Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Kafedra ilmiy ishlari

2021 yil davomida kafedra professor - o‘qituvchilari 10 tadan ortiq maqola xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida, 15 tadan ortiq maqola Respublika miqyosidagi jurnallarda, 50 dan ortiq tezislar Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda, 5 dan ortiq tezislar xalqaro miqyosda o‘tkazilgan anjumanlarda chop qilindi. 

“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” кафедрасида “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasi raqobatbardoshligini oshirish tendentsiyalari”, “Zamonaviy tendentsiyalar asosida turizm sohasini barqaror rivojlantirishning dolzarb masalalari” yo`nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda Olingan ilmiy natijalar Respublika va xorijning nufuzli jurnallarida chop qilindi.

Hisobot yilida kafedraning ilmiy salohiyati 20,6% (asosiy shtatda 17,6%) ni tashkil qildi. Kafedrada professor-o`qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish bo`yicha reja asosida izchil ravishda chora tadbirlar olib borilmoqda. 2021 yilda 1 nafar professor-o`qituvchi fan doktori, 11 nafar professor-o`qituvchi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. 1 nafar professor-o`qituvchi doktoranturada, 6 nafari tayanch doktoranturada, 4 nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida va 1 nafar professor-o`qituvchi stajor-tadqiqotchi sifatida tahsil olmoqda.

Kafedraning 4 nafar professor-o`qituvchisi Saidmamatov Olimjon Aminboy o`g`li boshchiligida Amerika elchixonasining “UNICEN” dasturi bo`yicha “Developing MOOC on Ecotourism of Uzbekistan” nomli granti bo`yicha faoliyat olib bordi. Ilmiy grantning umumiy moliyalashtirish hajmi 7670 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ilmiy grant bo`yicha elektron darslik yaratildi va EdX platformasiga joylandi: https://edx.cakn.online/courses/course-v1:ursu+uz-ecotourism+2021C2/about

10.10.2021. Kafedra jamoasi YUNESKO tashkilotining 2020-2021-yillar uchun Qatnashuv dasturi tanlovida “Orol boʻyi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yoʻnalishida daromad olish imkoniyatlari” nomli loyiha bilan g`olib bo`ldi. Ushbu loyiha Orol bo`yi hududlarida turizm ko`nikmalarini oshirish uchun mo`ljallangan va 2022-yil amalga oshirilishi kutilyapti.

“Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish” kafedrasi professor o’qituvchilari muntazam ravishda Respubliklamizda o`tkazilgan inovatsion g’oyalar tanlovlarida faol qatnashib kelmoqdalar, Kafedra o`qituvchisi Yo`ldoshev Hakimboy № C-PF-55 raqamli “O`zbekistonning turistik shaharlarining 3 D va VR BOX modellarini yaratish” bo`yicha loyihasini ustida ish olib bormoqda. Loyiha bo`yicha Xiva shahridagi madaniy meros ob`yektlarining 3D modellari yaratildi. O`tmish davrini jonlantirish maqsadida real tarixiy voqealar jonlantirildi. 32 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

Amerikaning Florida Xalqaro Universiteti professori, Jinlin Zhao Fulbright dasturi yordamida kafedrada o`quv mashg`ulotlarni olib boorish uchun bir oyga keldi va bakalavr, magistr va doktorantlarga turizm yo`nalishi bo`yicha saboq berdi. Bir oyga yaqin davom etgan darslar “co-teaching” uslubida o`tkazildi va yosh o`qituvchilar zamonaviy o`quv metodlarini, internet yordamida darsni maroqli o`tkazish yo`llarini o`rgandilar. Bundan tashqari, prof.Jinlin Zhao kafedra a`zolari bilan birga bir nechta ilmiy maqolalar yozish ustida ish olib bormoqda.