g'olib bo'ldilar. Bu grantning maqsadi sifatli ta'lim resurslari xamda o'quv materiallarini xamma uchun ochiq foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat. Kafedraning yana bir o'qituvchisi 2019 yil Kareya davlati Jeju universiteti e'lon qilgan doktorantura dasturida qatnashib g'olib bo'ldi va xozirda ushbu universitetda doktoronturada taqsil olmoqda.