Close

"Tasviriy san'at va muhandislik grafikasikafedrasi  tarixi

"Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi Pedagogika fakulteti tarkibida 1993 yilda "Chizmachilik, tasviriy va amaliy can'at" mutaxxasisligiga 25 ta talaba o'qishga qabul qilinishi bilan o'z faoliyatini boshlagan. Shu munosabat bilan "Texnikabiy va badiiy grafika" kafedrasi tashkil qilinib, muhandislik grafikasi va tasviriy san'at yo'nalishlari bo'yicha pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirildi.

Dastlab bo'lim viloyat umumta'lim maktablarida tasviriy san'at va chizmachilik fanlaridan mutaxassis o'qituvchilarga bo'lgan talabni qondirish uchun tashkil qilingan bo'lsa, keyinchalik o'ziga xos Xorazm amaliy san'ati maktabi va xalq hunarmandchiligining betakror an'analarini keng targ'ib qilish, uni yoshlarga puxta o'rgatish orqali keyingi avlodga qadimiy an'analarini saqlagan holda etkazish maqsadida amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar ishga taklif qilinib shu yo'nalish bo'yicha talabalar o'qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda bo'limda 100 ga yaqin talaba ta'lim olmoqda.

Bo'limda "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Talabalarga akademik qalamtasvir asoslari, rangtasvir, kompozitsiya,muhandislik grafikasi kabi mutaxassislik fanlari butun o'qish davri davomida chuqur o'rgatiladi. Shu bilan bir vaqtda ular xalq hunarmandchiligi va amaliy bezak san'ati turlarini ham o'rganadilar. Bu bilan bo'lg'usi pedagog umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida ijodiy mashg'ulotlarni o'zbek amaliy san'ati milliy an'analari asosida olib borish imkoniga ega bo'ladilar.

Bo'limda yo'nalish bo'yicha bakalavr tayyorlashning Respublikadagi turdosh yo'nalishlardan prinsipial farqi "mutaxaassislik" tushunchasiga va kadrlar tayyorlashga o'ziga xos yondashuvda ko'zga tashlanadi. Bu bo'lg'usi mutaxassislarni chuqurlashtirilgan kasbiy tayyorlashda o'z ifodasini topgan. Bo'lim tuzilishiga ko'ra murakkab organizm shaklida va uning tarkibida ko'plagan tuzilmalar faoliyat ko'rsatadi, hamkorlikda ish olib boradi. Bo'limga tegishli hamma o'quv auditoriyalari, kabinet va ustaxonalar har biri ma'lum bir yo'nalishga ixtisoslashtirilib, to'liq jihozlangan. Kafedra qoshida "Rassomchilik ustaxonasi", tasviriy va amaliy san'at hamda muhandislik grafikasi yo'nalishlari bo'yicha 4 ta to'garaklar, "Ijodkor" klublari faoliyatlari samarali bo'lyapti.

"Rassomchilik ustaxonasi" a'zolari tomonidan hozirgacha Urganch shahrida "Temir yo'lchilar shon-shuhrat muzeyi"ning loyihasi ishlab chiqilib, shunga asosan to'liq badiiy bezash va jihozlash ishlari bajarilib ishga tushirildi. Shuningdek ustaxona a'zolari tomonidan Xorazm Ma'mun akademiyasi, viloyat kasaba uyushmalar kengashining ma'muriy binosi, Urganch shahridagi qator akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o'quv binolari kabi ko'plagan inshootlarda badiiy bezash ishlari bajarildi.

Viloyat hokimligining tashabbusi bilan Urganch shahridagi Avesto majmuasida bo'lim talabalarining doimiy faoliyat ko'rsatuvchi eng yaxshi ijodiy ishlari ko'rgazmasi - kartinalar galereyasi tashkil qilingan. Bundan tashqari har yili ikki marta universitetda bo'lim talabalarining ijodiy ishlari ko'rgazmasini o'tkazish an'ananaga aylangan.

2006 yilda talabalarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarining ortishi va ularning talablarini hisobga olib kafedra qoshida "Rassomchilik studiyasi" ochilgan. Bu erda talabalar ijodiy ishlar bilan shug'ullanadilar, rassomchilikning zamonaviy yo'nalishlari bilan tanishadilar.

