Kafedra ilmiy ishlari
2021 yil davomida kafedra professor - o‘qituvchilari 10 tadan ortiq maqola xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida, 15 tadan ortiq maqola Respublika miqyosidagi jurnallarda, 50 dan ortiq tezislar Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda, 5 dan ortiq tezislar xalqaro miqyosda o‘tkazilgan anjumanlarda chop qilindi.
“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” кафедрасида “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasi raqobatbardoshligini oshirish tendentsiyalari”, “Zamonaviy tendentsiyalar asosida turizm sohasini barqaror rivojlantirishning dolzarb masalalari” yo`nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda Olingan ilmiy natijalar Respublika va xorijning nufuzli jurnallarida chop qilindi.
Hisobot yilida kafedraning ilmiy salohiyati 20,6% (asosiy shtatda 17,6%) ni tashkil qildi. Kafedrada professor-o`qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish bo`yicha reja asosida izchil ravishda chora tadbirlar olib borilmoqda. 2021 yilda 1 nafar professor-o`qituvchi fan doktori, 11 nafar professor-o`qituvchi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. 1 nafar professor-o`qituvchi doktoranturada, 6 nafari tayanch doktoranturada, 4 nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida va 1 nafar professor-o`qituvchi stajor-tadqiqotchi sifatida tahsil olmoqda.
Kafedraning 4 nafar professor-o`qituvchisi Saidmamatov Olimjon Aminboy o`g`li boshchiligida Amerika elchixonasining “UNICEN” dasturi bo`yicha “Developing MOOC on Ecotourism of Uzbekistan” nomli granti bo`yicha faoliyat olib bordi. Ilmiy grantning umumiy moliyalashtirish hajmi 7670 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ilmiy grant bo`yicha elektron darslik yaratildi va EdX platformasiga joylandi: https://edx.cakn.online/courses/course-v1:ursu+uz-ecotourism+2021C2/about
10.10.2021. Kafedra jamoasi YUNESKO tashkilotining 2020-2021-yillar uchun Qatnashuv dasturi tanlovida “Orol boʻyi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yoʻnalishida daromad olish imkoniyatlari” nomli loyiha bilan g`olib bo`ldi. Ushbu loyiha Orol bo`yi hududlarida turizm ko`nikmalarini oshirish uchun mo`ljallangan va 2022-yil amalga oshirilishi kutilyapti.
“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” kafedrasi professor o’qituvchilari muntazam ravishda Respubliklamizda o`tkazilgan inovatsion g’oyalar tanlovlarida faol qatnashib kelmoqdalar, Kafedra o`qituvchisi Yo`ldoshev Hakimboy № C-PF-55 raqamli “O`zbekistonning turistik shaharlarining 3 D va VR BOX modellarini yaratish” bo`yicha loyihasini ustida ish olib bormoqda. Loyiha bo`yicha Xiva shahridagi madaniy meros ob`yektlarining 3D modellari yaratildi. O`tmish davrini jonlantirish maqsadida real tarixiy voqealar jonlantirildi. 32 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.
Amerikaning Florida Xalqaro Universiteti professori, Jinlin Zhao Fulbright dasturi yordamida kafedrada o`quv mashg`ulotlarni olib boorish uchun bir oyga keldi va bakalavr, magistr va doktorantlarga turizm yo`nalishi bo`yicha saboq berdi. Bir oyga yaqin davom etgan darslar “co-teaching” uslubida o`tkazildi va yosh o`qituvchilar zamonaviy o`quv metodlarini, internet yordamida darsni maroqli o`tkazish yo`llarini o`rgandilar. Bundan tashqari, prof.Jinlin Zhao kafedra a`zolari bilan birga bir nechta ilmiy maqolalar yozish ustida ish olib bormoqda.
Сервис фаолияти асослари, халқаро туризм, Туризм инфратузилмаси, Меҳмонхона хўжалигида режалаштириш, Меҳмонхона таъминоти, Меҳмонхона хўжалиги хавфсизлиги, Туризм кластери, Туризмда инновацион фаолият, Касбий этика, Экскурсия хизматларини ташкил қилиш, Ресторан бизнеси, Мехмонхонада хавфсизлик хизмати, Меҳмонхона хўжалигида стандартлаштириш ва сертификатлаштириш, Меҳмонхона хўжалигида хизматлар сифатини бошқариш, Ихтисослашган меҳмонхона турлари, Экологик туризм, Минтақавий туризм,Туроперейтинг, Меҳмонхона хўжалигида инновация, Миллий туризм маҳсулотлари ва брендлари, Туризмда оммавий тадбирларни ташкил этиш, Туристик фирмалар мониторинги, Туризмда логистика,Туризмни режалаштириш, Аниматорлик хизматини ташкил қилиш, Меҳмонхоналарда брендинг, Меҳмонхоналарда касбий этикет, Меҳмондустлик индустрияси, Туризмда ходимларни бошқариш, Туризмда лицензиялаш ва сертификатлаштириш,Туризм ва мехмонхона хўжалиги маркетинги, Туризмда геоахборот тизимлари,Туризм хизматлар бозори, Хорижий туристларга туристик хизматларни ташкил этиш, Турмаҳсулотлар маркетинги,Туристик кластер, Туризм хизматлар бозорида рақобат, Махсус фанларни ўқитиш методикаси, Экскурсия хизматини ташкил этиш ва бошқариш, Меҳмондўстлик ва туризм соҳасига кириш