Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


2025-2026 o'quv yili “Matematika” fan to‘garaki

2025-2026 o'quv yili “Matematika” fan to‘garaki

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarorining 1-ilovasi 29-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida Matematik tahlil kafedrasi qoshida “Matematika” fan to‘garagi tashkil qilingan. Ushbu matematika fan to‘garagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning ilmiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish va bakalavriat talabalarini qo‘shimcha matematik tayyorgarligini oshirish uchun tashkil qilingan bo‘lib, unda talabalar fan olimpiadalariga, turli xil tanlovlarga va ilmiy ijod qilishga yo‘naltiriladi.

BAKALAVRIAT  TALIM YO‘NALISHLARI  TALABALARI UCHUN «MATEMATIKA» FAN TO‘GARAGI NIZOMI

 

2025-2026 o'quv yili “Matematika” fan to‘garaki faoliyati

      “Matematika” fan to‘garakiga 2025-2026 o‘quv yilida  80 nafardan ortiq talabalar jalb qilindi.

     “Matematika” fan to‘garaklari olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

1)  Xujamov J.U. – f.-m.f.n., dotsent, Fizika-matematika fakulteti dekani.

2)  Vaisova M.D. – f.-m.f.n., dotsent, Matematik taxlil kafedrasi dotsenti.

3)  Sharipov R. A. – PhD, Matematik taxlil kafedrasi mudiri.

4)  Bekmetova S.A. – Matematik taxlil kafedrasi katta o‘qituvchisi.

5)  Abdullayev J.Sh. – PhD, Matematik taxlil kafedrasi dotsenti.

6)  Ismailov I..  – Matematik taxlil kafedrasi o‘qituvchisi

  To‘garak a’zolari 2025-2026 o‘quv yilida Respublika va Xalqaro matematika fan olimpiadalarida hamda fan turli xil tanlovlarga faol qatnashib sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

     1) Talabalari uchun matematika fanidan 3-xalqaro olimpiada (RUDN MATH OLYMP) 2025-yil 26-noyabr – 30-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida talabalar o'rtasida  "RUDN МАТН OLYMP" xalqaro matematika olimpiadasi bo'lib o'tdi.  Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Matematik tahlil kafedrasi oʻqituvchisi Islombek Ismailov rahbarligida 4 nafar talabadan iborat jamoasi faol ishtirok etib, jami 4 ta medallarni qo'lga kiritishdi. Xususan, individual tarzda 1 ta Oltin, 1 ta Kumush, 2 ta Bronza medallarga sazovor bo'lishdi.

1) Anvarbek Masharipov – Fizika-matematika fakulteti 4-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 1-darajali diplom, Oltin medal;
2) Sherzodbek Saidov – Fizika-matematika fakulteti 3-kurs amaliy matematika ta'lim yo‘nalishi talabasi — 2-darajali diplom, Kumush medal;
3) Hojiakbar Sobirov Fizika-matematika fakulteti 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 3-darajali diplom, Bronza medal;
4) Muslima Davronbekova  Fizika-matematika fakulteti 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 3-darajali diplom, Bronza medal.