2006 yilda Misr Arab respublikasi O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat ishlari maslaxatchisi, Xelvon Universiteti professori Magdi Muxammad Mursi va Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti bilan "Taraflar" deb nomlangan hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko'ra o'zaro teng tаmoyilda byulletenlar, vaqtli nashrlar, ta'limga oid dasturlar, rejalar va uslubiy qo'llanmalar, bibliografik qo'llanmalar, adabiyotlar, axborot materiallari almashish, konsultatsiyalar, o'zaro izlanishlar olib borish, magistr va aspirantlarga birgalikda rahbarlik qilish, shuningdek, ilmiy anjumanlarda ishtirok qilish uchun o'qituvchi va professorlar almashuvini yo'lga qo'ydilar.

Taraflar o'zaro manfaatli ilmiy sohalarda qo'shma ilmiy va texnik ishlanishlar olib boradilar. Kitoblar, dasturlar talablar, ta'limga oid adabiyotlar tuzadilar, ikki taraflama dessertatsiya, ilmiy-izlanishlar va muhokamalarda ishtirok etadilar, Ushbu bitim 5 yil muddatga tuzilgan.

Kafedra Xorazm xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati maktablari an'analarini ilmiy o'rganish, talabalarni xalq amaliy san'ati turlari bilan tanishtirish va shu sohalardan ularni xalq ta'limi tizimida dars o'tishga tayyorlash maqsadida o'quv rejalariga Xorazm xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati yo'nalishlari bo'yicha maxsus kurslar kiritilgan. Bu kurslar bo'yicha ishchi o'quv dasturlari tuzilib, shu asosda o'quv-metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar tayyorlanjb nashrdan chiqarilgan.

Bo'lim o'quv xonalari va ustaxonalar bilan yetarlicha ta'minlangan.

Bu yerda standart fanlar - badiiy grafika, muhandislik grafikasi va amaliy san'at kabi yo'nalishlar bilan bir qatorda xalq hunarmandchiligi va amaliy san'at yo'nalishlariga ixtisoslashishga moslashtirilgan yangi fanlar bloki ham o'rganiladi. Shunga mos ravishda akademik tasviriy san'at uchun xarakterli bo'lgan va ta'lim oluvchilarning badiiy hunarmandchilik sohasidagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga maxsus yo'naltirilgan ta'lim metodlaridan foydalaniladi.

Xalq ustalari maktablari hamda ustoz-shogird an'analarini o'rganish, davom qildirish va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham diqqatga sazovor. Biror mutaxassislik fanlaridan o'zining alohida qobiliyatini namoyon qilgan hamda iqtidorli talabalar birinchi kursdayoq tajribali professor-o'qituvchilarga biriktiriladi va ular bilan qo'shimcha mashfulotlar tashkil qilinadi. Talabalarga 3-kursning boshidanoq o'zlarining qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olib malakaviy bitiruv ishi yo'nalishi (mavzusi)ni hamda ilmiy rahbari (ustozi)ni tanlashlariga imkoniyat beriladi. Buning uchun kafedrada ishlab chiqilgan malakaviy bitiruv loyihalarini balarish nizomi va metodik ko'rsatmalar har bir talabaga tarqatiladi. Talaba tanlagan mavzu va ilmiy rahbari kafedra yig'ilishida muhokama qilinib, tasdiqlanganidan keyin, talaba tomonidan bitiruv ishiga doir materiallar yig'ib boshlanadi, pedagogik amaliyot davrida shu bo'yicha tajriba-sihov o'qishlari tashkil qilinadi. Bularning hammasi ilmiy rahbar (ustoz) nazoratida olib boriladi.Agar malakaviy bitiruv ishi mavzusi xalq hunarmandchiligi turlari bo'yicha bo'lsa, u holda talabalar bevosita viloyatdagi tajribali hunarmandlarning ustaxonalariga bitiruv ishning amaliy qismini tayyorlash uchun yo'llanadilar.Talabalar hunarmandchilikning nozik sirlarini joyning o'zida o'rganishga harakat qiladilar. Shundan keyin yig'ilgan materiallar o'rganib chiqilib, tahlil qilinadi va imkoniyatiga qarab o'qish jarayoniga kiritiladi. Shu yo'l bilan Xorazm xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati an'analarini kengroq o'rganishga harakat qilinmoqda. Xalq hunarmandchiligiga talabalarni o'rgatishning bu metodini o'ziga xos topilma deb qarash ham mumkin.

Mutaxassis tayyorlashning yakuniy bosqichi - malakaviy bitiruv ishining har biri albatta nazariy va amaliy qismlardan iborat. Ikkala qismda ham o'quvchilar bilan darsda yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlarda tajriba o'tkazishni nazarda tutadigan pedagogik qism mavjud.Eng yaxshi malakaviy bitiruv loyihalari universitet binolarida namoyish qilinadi.

