Ma’lumki hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining jahonda tutgan o’rni va ahamiyati albatta ko’p jihatdan uning taraqqiy etish darajasi, dunyo ilm-fanining rivojlanishiga nechog’lik muvofiqligi, o’zining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ishonchli ilmiy asos yaratganligi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, bugungi kunda olimlarimiz oldiga mamlakatimizning hamma sohalari bo’yicha mavjud bo’lgan muammolarni aniqlash va bu muammolarni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarni joriy etish bilan echish, ilm – fan va ishlab chikarish integrasiyasini amalga oshirish bilan qadrlar tayyorlash tizimida ilm-fanning uzviyligini qaror toptirish, yani ilm-fanning talim amaliyoti bilan mustahkam aloqasini taminlash orqali barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ayni vaqtda, davlat modernizasiya dasturi hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturining qo’shimcha bandlari respublikamiz ilm ahli oldiga yangidan – yangi talablarni qo’ydi.
Kafedraning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi va ilmiy- pedagogik kadrlar bilan boyitildi. Bugungi kunda jamoamiz oldida fakultetimizning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, laboratoriyalar tashkil etish, ularni texnik vositalar, uskunalar bilan jihozlash, fanning dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ta’lim va fandagi izlanishlarimizni jahon ilm-fani bilan keng ko’lamda integrasiyalash, olimlar salohiyatini oshirish, yosh iste’dodli olimlarni tarbiyalab etishtirish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan maxsus dastur asosida ishlash kabi asosiy vazifalar turibdi.
Talabalar kontingenti jami bakalavriat 955 nafarni tashkil qiladi.
Biologiya kafedrasi olimlari davlatimiz iqtisodiy siyosatining uchdan ortiq ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Hisobot yilida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 144 ta ilmiy ishlar chop qilindi, shundan 46 tasi Respublika miyosida ilmiy jurnallarda chop qilingan ilmiy ishlar bo’lib, Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda 44 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 8 ta, Scopus jurnalida 10 ta ilmiy maqola, Xalqaro ilmiy konferensiyalarda 31 ta va 3 ta o’quv-uslubiy qo’llanma chop qilindi.
2020-2021 yilda asosiy e’tibor professor-o’qituvchilarning dars yuklamalarini to’la va sifatli bajarishlarini ta’minlashga, uslubiy materiallar tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda professor-o’qituvchilarni faol ishtirok etishini ta’minlashga, ijro intizomini mustahkamlashga, yuqori tashkilotlar topshiriqlarini o’z vaqtida bajarishga qaratildi. Ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Biologiya kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustivor yo’nalishlari
Kafedramiz professor-o’qituvchilari quyidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:
1. “O’simlikshunoslik” yo’nalishi - 06.01.08
Ushbu yo’nalishda ish olib boruvchilar: q.x.f.d. prof. Satipov G’. q.x.f.n., dots. Allaberganova Z.B., q.x.f.n., dots. Ismayilova I., Nurullayeva M., Zaripova N., Sapayeva G., Matkarimova M., Yusupov X.)
2021 yil 1 yanvardan G.Sapayeva va M.Matkarimovalar O’simlikshunoslik yo’nalishi bo’yicha tayanch doktaranturaga qabul qilindilar. G.Sapayeva “Xorazm viloyati o’tloq-allyuvial tuproqlarida yangi va istiqbolli javdar navlarini mahsuldorligini o’rganish“ mavzusida va M.Matkarimova “Xorazm tuproqlarida takroriy ekilgan kunjut navlarinidan yuqori hosil olishda ekish me’yorlari ta’sirini ilmiy asoslash”mavzusidagi dissertasiya ishi bo’yicha tayanch doktaranturada (PhD) ilmiy – tadqiqot ishini olib boryaptilar.
2. “Zoologiya yo’nalishi - 03.00.06.
Ushbu yo’nalishda ish olib boruvchilar: b. f. d., prof. Abdullayev I., (Ph) falsafa fanlari doktori Matyoqubov Z., dots. Raxmanova A, katta o’qituvchi Yadgarova N., Iskandarov A., Jumaniyozova T., Jumanazarov X.)
2019 yil 1 yanvardan Q.Razzakov “Xorazm vohasi karam agrosenozi entomofaunasi:shakllanishi, funksiyalanishi va ularni boshqarishning zamonaviy biologik asoslari” mavzusida N.Yadgarova “Xorazm viloyati poliz ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi qurash choralari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini yaqunlash arafasida.
