Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University


Matematika fan to'garagi

Matematika fan to'garagi

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarorining 1-ilovasi 29-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida Matematik tahlil kafedrasi qoshida “Matematika” fan to‘garagi tashkil qilingan. Ushbu matematika fan to‘garagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning ilmiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish va bakalavriat talabalarini qo‘shimcha matematik tayyorgarligini oshirish uchun tashkil qilingan bo‘lib, unda talabalar fan olimpiadalariga, turli xil tanlovlarga va ilmiy ijod qilishga yo‘naltiriladi.

2024-2025 o'quv yili “Matematika” fan to‘garaki faoliyati

      “Matematika” fan to‘garakiga 2024-2025 o‘quv yilida  80 nafardan ortiq talabalar jalb qilindi.

     “Matematika” fan to‘garaklari olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

1) Xujamov J.U. – f.-m.f.n., dotsent, Fizika-matematika fakulteti dekani.

2) Vaisova M.D. – f.-m.f.n., dotsent, Matematik taxlil kafedrasi dotsenti.

3) Sharipov R. A. – PhD, Matematik taxlil kafedrasi mudiri.

4) Bekmetova S.A. – Matematik taxlil kafedrasi katta o‘qituvchisi.

5) Abdullayev J.Sh. – PhD, Matematik taxlil kafedrasi dotsenti.

6) Fayzullayev Bekzod.  – Amalaiy matematika va matematik fizika kafedrasi o‘qituvchisi

     To‘garak a’zolari 2024-2025 o‘quv yilida Respublika va Xalqaro matematika fan olimpiadalarida hamda fan turli xil tanlovlarga faol qatnashib sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

     1) International Student Team Competition in Mathematics (ISTCiM-2024) 2024 yil 8-10-noyabr kunlari Polshaning Katovitse shahrida Katovitse (Polsha) Sileziya universiteti va Polsha matematika jamiyati hamkorligida Matematika bo‘yicha xalqaro talabalar jamoaviy olimpiadasi bo‘lib o‘tdi (Web-sayt: https://istcim.math.us.edu.pl/). Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti matematika va amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari va magistrantlardan 5 nafar talabadan iborat  terma jamoa qatnashdi. Olimpiada natijalariga ko‘ra, terma jamoa tarkibidagi talabalardan 1-kurs matematika mutaxassisligi magistranti Rasul Qo‘shnazarov Kumush medal va ikkinchi darajali diplom va  222-matematika guruhi talabasi Anvarbek Masharipov Kumush medal va ikkinchi darajali diplom sohibi bo‘lishdi.

     2) Siberian Mathematical Competition (SMO-2024) 2024 yil 24-noyabr kuni Novosibirsk davlat Universiteti tomonidan o‘tkazilgan Ochiq xalqaro talabalar matematika olimpiadasi “Siberian Mathematical Competition (SMO-2024)” bo‘lib o‘tdi. Olimpiadani o‘tkazilishida hamkor universitet sifatida Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talabalar qatnashi uchun maxsus xona (platforma) tashkil qilindi. Fizika-matematika fakulteti talabalaridan 1-kurs 6 nafar va 2-4 kurs 6 nafar talabalardan iborat 2 ta terma jamoa qantashdi. Yakka tartibda 4 nafar talabalar qatnashdilar. (Web-sayt: https://smc.nsu.ru). Olimpiada natijalariga ko‘ra, 2-kurs amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi Saidov Sherzodbek II-darajali diplom (kumush medal), 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi Masharipov Anvarbek III-darajali diplom (bronza medal), sohibi bo‘ldilar.

     3) Talabalari uchun matematika fanidan 2-xalqaro olimpiada (RUDN MATH OLYMP) 2024-yil 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida talabalar o‘rtasida  "RUDN МАТН OLYMP" xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi. (https://t.me/rudnmo/55, Web-sayt: https://math-olymp.rudn.ru/ ) Unda Urganch davlat universitetining Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi oʻqituvchisi Bekzod Fayzullayev rahbarligida 4 nafar talabadan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Olimpiada natijalariga koʻra Fizika-matematika fakulteti 213-matematika guruhi talabasi Rinatbek  Chorshamov 1-darajali diplom qoʻlga kiritib, Oltin medal sohibi bo‘ldi.

                

4) Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika bo‘yicha V- Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) 2025-yil 13-18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika bo‘yicha V Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada Urganch davlat universiteti talabalari ham faxrli ishtirok etib, individual tarzda 1 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, jamoaviy hisobda 2 ta jamoa kumush  medalga sazovor bo‘ldilar.

Individual bellashuvda:

1) Anvarbek Masharipov – Fizika-matematika fakulteti 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi - kumush medal

2) Rinatbek Chorshamov – Fizika-matematika fakulteti 4-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi - kumush medal

3) Muslima Davronbekova – Fizika-matematika fakulteti 2-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi - bronza medal

4) Sherzodbek Saidov – Fizika-matematika fakulteti 2-kurs amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi - oltin medal

5) Sobirov Hojiakbar– Fizika-matematika fakulteti 2-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi - kumush medal

Jamoaviy bellashuvda:

Urgench State University (team 1) – kumush medal

Urgench State University (team 2) – kumush medal

    

    

 

     5) akademik Azimboy Sadullayev nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi (SIMO-2025)  Joriy yilning 26–29-iyun kunlari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti tashabbusi bilan O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida universitet talabalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha akademik Azimboy Sadullayev nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi (SIMO-2025) bo‘lib o‘tdi (π olimpiadasi, t.me/piolympiad).

          Ushbu olimpiadada Abu Rahyon Beruniy nomidagi Urganch  davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ham Matematik tahlil kafedrasi dotsenti Jonibek Abdullayev  raxbarligida  faxrli ishtirok etib, individual tarzda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo′lga kiritishdi. Shuningdek, jamoaviy hisobda universitetimiz talabalari eng yuqori natijani ko‘rsatishdi.

1) Sherzodbek Saidov  – oltin medal

2) Muslima Davronbekova  – oltin medal

3) Anvarbek Masharipov – oltin medal

             4) Rasul Kushnazarov – kumush medal

5) Hojiakber Sobirov – kumush medal

             6) Mushtariy Rahimova  –  bronza medal

Jamoamiz talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz. Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.