Kafedra a'zolari viloyat ta'lim muassasalariga grafika, tasviriy va amaliy san'at hamda badiiy hunarmandchilik sohasidagi mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil qila oladigan malakali o'qituvchilar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shadilar deb umid qilamiz.

Kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan a'zolarning asosiy qismi izlanuvchan, ilmga chanqoq, ijodkor o`qituvchilardan iborat. Ular o'z izlanishlarida tasviriy san'at va grafika fanlarini o'qitishning dolzarb muammolari bilan bir qatorda Xorazm amaliy san'ati va badiiy hunarmandchiligi maktabining o'rganilmagan qirralarini ochish, an'analarini saqlab keyingi avlodga etkazish ustida ham ishlayaptilar.

Hozirgi kunda 10 ta professor-o'qituvchi: shulardan 1ta professor 4 ta katta o'qituvchi. 2 ta o'qituvchi O'zbekiston rassomlar uyushma a'zosi hisoblanadi.

Kafedra a'zolari davlat ta'lim standartlaridan "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" bakalavriat yonalishi uchun 4 ta hamda "Muhandislik grafikasi" magistratura mutaxassisligi bo'yicha 4 ta na'munaviy o'quv dasturlarini tuzishda qatnashdilar. Shu dasturlar hozirgi kunda respublikamiz OO'Ylarida foydalanilmoqda. Hozirgacha mutaxassislik fanlarining asosiy qismlaridan o'qituvchilar tomonidan o'quv-metodik qo'llanmalar nashrdan chiqarilgan.

"Ta'lim tizimida grafika, tasviriy va amaliy san'at fanlarini o'qitishni takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy seminar doimiy faoliyat ko'rsatmoqda. Kafedra azolari tomonidan o'tgan o'quv yilida bitta monografiya, 7 ta o'quv-metodik qo'llanmalar, respublika ilmiy jurnallarida 25 ta maqola, Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashib, tezis e'lon qilindi. Kafedra o'qituvchilari E.Ro'ziev tomonidan tayyorlangan "Oliy o'quv yurtlarida grafika o'qituvchilari tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi 2005 yilda himoya qilingan.Kafedra a'zolaridan 3 ta tadqiqotchi ilmiy ish olib bormoqdalar.

Kafedra a'zolari viloyat ta'lim muassasalariga grafika, tasviriy va amaliy san'at hamda badiiy hunarmandchilik sohasidagi masg'ulotlarni talab darajasida tashkil qila oladigan malakali o'qituvchilar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shyaptilar.

Kafedra ma'rifiy ma'naviy tadbirlarda faol o'qituvchilarimizdan katta o'qituvchilar Ibodullaeva Nigora, Kamoladdin Niyozov, Tag'anov Ravshan, Xayitboev Diyorbek, Karimov Hamid, Шеров Дилшод, Қаландаров Шамсиддинлар o'qish o'qitish ishlarida faol ishtirok qilishmoqda.

 

Koнкурс

Koнкурс "Дуэл" ...

2021-06-28

На Хорезмском областном конкурсе «Дуэл» в области изобразительного искусства за 45 минут наши участники продемонстрировали свои работы ...

Подробно
Квалификационная практика студентов

Квалификационная практика студентов ...

2021-07-05

Группа из 191 студента Ургенчского государственного университета по специальности «прикладное искусство» проходит стажировку в Центре го ...

Подробно
Мастер-класс в стиле Риштанской школы гончарного дела

Мастер-класс в стиле Риштанской школы гончарного дела ...

2021-07-11

Мастер Риштанской школы керамики Бахтиёр Назиров посетил «Янгиарикский гончарный центр», расположенный в Янгиарикском районе Хорезмской ...

Подробно
Духовно-просветительское мероприятие на тему:

Духовно-просветительское мероприятие на тему: "Реформы для народа" ...

2021-07-14

Профессора и студенты факультета искусствоведения Ургенчского государственного университета совместно с Творческой школой Агахи в Хиве Хорезмской о ...

Подробно
«О мерах по дальнейшей поддержке талантливой молодежи, поступающей в высшие учебные заведения республики».

«О мерах по дальнейшей поддержке талантливой молодежи, поступающей в высшие учебные заведения республики». ...

2021-07-06

Старший преподаватель кафедры изобразительного искусства и инженерной графики факультета Искусствоведения УрГУ Н.Ибадуллаева провела беседа с жителя ...