3.“Odam va xayvon fiziologiyasi” yo’nalishi - 03.00.08.
Ushbu yo’nalishda ish olib boruvchilar: b.f.n., (PhD) doktori Raximova Sh. Igamova O.)
Joriy yil yanvar oyida Sh.Raximova. “Eksperimental diabet negizida turkesteronning nutriyentlar assimilyasiyasiga ta’siri”mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini himoya qildi.
4.“Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik ” yo’nalishi - 06.01.02.
Ushbu yo’nalishda ish olib boruvchilar - q.xf.n., dots. Z.Tajiyev va Ollanazarov S.
5. “Ekologiya” yo’nalishi - 03.00.10
Ushbu yo’nalishida ish olib boruvchilar. Jumaniyozova N., Yo’ldashev K.)
2018 yil 1 yanvaridan Jumaniyozova Navbahor “Xorazm viloyati sharoitida ekologik omillarning qovoq hosildorligiga ta’siri” mavzusida dissertasiya ishi bo’yicha tayanch doktoranturada ilmiy-tadqiqot ishini yakunlash arafasida. Fanlardan minimumlarni topshirgan. Seminarlardan o’tgan.
Shuningdek, K.Yo’ldashev “Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo’jalik korxonalari oqava suvlarida yuksak o’simliklarini ko’paytirish va suvni tozalash” mavzusida ilmiy ishlar olib bormoqda. Fanlardan minimumlar topshirgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini Respublikamiz iqtisodiyoti va ishlab chiqarishining o’sishiga ta’sir qiladigan qator tarmoq va korxonalar bilan hamkorlikda ishlash hamda ularning buyurtmalarini bajarish orqali amalga oshirishmoqda.
Biologiya kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati
2021 – 2022 o’quv yilida Biologiya kafedrasida jami 43 nafar professor – o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan, 2 nafar professor, 6 nafar dotsent, 3 nafar (PhD) falsafa doctori, 4 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi, 24 nafar stajyor o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Asosiy shtatda - 34 nafar, ichki o’rindosh 4 nafar, tashqi o’rindosh 5 nafar professor o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagilar xisobiga 23 % ni tashkil etadi.
O’zbekiston faxriylarining ijtimoyi faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi Vasiylik kengashining 2021 yil 19 aprelda 1-sonli qaroriga asosan Satipov Gaipnazar Matvapayevich mehnat fahriysi II-darajali ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Maxpirat nomidagi O’rta Osiyo xalqlari tarixi institutining Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumining qarori 2021 yil 26 sentyabr (1/9-21-bayonnomasi) bilan Satipov G’aibnazar Matvapayevichga akademik ilmiy unvoni berildi.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari
Hisobot yilida ko’pgina professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar Respublika davlat dasturi doirasidagi Fan va texnologiyalar markazi (FTM) grantlari asosidagi va xorijiy jamg’arma grantlari asosidagi ilmiy loyihalarida qatnashib, o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shishdi.
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqat qilish “El –yurt umidi” jamg’armasi sertifikatiga kafedramizdan Latipova Ro’zajon va Djumaniyozova Yulduz Abdusharipovnalar sazovor bo’ldilar. Ular jamg’arma vasiylik kengashining 2021 yil 22 apreldagi qaroriga muvofiq stipendiya tanlovida malaka oshirish ta’lim dasturi bo’yicha g’olib deb topilgan stipendiantlar hisoblanadi.
Kafedra o`qituvchisi Latipova Ro`zajon 2021 yil 17-sentabrdan 19-noyabrgacha bo`lgan muddatda El-Yurt Umidi jamg`armasining xorijda malaka oshirish dasturi boyicha Sloveniya davlatining Koper shahridagi Primorska universiteti Matematika, Tabiiy fanlar, Informatsion texnologiyalar fakulteti, Genetika laboratoriyasida 2 oy mobaynida malakasini oshirib keldi. Malaka oshirish yakunida Primorska Universitetining sertifikati bilan taqdirlandi.
Halqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar.
