Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Ilmiy ishlar

O‘zbek adabiyoti kafedrasida ilmiy salohiyat 90.9%ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ilshlari olib bormoqdalar Bular:
1. O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Xorazm adabiy muhitining o‘rni. 
2. Xorazm og‘zaki va yozma adabiy manbalari. 
Kafedra qoshida muntazam ravishda ilmiy-nazariy seminar faoliyat yuritmoqda. 
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlar quyidagicha: 
1. Salomat Matkarimova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 70 dan ortiq maqolasi, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Tabibiy – tazkiranavis” monografiyasi chop etilgan.

  1. 2. Safarboy Ro‘zimboyev - filologiya fanlari doktori, professor. 20 dan ziyod turli monografiya va kitoblar, 200 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir. Uning rahbarligida “Go‘ro‘g‘li” turkumiga oid 16 ta, “Oshiq” turkumiga oid 20 dan ziyod doston 6 jildlik kitob holida nashr etildi. U  10dan ortiq tadqiqotchining nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan,10 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalariga opponentlik qilgan.
  2. 3. Dilshod G‘ayipov - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 80 dan ortiq maqola, 1 ta monografiya, 1 ta ilmiy risola, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma 2 ta uslubiy ko‘rsatmalari e’lon qilingan. Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devonini (hamkorlikda), Otaniyoz Niyoziyning she’rlaridan tashkil topgan “Jamoling orzu aylab” kitobini nashrga tayyorlagan. 
    San’at Sariyev - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 90 ta maqola, 1ta monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiyanoma chop ettirgan. 
    5. Manzura Pirnazarova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 60 dan ortiq maqola, 1ta monografiyasi e`lon qilgan. 
    6. Bekposhsha Rahimova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 79 maqola 1ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta risola, “Filmahmud” dostonini nashrga tayyorlagan. 
    7. Nasiba Jumaniyozova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. 45 maqola, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop ettirgan. 
    8. Saida Qurbonova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. 51ta maqola, 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanm nashr ettirgan. 
    9. Mohigul Yuldasheva - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. 45 maqola, 1 ta monografiya, 5 ta ilmiy-amaliy, uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
  3. Is’haqjon Ismoilov - filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. 68 ta maqola, 1 ta monografiya, 1ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ilmiy ommabop risola nashr ettirgan.
  4. Sarvar Atajonov –o`qituvchi. 20 ta maqola chop ettirgan.