Подробно
Конкурс

Конкурс ...

2019-05-15

Фестиваль творческой молодежи «Весна Узбекистана – 2019» прошел в Хиве. Абдуллаева Мадинаб студентка УрДУ 181- изобразительное ис ...

Подробно
Конкурс

Конкурс ...

2019-05-14

В Чирчикском государственном педагогическом институте студенты высших учебных заведений участвовали во 2-й  республиканской  олимпиаде и ...

Подробно
Конкурс

Конкурс ...

2019-02-26

Студентка 2 курса факультета изобразительного искусства и инженерной графики педагогического факультета, Джалолова Феруза, «100 лучших иннова ...

Подробно
Конкурс

Конкурс ...

2019-03-05

Мы искренне убеждены, что наши молодые люди должны быть честными  в служении нашей стране студент 3 курса педагогического факультета в номинац ...

Подробно

Kafedraning ilmiy anjumanlardagi faoliyati:

2011 yilning may oyida bo‘lib o‘tgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Tasviriy va amaliy san’at, chizmachilikdan pedagog kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
2013 yilning aprel oyida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida bo‘lib o‘tgan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga rahbar hamda pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning muammo va echimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 
2015 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Uzluksiz ta’lim tizimining chizma geometriya va muhandislik grafikasi yo‘nalishida pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy nazariy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 
2015 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti “O‘zbekiston zamonaviy san’ati: an’ana va innovatsiyalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 
2015 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogik kadrlar tayyorlash: tarixiylik, zamonaviylik, istiqbol” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. 
2015 yil Urganch Davlat universitetida “Diniy ekstimizm va terorizmga qarshi kurashning ma’naviy va ma’rifiy asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy –amaliy seminarida ishtirok etishdi. 
2015 yilning may oyida Rossiya federatsiyasining Kozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Innovatsionnыe pedagogicheskie texnologii” mavzusida II - xalqaro ilmiy konferensiyasida kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi
2016 yil 15 mart oyida Andijon shahrida “YOshlarni qo‘shimcha kasbga tayyorlashning ijtimoiy pedagogik masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida qatnashishdi. 
2017 yil 26-27 yanvar kunlari Ukraina davlatining Pereyaslav- Xmelnitskiy shahrida IX-Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etishdi. 
2017 yil 26 fevralda Ukraina davlatining Pereyaslav-Xmelnitskiy shahrida «Aktualnыe vыzovы sovremennoy nauki» X-Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etishdi. 
2017 yil 10 yanvar oyida Kafedra o‘qituvchilari Urganch Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “YOshlarga oid davlat siyosati – jamiyat taraqqiyotining omili” mavzusidagi respublika ilmiy –amaliy seminarida qatnashishdi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

“Ta’lim tizimida grafika, tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitish metodlarini takomillashtirish hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish”

-2010 yilda 1 ta darslik (Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi) va 1 ta o‘quv qo‘llanma (Geometrik va proeksion chizmachilik) OO‘MTV grifi bilan nashr etilib, respublika OTM lari ta’lim jarayoniga joriy qilindi.
-2011 yilda Davlat patent idorasining sanoat namunasiga 3 ta patenti olindi (E.Ro‘ziev, R.Tog‘onov). 
-2011 yilda KHK lari uchun “Qurilish chizmachiligidan mashqlar va topshiriqlar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasi nashr etilib, KXKlari ta’lim jarayoniga joriy qilindi. -2011 yilda kafedrada OTM lari talabalari uchun yaratilgan “Arxitektura-qurilish chizmachiligi” va “Arxitektura-qurilish chizmachiligidan topshiriqlar” o‘quv qo‘llanmalariga OO‘MTV ning grifi olindi va 2014 yilda nashrdan chiqarildi. -Kasb-hunar kollejlari uchun “CHizmachilikdan grafik topshiriqlar” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 09.06.dagi 220-sonli buyrug‘iga asosan Vazirlik grifi berildi. 
-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat yo‘nalishida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan malakaviy amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma Urganch -2014
- Xiva naqqoshlik maktabi O‘quv- uslubiy qo‘llanma Urganch 2014 y
- «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida Pedagogika amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma» (Ibodullaeva Nigora, Xaitboev Diyorbek) 
- “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat yo‘nalishida talabalar mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” (Ibodullaeva Nigora Niyozov Kamoladdin) 
-“Pedagogik tadqiqotlar” ilmiy metodik to‘plam professor E.Ro‘ziev muharrirligida har yili chop qilinadi.