Biologiya kafedrasi xalqaro hamkorligi ta’lim tizimini takomillashtirish, ayniqsa uni jahon standartlari darajasiga ko’tarish, malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish, professor- o’qituvchilar, katta ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalarning til va kasbiy malakalarini oshirish hamda ta’limning turli yo’nalishlari bo’yicha tajriba almashish maqsadlarida amalga oshirilmoqda. Lyublyana universiteti professori Gozard Drevensek joriy yil mart oyidan boshlab talabalarga biokimyo va genetika fanidan ingliz tilida dars berib boshladi.
Shuningdek, hamkorlikda markaz va laboratoriyalar tashkil qilish ham asosiy diqqat e’tiborda turibdi. Natijada fakultetimizda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar tomonidan ana shunday laboratoriyalar soni yildan – yilga ortmoqda. Bunda xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va jamg’armalarining hissalari katta bo’lmoqda. B.f.d. prof. I.Abdullayev va 2-kurs magistranti A.Iskandarovlar 2021yil 12-martdan 7 maygacha bo’lgan muddatda ERASMUS+ dasturning student (Project 2018-1-RO01-KA107-047708) xalqaro loyihasi doirasida Ruminiya davlatining Kluj Napokashahridagi Qishloq xo’jalik va veterrinariya tibbiyot universiteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” fakultetining o’quv amaliyotida ishtiroq etdilar. Shuningdek professor Abdullaev I.I.va Qishloq xo’jalik va veterrinariya tibbiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo’limining prorektori professor Andrei Mixalka bilan ikki tomonlama memorandum imzolanib, ikki tomonning kelgusidagi ishlari kelishib olindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayorlash va vatandoshlar bilan muloqat qilish “El-yurt umidi” jamg’armasi sertifikatiga kafedra stajyor – o’qituvchisi Berdiyeva Saboh Baxramovna sazovor bo’ldi. S.Berdiyeva jamg’arma vasiylikkengashining 2021yil 30 sentyabrdagi 6-son qaroriga muvofiq stipendiya tanlovida doktarantura ta’lim dasturi bo’yichag’olib deb topilgan stipendiant hisoblanadi. Hozirda dunyoda 228-o’rinda turuvchi Novosibirsk davlat universiteti doktoranti.
Kafereda talabalarni faqat xorijda o’qitish bilan cheklanmasdan, o’z navbatida, xorijiy talabalarni jalb qilish va o’qitishga ham katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda biologiya yo’nalishi bo’yicha 135 nafar xorijlik (Turkmanistonlik) talaba tahsil olmoqdalar.
Mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash
Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan kafedra va ixtisosliklar kesimida fan doktorlari safini yoshartirish, Katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar samaradorligini oshirish va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashni jadallashtirish asosida ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha 2021 yilgacha maqsadli dastur ishlab chiqilgan bo’lib, dasturga muvofiq ravishda ish yuritilib kelinmoqda.
Dasturga asosan mustaqil ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan professor-o’qituvchilar sharoitlarini o’rganish, ularga dissertasiya ishlarini himoya qilish uchun imkoniyat yaratib berish, bo’yicha ko’pgina ishlar olib borilmoqda.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
2021-2022 yil kafedramizda iqtidorli talabalarni izlab topish, qo’shimcha ravishda o’quv mashg’ulotlarini tashkil etib borish, ilmiy ishlarga yo’naltirish va malakali olib borishlarini ta’minlash hamda ularning Prezident stipendiyasi va Davlat stipendiyasi tanlovlariga, Respublika Fan olimpiadasiga yuqori darajada tayyorlash, turli chet el va mahalliy grantlarga jalb qilish borasida qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Kafedra iqtidorli talabalari bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadida ustoz – shogird maktabi tizimi yo’lga qo’yilgan.
Ayni vaqtda iqtidorli talabalar fakultet va universitet jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib kelishmoqda. 2-kurs magistranti A.Iskandarovlar 2021yil 12-martdan 7 maygacha bo’lgan muddatda ERASMUS+ dasturning student (Project 2018-1-RO01-KA107-047708) xalqaro loyihasi doirasida Ruminiya davlatining Kluj Napoka shahridagi Qishloq xo’jalik va veterrinariya tibbiyot universitetii “Oziq-ovqat texnologiyasi”fakultetining o’quv amaliyotida ishtiroq etib sertifikatlar olib keldi.
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishida quyidagi iqtidorli talabalar bo‘lib ular biologiya fanlari kesimida ilmiy-ijodiy va amaliy izlanishlar olib bormoqdalar.
Jumladan Biologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi Isayeva Zaxro Baxrom qizi “Bug‘doyning sifat belgilari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda hozirgi kunda Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 4 ta tezis 3-ta ilmiy maqolaga ega. O‘quv va tashkiliy ishlardagi faolligi uchun 5 ta sertifikat va 4 ta fahriy yorliq bilan taqdirlangan. 2020-yil 21-24-dekabr kunlarida iqtidorli talabalar uchun Hindistonlik professor Alka Dhingra va UrDU tomonidan Marketing va moliya mavzulari bo’yicha tashkil qilingan onlayn mashg’ulotlarda faol ishtirok etgan.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika onlayn fan olimpiadasida “Hayvonlar bioximiyasi” fani yo‘nalishida qatnashib, I bosqichda 2-o‘rinni oldi va II bosqichga o‘tdi. 2021-yil 4-iyun kuni bo‘lib o‘tgan olimpiada Respublika bosqichida ishtirok qilib 60 ballni qo‘lga kiritdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
O’zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo’llab - quvvatlash “Ulug’bek“ jamg’armasi hamkorligidailm fan sohasiga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab – quvvatlash maqsadida iqtidorli talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o’rtasida 2021 yilda o’tkazilgan “Yangi O’zbekistonning iste’dodli yoshlari nomli insholar tanlovida ishtirok etganligi uchun diplom bilan tagdirlandi.
Biologiya yo‘nalishi 4- kurs talabasi Ruzimov Akbar Davronbek o‘gli “Xorazm viloyati suv xavzalaridagi Cyprinidae oilasi vakillari bioekologiyasi” mavzusi doirasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib bormoqda. Hozirgi kunda ilmiy nashirlari: Maqola va tezislari: 4 ta OTMda (Respublika va xorij) da o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda 7 bora ishtirok etgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika onlayn fan olimpiadasida “Odam va xayvonlar fizologiyasi” fani yo‘nalishida qatnashib, I bosqichda 1-o‘rinni oldi va II bosqichga o‘tdi. 2021-yil 4-iyun kuni bo‘lib o‘tgan olimpiada Respublika bosqichida ishtirok qilib 80 ballni qo‘lga kiritdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Ilmiy - tadqiqot ishlarining samaradorligi
Hisobot davrida kafedrada amalga oshirilgan barcha ilmiy tadqiqot ishlari yuqori saviyada bo’lib, tadqiqot masalalari dolzarbligi Respublikamiz va xorijdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari mutaxassislari tomonidan e’tirof etib kelinmoqda. 15 aprel 2021 yilda “Biologiya, ekologiya va qishloq xo’jaligi muammolarining ilmiy hamda innovasion echimlari mavzusidagi onlayn anjumanda Respublikamizning OTMlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari professor-o’qituvchilari, ilmiy xodim va doktorantlari o’z ilmiy ishlari bilan bilan ishtirok etdilar. Bu ilmiy izlanishlar natijasi sifatida to’plangan malumotlar Respublikamizning ishtimoyi– iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga, talim sohasida erishilgan yutuqlar yoshlarimizning bilim va malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Anjuman materiallar to’plamida chop etilgan tezislar soni 126 ni tashkil etadi.
Ilmiy maqola, monografiya, o’quv qo’llanma va darsliklar chop etish
Biologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda talabalari tomonidan hisobot yilida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 144 ta ilmiy ishlar chop qilindi, shundan 46 tasi Respublika miyosida ilmiy jurnallarda chop qilingan ilmiy ishlar bo’lib, Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda 44 ta, xorijiy ilmiy jurnallarda 8ta Scopus jurnalida 13 ta ilmiy maqola, Xalqaro ilmiy konferensiyalarda 31 ta va 3 ta o’quv-uslubiy qo’llanma chop qilindi.
Kafedra katta o’qituvchisi Yadgarova N.S., o’qituvchi Igamova O.K. muallifligida “Odam anatomiyasi” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llanmalari nashr etildi.
Annamuratova D., Tajiyev Z., Igamova O., Ro’zmetova M. Lar muallifigida nashir qilingan uslubiy qo’llanma biologiya yo’nalishi, jismoniy tarbiya yo’nalishi talabalarining tegishli fanlarining ishchi dasturlarga qo’shimcha adabiyot sifatida kiritib, Urganch davlat universiteti o’quv jarayonida unumli foydalanilmoqda.